Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Wisdom Dictionary: Til o‘rganishda yangi davr

by Gulnoza Sobirova
Mart 21, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 5 mins read
A A
Wisdom Dictionary: Til o‘rganishda yangi davr
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonning startap ekotizimi izchil rivojlanib, texnologik innovatsiyalar ta’lim sohasiga ham faol kirib kelmoqda. Wisdom English-Uzbek Dictionary – bu sohaga qo‘shilgan muhim loyihalardan biri bo‘lib, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida aniq, ishonchli va intuitiv tarjima imkoniyatlarini taqdim etadi. Mazkur platforma foydalanuvchilarga nafaqat so‘zlarni tarjima qilish, balki ularning kontekstdagi qo‘llanilishi, sinonim va antonimlari, grammatik xususiyatlari kabi ko‘plab muhim jihatlarni chuqur o‘rganish imkonini beradi. Startap asoschisi Hasan Abdullah bilan ushbu platformaning qanday g‘oya asosida yaratilgani, duch kelgan qiyinchiliklar va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

—  Dastlab, o‘zingiz va startap tarixi haqida gapirib bersangiz

— Men Abdullayev Hasanboy va ukam Husanboy bilan birgalikda Wisdom Dictionary startapining asoschilarimiz. Biz Toshkentdagi MDIST institutining birinchi bitiruvchilaridan hisoblanamiz. 2014-yilda Andijon viloyatida Wisdom o‘quv markazi asos solganmiz va hozirda uchta o‘quv markazimiz va «Kiddom» nomli uchta ingliz tili bog‘chamiz faoliyat yuritib kelmoqda.

10 yildan ortiq vaqt davomida ingliz tili o‘qitish bilan shug‘ullanamiz va bu jarayonda asosiy muammo – so‘z boyligini oshirish ekanini tushundik. O‘quvchilar so‘zlarni faqat tarjima qilish bilan cheklanmay, balki ularni to‘g‘ri qo‘llay olishlari ham kerak edi. Dastlab biz kitob shaklida lug‘at yaratishga qaror qildik va 2016-yilda uni nashr etdik. Biroq, texnologiya rivojlanishi bilan elektron lug‘at zarurligi ayon bo‘ldi, shuning uchun uni raqamli formatga o‘tkazishga qaror qildik.

— Startapni ishga tushirishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

— Eng katta qiyinchilik Oxford, McMillan, Longman va Cambridge kabi xalqaro lug‘atlardan 120,000 dan ortiq so‘z va iboralarni o‘zbek tiliga aniq tarjima qilish bo‘ldi. Bu jarayon 3 yildan ortiq vaqt talab etdi. Keyingi muammo esa o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish edi. Bu yana 2-3 yil vaqt olishi mumkin edi, ammo biz innovatsion yechim topdik. O‘zbekcha-inglizcha tarjimalarni ingliz tiliga tarjima qilingan so‘zlar asosida izlash tizimi bilan bog‘ladik va natijada boshqa lug‘atlarga nisbatan ancha yaxshiroq natija beruvchi tizim hosil bo‘ldi.

— Platformaning asosiy maqsadi va foydalanuvchilar uchun qanday afzalliklari bor?

— Wisdom Dictionary faqat oddiy lug‘at emas, balki ingliz tilini o‘rganish uchun to‘liq ekotizimdir. Foydalanuvchilar so‘zlarni o‘rganish, grammatika, listening va speaking bo‘yicha mashq qilishlari va o‘yinlar orqali reytinglarini oshirishlari mumkin.

— Wisdom Dictionary boshqa onlayn lug‘atlardan qanday farq qiladi?

— Ko‘pchilik lug‘atlar faqat tarjima qilish imkonini beradi. Wisdom Dictionary esa ijtimoiy tarmoq funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi:

  • Ingliz tiliga doir o‘yinlar orqali so‘z boyligini oshirish mumkin.
  • Do‘stlar bilan chat qilish, guruhlarda muhokamalar olib borish imkoniyati mavjud.
  • Reytinglar va challenge’lar orqali foydalanuvchilar motivatsiya oladi.

— Hozirda platformada nechta so‘z va iboralar mavjud?

— Ayni paytda 120,000+ so‘z va iboralar mavjud. Bundan tashqari, Oxford tomonidan har yili e’lon qilinadigan yangi so‘zlar ham tizimga qo‘shib boriladi.

— Kelajakda qanday yangi funksiyalar qo‘shiladi?

— Tez orada foydalanuvchilar Instagram uslubidagi inglizcha reels va storylar joylash imkoniga ega bo‘lishadi. Yani, til o‘rganish va ijtimoiy tarmoq bir joyga jamlanadi.

— Wisdom Dictionary qanday biznes model asosida ishlaydi?

— Obuna tizimi va reklama modeli asosida ishlaymiz.

— Startap investitsiya jalb qilganmi?

— Ha, hozirda Startup Garage va IT Park tomonidan investitsiya jalb qilish ishlari boshlangan.

— Kelajakda global bozorga chiqish rejalari bormi?

— Dastlab O‘zbekiston bozorini egallab, keyinchalik xalqaro tillarni ham qo‘shib, dunyo bozoriga chiqishni rejalashtirganmiz.

— Wisdom Dictionary’ning asosiy raqobatchilari kimlar?

— Duolingo, Lingodeer, Busuu va, albatta, sun’iy intellekt tizimlari bizning asosiy raqobatchilarimiz hisoblanadi.

— Foydalanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha qanday strategiyalar bor?

  • Reklama va influenserlar orqali auditoriyani kengaytirish.
  • Do‘stlari bilan birga til o‘rganish imkonini berib, ijtimoiy tarmoq elementlarini qo‘shish.
  • Do‘stini chaqirgan foydalanuvchilarga turli bonuslar berish.

— Kelgusi 1-5 yil ichida qanday texnologik yangiliklar qo‘shiladi?

— Biz foydalanuvchilarga shaxsiy AI o‘qituvchi yaratishni rejalashtiryapmiz. Bu tizim foydalanuvchining o‘zlashtirish darajasi, qiziqishlari va bo‘sh vaqtiga qarab individual darslar tuzib beradi.

— O‘zbekiston startap ekotizimi haqida qanday fikrdasiz?

— O‘zbekiston startap bozori hali juda yosh. Hozirda investitsiya jalb qilish juda qiyin. Yirik investorlar startaplarni o‘zlari izlab keladigan darajaga yetkazish uchun ekotizimni rivojlantirish kerak.

— Yosh tadbirkorlarga qanday maslahat berasiz?

  1. G‘oyangizni mutaxassislar bilan muhokama qiling.
  2. Startapingizni raqobatdan ajratib turadigan narsa nima?
  3. Loyihangiz moliyaviy daromad keltirishi shart.
  4. O‘z biznesingizni o‘zingiz sindiring.

Muallif: Feruza Askaraliyeva

Previous Post

Telegramning doimiy foydalanuvchilari soni 1 mlrddan oshdi — Pavel Durov

Next Post

Carbide Ventures zypl.ai kompaniyasiga $40 mln baholanishda $3 mln sarmoya kiritdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Yanvar 20, 2026

Jim Rojers AQSh aksiyalarini to‘liq sotdi va kapitalini O‘zbekistonga yo‘naltirdi

Yanvar 8, 2026
Qozog‘iston Kaspiy dengizi orqali strategik suv osti internet loyihasini boshladi

Qozog‘iston Kaspiy dengizi orqali strategik suv osti internet loyihasini boshladi

Yanvar 7, 2026
Aksiyalar oshgan yilda texnologiya milliarderlari $16 mlrdni naqdga aylantirdi

Aksiyalar oshgan yilda texnologiya milliarderlari $16 mlrdni naqdga aylantirdi

Yanvar 5, 2026
Next Post
Carbide Ventures zypl.ai kompaniyasiga $40 mln baholanishda $3 mln sarmoya kiritdi

Carbide Ventures zypl.ai kompaniyasiga $40 mln baholanishda $3 mln sarmoya kiritdi

Cal AI: oziq-ovqat fotosuratlaridan millionlab pul topayotgan o‘smirlar startapi

Cal AI: oziq-ovqat fotosuratlaridan millionlab pul topayotgan o‘smirlar startapi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Yanvar 20, 2026
Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Yanvar 22, 2026
Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi
  • Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi
  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?