Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Sun’iy intellekt davrida kollej darajalari o‘z kuchini yo‘qotyaptimi?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 16, 2025
in AI
Reading Time: 3 mins read
A A
Sun’iy intellekt davrida kollej darajalari o‘z kuchini yo‘qotyaptimi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda an’anaviy kollej darajasining ahamiyati tobora qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ayniqsa, tez-tez yangilanayotgan texnologik sohalarda bu o‘zgarish yaqqol sezilmoqda.

PwC’ning 2025-yilgi Sun’iy Intellekt Ish Bozori Ko‘rsatkichiga ko‘ra, rasmiy malakalar ishga qabul qilish jarayonidagi asosiy talab sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. Buning sababi esa sun’iy intellekt insonlarga bilim va ko‘nikmalarni misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu esa bugun siz nimaga qodir ekaningizni, yillar oldin nimani o‘rganganingizdan ancha muhimroq qilmoqda.

Dunyo bo‘ylab milliardlab ish e’lonlari va minglab kompaniya hisobotlariga asoslangan mazkur tadqiqotga ko‘ra, diplomlarga bo‘lgan talab ayniqsa sun’iy intellekt ta’siriga kuchli uchragan sohalarda — masalan, ma’lumotlar tahlili yoki moliya kabi yo‘nalishlarda — sezilarli darajada pasaymoqda. Hozirgi vaqtda ana shunday lavozimlar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boshqa sohalarga nisbatan 66 foiz tezroq o‘zgarayotgani kuzatilgan. Bu esa o‘tgan yilgi 25 foizga nisbatan keskin o‘sishni anglatadi.

Darajalardan amaliy ko‘nikmalargacha

PwC hisobotida qayd etilishicha, “Ishchilar uchun diplomlardan ko‘ra aniq ko‘nikmalarga e’tibor qaratish imkoniyatlarni kengaytiradi.” Bu degani, endi ishga qabul qilishda asosiy e’tibor malakaga emas, qobiliyat va amaliy yondashuvga qaratilmoqda. Masalan, yangi sun’iy intellekt vositalarini tez-tez o‘rganib boradigan moliyaviy tahlilchi, ilgari olingan, lekin yangilanmagan diplomli mutaxassisdan ko‘ra qadrlanishi mumkin.

PwC kompaniyasining sun’iy intellekt bo‘yicha global direktori Jo Atkinsonning fikricha, bu o‘zgarish shunchaki muqarrar emas, balki zarurdir. “Sun’iy intellekt modellari hayratlanarli tezlikda rivojlanmoqda,” deydi Atkinson. “Agar siz o‘zingizni noqulay his qilmayotgan bo‘lsangiz, go‘yo doimo yetib olishga urinayotgandek bo‘lmasangiz, ehtimol, vaziyatga yetarlicha e’tibor bermayapsiz.”

Atkinson mustaqil o‘rganish tafakkurini targ‘ib qiladi. U mutaxassislarni sun’iy intellekt vositalarini o‘rganishga, katta til modellari uchun samarali so‘rovlar tuzishni o‘zlashtirishga, texnologik bloglarni kuzatib borishga va sun’iy intellektni real hayotda qo‘llashni mashq qilishga undaydi.

“Eng muhim ko‘nikmalar — amaliy ko‘nikmalardir. Siz texnologiyani o‘rganishingiz emas, undan foydalanishingiz kerak,” — deydi u. Endi ilgari ixtiyoriy deb qaralgan mustaqil o‘rganish, sun’iy intellekt davrida “yangi minimal talab” sifatida qaralayapti.

Ta’limning yangi qiyofasi

Shunga qaramay, rasmiy ta’lim o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotgani yo‘q. Jo Atkinson bu borada quyidagicha fikr bildiradi:

“Ilmiy daraja shunchaki ko‘nikmalarni o‘rgatish emas — bu shaxsni shakllantirish, tanqidiy fikrlash, muomala qilish, murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish kabi yuqori darajadagi aqliy salohiyatni rivojlantirishdir. Bu fazilatlar esa sun’iy intellekt asrida yanada dolzarb bo‘lmoqda.” Atkinsonning ta’kidlashicha, rasmiy ta’lim hali ham o‘z qiymatini saqlab qolmoqda, biroq uning roli o‘zgarib bormoqda. Ilmiy darajalar yo‘qolib ketmaydi, ammo ular endi ilgarigidek martaba yuksalishining kafolati bo‘lmasligi mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, xulosa aniq: sun’iy intellekt asri uzluksiz malaka oshirish, moslashuvchanlik va bilishga intilishni talab qiladi. Ilmiy darajalar eshikni ochishi mumkin, ammo amaliy sun’iy intellekt savodxonligi sizni bu sohada mustahkam o‘rnashtirib qo‘yadi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Profilni o‘zingizga moslab tartiblang!

Next Post

Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Fevral 28, 2026
Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Next Post
Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?

Canva, GitHub va Shutterstock: kapitalsiz startaplar qanday ommalashdi?

Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

Zoom: pandemiya sabab “kuchaygan” startap qanday yo‘lni bosib o‘tdi?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?