Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI inqilobi elektr inqiroziga olib keladimi?

by Gulnoza Sobirova
Aprel 22, 2025
in Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
AI inqilobi elektr inqiroziga olib keladimi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt sanoatlarni tubdan o‘zgartirmoqda – lekin shu bilan birga, eng tez o‘sayotgan energiya “yutuvchilari” dan biriga aylanib boryapti. Aqlli tizimlarga bo‘lgan talab ortgani sayin, ularni o‘rgatish, ishlatish va sovutish uchun zarur bo‘lgan elektr quvvati ham keskin oshmoqda. Bu energetik bosim texnologiya olamini murosasiz haqiqat bilan yuzlashtiryapti: bugungi energetika infratuzilmasi, ertangi sun’iy intellekt ehtiyojlariga javob bera olmasligi mumkin.

Aynan shu muammo tufayli Energy Innovation for AI Startup Challenge tanlovi tashkil etildi — bu sun’iy intellektning tobora ortib borayotgan energiya ehtiyojlariga innovatsion va barqaror yechim topish uchun butun dunyo startaplari o‘rtasida e’lon qilingan tashabbus.

AI energiya infratuzilmasini haddan ortiq bosim ostida qoldirmoqda

Raqamlar buni yaqqol tasdiqlaydi, Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yildan 2030-yilgacha ma’lumot markazlarning global elektr iste’moli ikki barobardan ko‘proqqa oshadi – va bu  o‘sishning asosiy sababi aynan AI. Faqat AI’ga xizmat qiladigan ma’lumot markazlari esa shu davr ichida to‘rt barobar ko‘proq energiya talab qiladi.

Bu allaqachon real muammoga aylangan. 2024-yilda global energiya talabi tarixiy o‘rtachaga nisbatan ikki barobar tezlikda o‘sdi. AI modellarining hajmi va murakkabligi ortgani sayin, ular nafaqat infratuzilmani zo‘riqtirmoqda, balki iqlim o‘zgarishiga ham hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa rivojlanayotgan bozorlardagi elektr tarmoqlari bundan eng ko‘p aziyat chekyapti.

Xulosa shuki, biz yaratayotgan texnologiyalarni energiya bilan ta’minlashga ulgura olmayapmiz.

Yechim: Kengaytiriladigan innovatsiyalar bilan chiqqan startaplar

Muammoni hal etish maqsadida Extreme Tech Challenge (XTC) va TNW hamkorligida ishga tushirilgan Energy Innovation for AI Startup Challenge tanlovi energiya sohasida yangi yondashuvlar taklif qilayotgan startaplarni izlamoqda.

Bu tanlov jasur g‘oyalaga yo‘l ochmoqda: yangi avlod qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya saqlash texnologiyalaridagi yutuqlar, aqlli tarmoqlar, ma’lumot markazlar qanday ishlaydi va soviydi — shularning barchasida inqilobiy o‘zgarishlar. Bu tanlov startaplardan nafaqat AI uchun, balki butun sayyora uchun energiyani qayta o‘ylab ko‘rishni talab qiladi.

XTC asoschilaridan biri Young Sohn bu borada shunday dedi:

“Sun’iy intellektning yangi bosqichi kechagi energiya asoslariga suyanib rivojlana olmaydi.”

Tanlov hozirda ochiq, va eng istiqbolli 5 startap 2025-yil iyun oyida Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan TNW konferensiyasida investorlar va dunyo texnologiya yetakchilari oldida o‘z g‘oyalarini taqdim etadi.

Texnologiya industriyasi endi ichki resurslarga tayanmoqda

Qiziq jihati shundaki, muammoning bir qismi bo‘lgan AI – yechimning ham ajralmas qismiga aylanishi mumkin. Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) ta’kidlashicha, resurslardan yanada samarali foydalanish — aynan AI yordamida — energiya bosimini kamaytirish mumkin. Biroq bu strategiya chuqur texnologik innovatsiyalarsiz barqaror yechimga aylana olmaydi.  

Endilikda startaplar shunchaki texnologik yangiliklar muallifi emas, balki butun tizimlarni qayta tasavvur qilayotgan kuchli “dizayner” larga aylandi. Ular aqllilik hamma joyda mavjud, ammo energiya cheklangan dunyoda texnologiyani qanday quvvatlash kerakligi ustida bosh qotirishmoqda.

Sohnning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad shunday texnologiyalarni topishki, ular sun’iy intellektni Yer resurslariga zarar yetkazmasdan rivojlantira olsin.

Ushbu tanlov sun’iy intellektga bo‘lgan qarashda burilish yasaydi: endi AI – nafaqat kelajakni shakllantiruvchi kuch, balki yangi turdagi infratuzilma, mas’uliyat va energetik strategiyani talab qiladigan fenomen sifatida qaralmoqda.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Endilikda robotlar ham yugurish marafonlarida ishtirok eta oladimi?

Next Post

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar o‘sishi 20% ga yetdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar o‘sishi 20% ga yetdi

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar o‘sishi 20% ga yetdi

Qozog‘istonlik 18 yoshli startapchi Londonda 5 kun ichida $1 million dollar investitsiya jalb qildi

Qozog‘istonlik 18 yoshli startapchi Londonda 5 kun ichida $1 million dollar investitsiya jalb qildi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Mart 12, 2026
O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

Mart 11, 2026
Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Mart 11, 2026
Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Mart 10, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi
  • O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?
  • Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?