Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 17, 2025
in Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bugungi kunda Zoom — videoqo‘ng‘iroqlar uchun eng ommabop platformalardan biri sanaladi. U uy sharoitida ishlash, masofaviy ta’lim, hatto oila a’zolari bilan suhbatlashish uchun keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, 2020-yilda pandemiya tufayli odamlar uyda qolgan paytda Zoom foydalanuvchilari soni keskin oshdi. Biroq ko‘pchilik bu yuksalish ortida oddiy startap hikoyasi yotganini bilmaydi.

Qayerdan boshlangan?

Zoom dastlab 2011-yilda Erik Yuan tomonidan ishga tushirildi. U ilgari Cisco kompaniyasida videoaloqa vositalarida ishlagan va mavjud xizmatlarning murakkabligi, sekinligi uni qoniqtirmagan. Shuning uchun Erik tez, ishonchli va oson ishlaydigan yangi platforma yaratishga qaror qildi.

Startap uchun dastlab taxminan $3 million sarmoya yig‘ildi. Ular xizmatni barqaror saqlash uchun Amazon Web Services bulut platformasidan foydalandi.

Zoom nimasi bilan ajralib turgan?

Zoom o‘zining video va audio sifatiga katta e’tibor qaratdi. Hatto sust internetda ham video va ovoz ancha tiniq edi. Hech qanday yuklab olish yoki murakkab sozlashlar talab qilinmagan. Platforma foydalanish juda oson bo’lib, ayniqsa jamoaviy majlislar yoki onlayn darslar uchun qulay hisoblangan. Shuningdek, Zoom raqobatchilariga nisbatan arzonroq tariflar taklif qildi.

Moliyaviy o’sish jarayoni

Zoom 2019-yilda aksiyalarini ommaviy sotuvga (IPO) chiqardi. Bir dona aksiya $36 atrofida baholandi va kompaniya tez orada milliardlab dollarlik qiymatga erishdi. 2020-yilda, pandemiya cho‘qqisida, kompaniyaning yillik daromadi $2,65 milliardga yetdi — bu avvalgi yilga nisbatan uch baravar ko‘p . Pandemiya boshlanishida Zoom foydalanuvchilari soni 10 milliondan 300 milliongacha oshdi.

Zoomning global kengayishi

Zoom dastlab AQSh bozorida mashhur bo‘lsa-da, tezda butun dunyoga tarqaldi. Bugungi kunga kelib, 180 dan ortiq mamlakatda millionlab foydalanuvchilar Zoom xizmatidan foydalanmoqda. Kompaniya ko‘plab tillarda dastur versiyalarini chiqardi, mahalliy serverlarni joylashtirdi va xalqaro biznes hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydi.

Bu kengayish Zoomga turli hududlardagi mijozlar uchun sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishga yordam berdi. Shuningdek, u o‘z mahsulotini korporativ va ta’lim sohalarida keng targ‘ib qilmoqda.

Zoom kimlar bilan raqobat qiladi?

Zoom uchun asosiy raqobatchilar — Microsoft Teams, Google Meet, Cisco Webex va Skype. Microsoft Teams ayniqsa, Office 365 ekotizimiga integratsiyalanganligi sababli ko‘plab kompaniyalarda afzal ko‘riladi. Google Meet Google xizmatlari bilan bog‘lanadi.

Zoom esa oddiy interfeysi, yuqori sifatli video va oson foydalanilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli ko‘pchilik foydalanuvchilar aynan Zoomni tanlaydi.

Duch kelingan muammolar

Foydalanuvchilar sonining keskin ko‘payishi bilan birga Zoom bir qancha muammolarga duch keldi. Eng katta muammo — xavfsizlik va maxfiylik edi. “Zoombombing” deb ataluvchi holatlarda noma’lum odamlar uchrashuvlarga kirib, bezovta qilishdi. Bu foydalanuvchilarning ishonchini biroz pasaytirdi.

Shu sababli kompaniya xavfsizlikni kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi: uchrashuvlarga parol qo‘yish, foydalanuvchi identifikatsiyasini kuchaytirish, end-to-end shifrlashni joriy qilish kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, Zoomning ba’zi maxfiylik siyosatlari ham tanqid qilindi va kompaniya ularni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

Xulosa

Zoom kichik startap sifatida boshlangan bo‘lsa-da, innovatsion yondashuvi, qulayligi va ishonchliligi bilan qisqa vaqt ichida global miqyosda yetakchiga aylandi. Kompaniya pandemiya davrida yuksalgan bo‘lsa-da, hozirda ham o‘z o‘rnini saqlab qolgan va texnologik rivojlanish yo‘lida davom etmoqda.

Tayyorladi: Mahliyo Hamid

Previous Post

Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?

Next Post

Texnologik milliarderlar orzu qilayotgan kelajak insoniyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Iyul 27, 2026
Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Next Post
Texnologik milliarderlar orzu qilayotgan kelajak insoniyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Texnologik milliarderlar orzu qilayotgan kelajak insoniyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Mijozlarning fikr-mulohazalari qanday qilib sizning o‘sish manbaingizga aylanishi mumkin

Mijozlarning fikr-mulohazalari qanday qilib sizning o‘sish manbaingizga aylanishi mumkin

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

Avgust 17, 2026
Toshkentda IOI 2026 yakunlandi

Toshkentda IOI 2026 yakunlandi

Avgust 16, 2026
Xitoy texnogigantlari AI mutaxassislarini maktab davridan izlay boshladi

Xitoy texnogigantlari AI mutaxassislarini maktab davridan izlay boshladi

Avgust 16, 2026
Qozog‘iston xorijiy investorlar uchun soliq rezidentligi dasturini kengaytirdi

Qozog‘iston xorijiy investorlar uchun soliq rezidentligi dasturini kengaytirdi

Avgust 14, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi
  • Toshkentda IOI 2026 yakunlandi
  • Xitoy texnogigantlari AI mutaxassislarini maktab davridan izlay boshladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?