Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston – raqamli rivojlanishda jahon yetakchilari safida

by Pivot
Dekabr 20, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
O‘zbekiston – raqamli rivojlanishda jahon yetakchilari safida
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2025-yilgi Jahon bankining davlat texnologiyalari bo‘yicha Indeksi (GTMI) natijalari e’lon qilindi va O‘zbekiston uchun bu tarixiy ko‘rsatkich bo‘ldi: mamlakat dunyo bo‘yicha 9-o‘ringa ko‘tarilib, raqamli hukumat tizimini shakllantirishda eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Eng e’tiborlisi, so‘nggi besh yil ichida erishilgan sakrash miqyosi juda katta — 2020-yilda 80-o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston 2022-yilda 43-o‘ringa, 2025-yilda esa ilk o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa mamlakat 71 pog‘onaga yuqorilab, o‘z indikatorini 0,617 dan 0,958 ga oshirdi.

GTMI indeksi davlat boshqaruvidagi raqamli transformatsiya darajasini o‘lchaydi. Baholash jarayonida bazaviy davlat tizimlarining raqamlashtirilganligi, onlayn davlat xizmatlarining qulayligi va kengayishi, fuqarolarning raqamli hukumatga jalb etilishi hamda GovTech rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi sharoitlar hisobga olinadi. Ushbu natijalar O‘zbekistonning davlat boshqaruv tizimini yangilash, axborot texnologiyalarini joriy etish hamda fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni zamonaviylashtirish borasidagi izchil islohotlari samaradorligini tasdiqlaydi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi va global miqyosda raqamli hukumat bo‘yicha eng ilg‘or davlatlar safiga qo‘shildi. O‘zbekiston bu borada Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston va Kanada kabi kuchli raqamli infratuzilma va innovatsion boshqaruv tizimiga ega mamlakatlar bilan bir qatorda qayd etildi. Bu esa mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash bilan birga, raqamli rivojlanish bo‘yicha yangi hamkorlik va investitsiya imkoniyatlarini ochadi.

Davlat texnologiyalaridagi bunday yuksalish mamlakat boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish jarayonlari nafaqat to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotganini, balki qisqa vaqt ichida sezilarli natija berganini ko‘rsatadi. Elektron xizmatlarning qulaylashuvi, jarayonlarning shaffoflashuvi, fuqarolar uchun ma’lumot va xizmatlarga kirish imkoniyatlarining kengayishi bu jarayonning kundalik hayotdagi real ifodasidir.

O‘zbekistonning raqamli hukumatga o‘tish bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘li endilikda nafaqat ichki, balki xalqaro miqyosda ham ilg‘or tajriba sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu yutuq mamlakatni innovatsion boshqaruvning yangi bosqichiga olib chiqib, iqtisodiy islohotlar samaradorligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Raqamli transformatsiyaning bunday sur’ati O‘zbekistonni kelajakda global raqamli markazlardan biriga aylantirish potentsialiga ega.

Manba

Previous Post

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Next Post

MOST Ventures O‘zbekistondagi Bito’ga investitsiya qiladi — startap $10 mln baholandi, Startup Garage esa ulushining bir qismini sotdi!

Pivot

Related Posts

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida startaplar, raqamli iqtisodiyot va kapital bozorini rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida startaplar, raqamli iqtisodiyot va kapital bozorini rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?