Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Venchur kapitalisiz $12 milliardlik kompaniyaga aylangan Mailchimp siri

by Gulnoza Sobirova
May 1, 2025
in Startaplar
Reading Time: 4 mins read
A A
Venchur kapitalisiz $12 milliardlik kompaniyaga aylangan Mailchimp siri
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Startaplar olamida millionlab dollar venchur kapital yig‘ish faxr belgisi sifatida ko‘riladigan bir vaqtda, Mailchimp butunlay boshqacha yo‘lni tanladi va hamma kutganidan ham ortiq muvaffaqiyat qozondi. Investorlardan bir dollar ham olmasdan, bu kichik loyiha 12 milliard dollarlik imperiyaga aylandi, kichik biznes egalarining marketing haqidagi fikrlarini tubdan o‘zgartirdi.

Mailchimp 2001-yilda Ben Chestnut va Dan Kurzius tomonidan asos solingan. O‘sha paytda ular kichik veb-dizayn agentligini boshqarib, mahalliy bizneslarga sayt yaratishda yordam berardi. Bir kuni mijozlardan biri ulardan email orqali yangiliklar yuborishni yaxshilash yo‘lini so‘radi. Muammoni hal qilish uchun ular oddiy bir vosita yaratishdi va uni Mailchimp deb nomlashdi — bu nomni o‘zlarining noodatiy va esda qoladigan brendga bo‘lgan muhabbatidan ilhomlanib tanlandi. Dastlab bu ularning asosiy loyihasi emas edi. Aslida, Mailchimp oddiygina qo‘shimcha daromad manbai sifatida yaratilgan, ular esa asosiy e’tiborni veb-saytlar dizayniga qaratishda davom etishgan.

Ammo vaqt o‘tishi bilan asoschilar muhim narsani sezishdi: tobora ko‘proq mijozlar email marketing haqida so‘rardi, veb-sayt yaratish esa ikkinchi planga tushib qolgan edi. Ularning kichik vositasiga bo‘lgan talab tinmay oshib bordi. Nihoyat, ular jasoratli qaror qabul qildi — veb-dizayn agentligini yopib, barcha e’tiborni faqat Mailchimp’ga qaratishdi.

Chestnut va Kurzius venchur kapitalini qabul qilishdan bosh tortdi. Ular barcha xarajatlarni o‘z daromadlari hisobidan qoplashga qaror qildi. Chestnut bu qarorni keyinroq shunday izohladi:

“Menga ustimdan nazorat qilib, tezroq o‘sishni talab qiladigan odam kerak emas edi. Men bu bosimni xohlamadim.”

Ular kompaniyani sekin va ehtiyotkorlik bilan qurdi, faqat o‘zlari ishlab topgan pullarni sarfladi.

Tashqi sarmoyadorlar yo‘qligi uchun yigitlar oldida haddan tashqari o‘sish talablari ham, tayyorgarliksiz tez kengayish bosimi bilan o‘tadigan yig‘ilishlar ham yo‘q edi. Shu bois har bir qaror mijozlar manfaatini o‘ylab qabul qilindi. Ular kichik bizneslarning real muammolarini hal qilishga e’tibor qaratdi, shov-shuv va dabdababozlikdan uzoqda turdi.

Mailchimp’ning eng aqlli qadamlaridan biri kichik biznes va tadbirkorlar segmentiga e’tibor qaratishi bo‘ldi. Bu ko‘p yirik marketing kompaniyalari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan bozor edi. Ular oddiy, arzon va ochiq platforma yaratdi: oson drag-and-drop email shablonlari, boshlovchilar uchun bepul rejalar, va foydalanuvchilarga o‘sishda yordam beradigan ta’lim materiallari taklif qilishdi. Ularning brend qiyofasi ham texnologiya kompaniyalarining odatiy sovuq, korporativ qiyofasidan ajralib turardi. Tabassum qilayotgan shimpanze maskoti — Freddie va samimiy, soddadil ohangdagi matnlari bilan Mailchimp o‘zini iliq va do‘stona his qildirdi, qo‘rqituvchi emas.

Mailchimp foydalanuvchilari soni oshgani sayin, ularning orzulari ham kengaya boshladi. 2001-yilda oddiy yangiliklar yuborish vositasi sifatida boshlangan loyiha asta-sekin ancha kattalashdi. 2010-yilga kelib, Mailchimp 1 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Bu butun dunyo bo‘ylab kichik bizneslar arzon marketing vositalariga katta ehtiyoj sezayotganini ko‘rsatdi.

Elektron xat yuborish bilan cheklanmaslik zarurligini anglagan kompaniya yangi xizmatlar qo‘shishga kirishdi. 2016-yilda Mailchimp landing page builder xizmatini joriy qildi, bu bizneslarga kod yozmasdan mini-saytlar yaratishga imkon berdi. Ko‘p o‘tmay, ular CRM funksiyalarini ham qo‘shishdi — bu esa hatto kichik bizneslarga ham o‘z mijoz bazalarini yirik korporatsiyalar kabi boshqarish imkoniyatini berdi.

2017-yilga kelib, Mailchimp ijtimoiy tarmoqlarda reklama vositalarini ishga tushirdi, bu esa foydalanuvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri platforma orqali Facebook va Instagram reklamalarini yaratishga imkon berdi. Keyingi yillarda ular rivojlangan analitika, mijozlar sayohatlari va hatto e-commerce integratsiyalari kabi yangi xizmatlarni ham qo‘shdi, bu esa bizneslarga mahsulotlarini onlayn sotishda yordam berdi.

Ushbu o‘sish jarayonida Mailchimp o‘zini mashhur qilgan falsafaga sodiq qoldi: katta jamoalarga yoki yirik budjetga ega bo‘lmagan odamlar uchun professional marketingni sodda, arzon va ochiq qilish. 2021-yilga kelib, Mailchimp butun dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan va har kuni 600 milliondan ortiq email yuborayotgan edi. Bu orqali kichik bizneslar to‘g‘ri vositalar bilan gigantlar bilan bemalol raqobat qila olishini isbotladi.

Qariyb yigirma yillik barqaror o‘sishdan so‘ng, Mailchimp Intuit kompaniyasining e’tiborini tortdi — bu kompaniya QuickBooks va TurboTax dasturlari bilan mashhur. 2021-yilda Intuit Mailchimp’ni hayratlanarli 12 milliard dollarga sotib oldi. Bu venchur kapital jalb qilmagan kompaniya uchun tarixdagi eng yirik xarid bitimlaridan biri bo‘ldi. Chestnut va Kurzius bir mijozdan ikkinchisigacha, har bir puxta o‘ylangan mahsulot qaroridan keyin imperiya qurdi — bu yo‘lda ular na mulkni topshirdi, na mablag‘ uchun shoshildi, na Silikon vodiysi o‘yinlarini o‘ynadi.

Mailchimp hikoyasi bizga shuni kuchli eslatib turadi: muvaffaqiyatga erishish uchun har doim ham an’anaviy startap qoidalariga ergashish shart emas. Dunyo chaqqon o‘sish va milliard dollarlik venchur sarmoyalar ortidan quvayotgan bir vaqtda, Mailchimp haqiqiy mijoz ehtiyojlari, sabr-toqat va aqlli qayta investitsiya orqali erishilgan sekin va barqaror o‘sish ham kuchli, ba’zan esa yanada bardavom bo‘lishi mumkinligini isbotladi.

Bugun har safar biror kichik biznes egasi yangiliklar byulletenini yuborsa, kampaniya boshlab yuborsa yoki brendini Mailchimp yordamida o‘stirsa, ular millionlab sarmoyalar bilan emas, balki ikki nafar asoschi odamlar ehtiyoj sezgan narsani jimjitlikda barpo etgan hikoyaning bir qismiga aylanishadi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Theranos: Silikon vodiysini larzaga solgan 9 milliard dollarlik yolg‘on

Next Post

Sam Altman AIga qarshi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
Sam Altman AIga qarshi

Sam Altman AIga qarshi

Fivetran Census’ni sotib oldi

Fivetran Census’ni sotib oldi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?