Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 17, 2025
in Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Texnologik startap deyilganida, ko‘z oldimizga odatda investorlar bilan to‘la ofislar, millionlab dollarlik sarmoyalar va keng ko‘lamli reklama kompaniyalari keladi. Aslida esa, ba’zi muvaffaqiyatli kompaniyalar hech qanday tashqi kapitalsiz, oddiy sharoitda ish boshlagan. Bunday yondashuv “bootstrap” deb ataladi.

Bootstrap startap — bu tashqi investorlar yoki venchur kapitalislar yordamisiz, o‘z mablag‘i, vaqti va kuchi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyiha. Asoschilar biznesni dastlabki foyda hisobiga yuritadi va bosqichma-bosqich o‘sishga intiladi. Bunda asosiy e’tibor – mijoz topish, mavjud muammoni hal qilish va minimal xarajatlar bilan maksimal natijaga erishishdir.

Bugungi kunda milliard dollarlik qiymatga ega bo‘lgan GitHub, Shutterstock va Canva aynan shunday yo‘ldan boshlangan.

GitHub (dasturchilar uchun kod yozish, saqlash va birgalikda ishlash imkonini beruvchi onlayn platforma)

2008-yilda bir guruh dasturchilar — Tom Preston-Werner, Chris Wanstrath va PJ Hyett o‘zlari duch kelgan muammoni hal etish maqsadida GitHub platformasini ishga tushirishdi. Dastlabki bosqichda ular hech qanday tashqi investitsiyasiz ishlagan va faqat o‘z mablag‘lari bilan rivojlanishgan.  

Platforma dasturchilar uchun kodni boshqarish va jamoaviy ishlashda yangilik yaratdi. Ochilganiga ko‘p bo‘lmay, u o‘z mijozlaridan daromad ola boshladi — bepul xizmatlar bilan foydalanuvchilar soni oshdi, pullik versiya esa kompaniyaga doimiy tushum keltirdi.

2018-yilda GitHub 7,5 milliard dollarga Microsoft tomonidan sotib olindi. 2023-yilda kompaniya yillik $1 milliarddan ortiq daromadga ega bo‘ldi, 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich $2 milliardga yetdi. Ayniqsa, GitHub Copilot kabi sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar daromadning o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Bugungi kungacha, GitHub 100 milliondan ortiq dasturchiga xizmat ko‘rsatdi va 90 ta Fortune 100 kompaniyalari ham GitHub’dan foydalanmoqda.

Uning bugungi kundagi asosiy daromad manbayi obuna asosidagi pullik xizmatlar, xususan, xususiy repozitoriylar va korporativ funksiyalar hisoblanadi.

Shutterstock (suratlar, videolar va grafik materiallarni sotib olish va sotish uchun mo‘ljallangan global onlayn bazasi)

Shutterstock 2003-yilda Jon Oringer tomonidan asos solingan. U dastlab 30 mingga yaqin suratni o‘zi suratga olib, saytni ham o‘zi yaratgan va obuna asosida foydalanuvchilarga taqdim eta boshlagan.

Kompaniya bootstrap modelida rivojlandi: tashqi sarmoyasiz, faqat mijozlardan tushgan daromad hisobiga kengaydi. Shutterstock mikrostock modeli bilan bozorda yangilik yaratdi va tez orada boshqa fotograflarni ham jalb qildi.

2012-yilda kompaniya IPO (birjaga chiqish) orqali 76,5 million dollar sarmoya yig‘di. 2023-yilda Shutterstock’ning yillik daromadi $874,6 millionni tashkil etgan. 2024-yilda esa yillik daromadi $935 mlnga yetgan bo’lsa, 2025-yil boshida bu ko‘rsatkich $963 mlnga chiqdi.

Canva (ijtimoiy tarmoqlar, taqdimotlar va boshqa vizual materiallar tayyorlash platformasi)

Canva 2013-yilda Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adams tomonidan tashkil etilgan. Dastlab, ular investor topa olmagan va platformaning minimal ishlaydigan versiyasini (MVP) o‘z mablag‘lari hisobiga ishlab chiqqanlar. Bootstrap yondashuvi orqali dastlabki foydalanuvchilardan tushgan daromad evaziga platformani bosqichma-bosqich rivojlantirishd

Bugungi kunda Canva 190 dan ortiq mamlakatda faol va millionlab   foydalanuvchiga ega. 2024-yilda kompaniyaning yillik daromadi $2,7 milliardga yetdi, 2025-yilga kelib esa $3 milliardga yaqinlashdi.

Canva daromadining asosiy manbalari — pro va biznes obunalar, dizayn vositalari hamda xizmatlaridir.

Har doim ham startaplar katta mablag‘lar bilan boshlanmaydi. GitHub, Shutterstock va Canva bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu kompaniyalar o‘z kuchi, sabr-toqati va innovatsion yondashuvi evaziga muvaffaqiyatga erishgan.

Bootstrap usuli ularga bozor talablariga moslashish, kam xarajat bilan samarali ishlash va mustaqil rivojlanish imkonini berdi. Shunday qilib, katta investitsiyalar yo‘qligi startaplarni to‘xtatmaydi, aksincha, bu ularni kreativ yechimlar qidirishga, resurslarni samarali boshqarishga va mustaqil rivojlanishga undaydi.

Tayyorladi: Mahliyo Hamid

Previous Post

Sun’iy intellekt davrida kollej darajalari o‘z kuchini yo‘qotyaptimi?

Next Post

Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

Texnologik milliarderlar orzu qilayotgan kelajak insoniyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Texnologik milliarderlar orzu qilayotgan kelajak insoniyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026
Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Aprel 10, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi
  • O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda
  • O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?