Anorbank va Fonus Kids bolalar uchun xavfsiz raqamli muhit yaratish hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Hamkorlikning dastlabki bosqichi doirasida UZCARD KIDS kartasi egalari uchun Fonus Kids Premium xizmatidan foydalanish bo‘yicha maxsus taklif taqdim etilmoqda. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar xizmatdan dastlabki uch oy davomida oyiga 1 000 so‘mdan foydalanishlari mumkin.
Fonus Kids platformasida bolalar uchun yoshga mos va saralangan video hamda multfilm kontenti, rivojlantiruvchi o‘yinlar, shuningdek, ota-onalar uchun ta’limiy materiallar taqdim etiladi. Platformada ekran vaqtini boshqarish va ota-ona nazorati kabi funksiyalar ham mavjud.
Anorbank tomonidan taqdim etilayotgan UZCARD KIDS esa bolalarda puldan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va ota-onalarga farzandlarining xarajatlarini nazorat qilish imkonini berishga qaratilgan.
Maxsus taklifdan foydalanish uchun UZCARD KIDS kartasini Anorbank orqali buyurtma qilish kerak. Fonus Kids Premium xizmatini faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma va maxsus promokod karta bilan birga taqdim etiladi.
Tomonlarning ta’kidlashicha, hamkorlik orqali bolalarning raqamli xavfsizligi va moliyaviy savodxonligini birgalikda rivojlantirishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni joriy etish rejalashtirilgan.

















