Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Yettita davlat banki ishtirokida $40 mlnlik venchur fond tashkil etildi

by Gulnoza Sobirova
Fevral 5, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Yettita davlat banki ishtirokida $40 mlnlik venchur fond tashkil etildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yettita davlat banki tomonidan tashkil etilgan «United Ventures» qo‘shma investitsiya fondi istiqbolli startap loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ekotizimni rivojlantirish maqsadini ko‘zlamoqda.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, «United Ventures» kompaniyasi 2025-yilning 27-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav kapitali 525 mlrd so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $40,51 mln) bo‘lib, kompaniyaga Azizbek Qurbonov rahbarlik qiladi. Qurbonov ilgari «Sug‘urta Bozor» startapining hammuassisi bo‘lgan.

Fond ta’sischilari

«United Ventures» ta’sischilari orasida «Asakabank», «Mikrokreditbank», «O‘zmilliybank», «Xalq banki», «Biznesni rivojlantirish banki», «Turonbank» va «Agrobank» bor. Har bir bank kompaniyaning 14,28% ulushiga ega.

Fondning maqsadi

Azizbek Qurbonov o‘zining LinkedIn sahifasida yangi lavozimi haqida ma’lum qilib, fondning asosiy maqsadlarini quyidagicha izohladi:

Mahalliy startaplarga investitsiya kiritish;

Strategik moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish;

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari yordamida startap ekotizimini rivojlantirish.

Qurbonov fondning rejalari haqida yaqin haftalarda batafsil ma’lumot berishni va akseleratsiya dasturlari tashkilotchilarini hamkorlikka taklif qilishini bildirdi.

Venchur ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar

2024-yilning dekabr oyida «IT Park» ham $10 mlnlik venchur fondi — «IT Park Ventures»ni ishga tushirgandi. Ushbu fond sun’iy intellekt, fintech, yashil texnologiyalar va geymdev yo‘nalishlariga sarmoya kiritishni maqsad qilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklariga bittadan venchur kompaniya ochish va mahalla startaplarini rivojlantirish uchun jami $50 mln ajratish topshirilgandi. Shu bilan birga, startaplarni biznesga aylantiruvchi akseleratorlar tashkil etish zarurligi ham ta’kidlangan edi.
Yangi tashkil etilgan «United Ventures» ushbu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘lib, O‘zbekistonning innovatsion startap ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Previous Post

Cherry Ventures $500 million dollar yig‘ib, Yevropaning ilk trillion dollarlik kompaniyasini yaratishga chaqirmoqda

Next Post

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

Oktabr 31, 2025

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar AI.gov.uz hukumat sun’iy intellekt portali ishga tushiriladi

Oktabr 28, 2025
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

Oktabr 23, 2025
Startup Garage portfel startaplari President Tech Award 2025 finalchilari orasida

Startup Garage portfel startaplari President Tech Award 2025 finalchilari orasida

Oktabr 10, 2025
Next Post
«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo'jayev IT’dagi faoliyati haqida

O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda ma’lumot markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda ma’lumot markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Noyabr 6, 2025
TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

Noyabr 6, 2025
Qozog‘istonlik Armeta AI startapi Alchemist Accelerator dasturiga qabul qilindi va AQSh–Qatar venchur fondidan $1 mln investitsiya jalb qildi

Qozog‘istonlik Armeta AI startapi Alchemist Accelerator dasturiga qabul qilindi va AQSh–Qatar venchur fondidan $1 mln investitsiya jalb qildi

Noyabr 5, 2025
Raqobatchilar startap uchun tahdid emas

Raqobatchilar startap uchun tahdid emas

Noyabr 1, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin
  • TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi
  • Qozog‘istonlik Armeta AI startapi Alchemist Accelerator dasturiga qabul qilindi va AQSh–Qatar venchur fondidan $1 mln investitsiya jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?