Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AQSh texnologiya kompaniyalari ochiq kodli AI cheklovlariga rasmiy qarshilik bildirdi

by Pivot
Avgust 2, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
AQSh texnologiya kompaniyalari ochiq kodli AI cheklovlariga rasmiy qarshilik bildirdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Odatda bir-biriga raqib bo’lgan kompaniyalar kamdan-kam holatlarda bitta hujjatga imzo chekadi. Nvidia, Microsoft, Meta, IBM, Dell, Palantir, Hugging Face, Mistral, Andreessen Horowitz va Y Combinator kabi 25 ta kompaniya va tashkilot «Open Weights and American AI Leadership» nomli ochiq xatga birgalikda imzo qo’ydi. Xat AQSh qonun chiqaruvchilariga qaratilgan bo’lib, undagi talab bitta: ochiq kodli (open-weight) AI modellarini cheklovchi tartibga solishlardan voz kechish.

Xatni Nvidia serverida joylashtirishdi, uni esa kompaniya boshlig’i Jensen Huang X (avvalgi Twitter) tarmog’ida o’zining birinchi postida targ’ib qildi. Microsoft CEO’si Satya Nadella xatni qayta ulashib, buni milliy xavfsizlik masalasi sifatida baholadi. Elon Musk ham g’oyani qo’llab-quvvatladi, biroq SpaceX rasman imzolovchilar ro’yxatiga kirmadi. E’lon qilingandan keyingi bir necha kun ichida imzolovchilar soni bir necha barobar oshdi.

Hodisadan bir kun oldin 200 dan ortiq startap Oq uyga xuddi shu talab bilan murojaat qilgan edi. Bundan tashqari, xat AQShda xitoylik ochiq modellar atrofidagi keskin bahs fonida paydo bo’ldi — Oq uy amaldori Michael Kratsios xitoylik Moonshot AI kompaniyasini o’zining Kimi K3 modelini Anthropic’ning Fable 5 modelidan distillyatsiya orqali yaratganlikda ayblagan, Moliya vaziri Skott Bessent esa buni o’g’irlikka tenglashtirib, sanksiya solish imkoniyatini ko’targan edi.

Xat mualliflari distillyatsiyani — bir model natijalaridan boshqa modelni yaxshilash uchun foydalanish amaliyotini — huquqiy buzilish bilan aralashtirmaslikka chaqiradi. Ularning ta’kidlashicha, bu keng tarqalgan va qonuniy texnika bo’lib, uni cheklash o’rniga faqat noqonuniy o’zlashtirish holatlariga qarshi maqsadli huquqiy choralar qo’llanishi kerak.

Odatiy tasavvurga ko’ra, ochiq model — xavfli model. Xat mazmuniga ko’ra: yopiq modellar ham buziladi yoki xato beradi, biroq tashqi tadqiqotchilar bu kamchiliklarni ko’ra olmaydi va tekshira olmaydi. Ochiq modellar esa minglab mustaqil jamoa tomonidan doimiy ravishda red-teaming qilinadi, ya’ni ularning zaifliklari ochiq tarzda topiladi va tuzatiladi. Bir nechta yopiq modelga tayanish esa yagona nosozlik nuqtasini yaratadi — ular buzilsa yoki noto’g’ri ishlasa, buni kim va qachon aniqlashini hech kim kafolatlay olmaydi.

OpenAI, Anthropic va Google esa bu ro’yxatdan joy olmadi. Bu uch kompaniya hozirgi kunda yopiq model bozorining yetakchilari bo’lib, ochiq modellarga nisbatan qattiqroq tartibga solish aynan ularning raqobatdagi ustunligini mustahkamlaydi. Shu sababli ularning xatda ishtirok etmasligi hayratlanarli emas, balki manfaatlar to’qnashuvining aniq ko’rinishi sifatida talqin qilinmoqda.

Ochiq kodli modellar startaplar uchun kirish to’sig’ini pasaytiradi — noldan model o’rgatish yoki har bir so’rov uchun API orqali to’lov qilish shart emas. AQShda ochiq modellarga nisbatan qattiq tartibga solish joriy etilsa, bu global miqyosda ochiq ekotizimning rivojlanish sur’atiga ta’sir qilishi mumkin — bu esa xitoylik alternativalarning pozitsiyasini kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Previous Post

Anthropic: Claude ruxsatsiz ravishda uchta tashkilotning real infratuzilmasiga kirib borgan

Next Post

AI sabali yo’q bo’lishi kutilgan kasblarda aksincha o’sish kuzatilmoqda

Pivot

Related Posts

O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

Oktabr 13, 2026
Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Oktabr 13, 2026
Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Oktabr 13, 2026
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Next Post
AI sabali yo’q bo’lishi kutilgan kasblarda aksincha o’sish kuzatilmoqda

AI sabali yo'q bo'lishi kutilgan kasblarda aksincha o'sish kuzatilmoqda

Apple Siri AI pullik bo‘lishi mumkin

Apple Siri AI pullik bo‘lishi mumkin

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

Oktabr 13, 2026
Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Oktabr 13, 2026
Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Oktabr 13, 2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

Oktabr 13, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat
  • Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda
  • Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?