Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

by Gulnoza Sobirova
Aprel 7, 2025
in Yangiliklar, Brendlar
Reading Time: 3 mins read
A A
Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yandex Uzbekistan 7-aprel kuni o‘zining yangi Market platformasini ishga tushirdi. Bu yangi marketpleys allaqachon Yandex Go ilovasida faoliyat yuritmoqda va foydalanuvchilarga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining ayrim hududlarida xizmat ko‘rsatmoqda.

Nimalarni taklif qiladi?

Yangi platformada foydalanuvchilar turli toifadagi mahsulotlarni topishlari mumkin:

  • elektronika va maishiy texnika,
  • uy-ro‘zg‘or va ta’mirlash anjomlari,
  • kiyim-kechak va poyabzallar,
  • go‘zallik va parvarish vositalari,
  • shuningdek, Yandex Factory tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar.

Market foydalanuvchilarga tovarlarni narx va xususiyatlarga ko‘ra taqqoslash, shaxsiy ehtiyojlarga mos mahsulotlar to‘plamini shakllantirish imkonini ham taqdim etadi.

Yandex Factory – o‘z brendlari bilan

Marketda Yandex’ning o‘z brendlari ostidagi yetti turdagi mahsulotlar ham mavjud:

  • Lunnen – kompyuter texnikasi,
  • Commo – elektronika aksessuarlari,
  • Tuvio – uy jihozlari,
  • Pragma – kundalik ro‘zg‘or buyumlari,
  • Junion – bolalar uchun mahsulotlar,
  • Cubits – masofadan boshqariladigan o‘yinchoqlar,
  • Nocord – elektr asbob-uskunalari.

Yetkazib berish: “bir bosishda” va kurer orqali

Yangi “bir bosishda” yetkazib berish modeli orqali buyurtmalar Lavka xizmatining eng yaqin mini-omboriga yetkaziladi. Xaridorga buyurtma tayyorligi haqida bildirishnoma yuboriladi va u 15 daqiqa ichida mahsulotni olib ketishi mumkin. Bundan tashqari, Lavkadan boshqa tovarlarni ham Market buyurtmasiga qo‘shish imkoni mavjud.

Yetkazib berishning yana bir shakli — buyurtma tarqatish punktlari orqali xizmat ko‘rsatishdir. Hozirda Toshkentda 60 ta punkt faoliyat yuritmoqda, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich butun mamlakat bo‘ylab 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Buyurtma punktlari va “bir bosishda” yetkazib berish bepul, kurerlik yetkazib berish esa 1 million so‘mdan ortiq buyurtmalar uchun bepul bo‘ladi.

To‘lov va muddatli to‘lov imkoniyati

Xaridlar uchun to‘lovni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  • ilova yoki sayt orqali karta bilan,
  • naqd pul orqali,
  • buyurtma punktida karta orqali.

Bundan tashqari, Yandex Split xizmati orqali 2, 4 yoki 6 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud. Xaridorlar dastlab mahsulot narxining bir qismini to‘lab, qolgan qismini bosqichma-bosqich belgilangan kartadan yechish shaklida to‘lashadi.

Previous Post

McDonald’s sun’iy intellekt yordamida kelajak uchun moslashmoqchi

Next Post

AICA Awards 2025: Sun’iy intellekt olamidagi eng yaxshi loyihalar taqdirlandi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Sentabr 5, 2026

Startup Garage Irshod.uz platformasini ishga tushirdi

Sentabr 5, 2026
Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Sentabr 5, 2026

Aziza AI’ning Xitoy bozoriga chiqishi bo‘yicha ilk PoC bosqichlari boshlandi

Sentabr 3, 2026
Next Post
AICA Awards 2025: Sun’iy intellekt olamidagi eng yaxshi loyihalar taqdirlandi

AICA Awards 2025: Sun’iy intellekt olamidagi eng yaxshi loyihalar taqdirlandi

Startap g‘oyasi tanlash va yaratish

Startap g‘oyasi tanlash va yaratish

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Sentabr 5, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Sentabr 5, 2026

Startup Garage Irshod.uz platformasini ishga tushirdi

Sentabr 5, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi
  • Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?
  • Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?