Toshkent, 26-avgust 2025 — Startup Garage’ning Founders Community platformasi ishga tushirilganidan beri qisqa fursatda katta qiziqish uyg‘otdi: bugungi kunga kelib 1 250+ yosh va boshlovchi tadbirkor hamjamiyatga qo‘shildi. Platforma startap yo‘lini 0 dan boshlayotganlar uchun butunlay bepul bilim, resurs va tarmoq imkoniyatlarini bir joyda taqdim etadi.
“Tanlov o‘zingizdan: bahona qilish yoki harakat qilish. Biz esa harakatni osonlashtirdik — boshlash uchun kerakli hamma narsa bitta joyda,” — dedi Startup Garage asoschisi Mukhammad Khalil. “Founders Community orqali minglab yoshlar real bilim, mentorlik va hamkorliklar orqali o‘z g‘oyasini bozorda sinab ko‘rishi va o‘stirishi mumkin.”
Founders Community nimalarni taklif qiladi?
- Fundamental kurslar – startap asoslari, bozor tahlili, GTM, moliyalashtirish va boshqalar;
- Kitoblar va materiallar – elektron kitoblar, konspektlar, ishchi varaqlar;
- Maqola va qo‘llanmalar – amaliy playbooklar va shablonlar;
- Jonli onlayn masterklasslar – mahalliy va xalqaro ekspertlardan;
- Ekspertlardan konsultatsiyalar – 1:1 va guruh sessiyalari;
- Hamkorlardan bepul xizmatlar – dasturiy ta’minot, kreditlar va chegirmalar.
Hozirgacha erishilgan natijalar
- 1 250+ a’zo hamjamiyatga qo‘shildi;
- 50+ jonli uchrashuv va masterklass o‘tkazildi;
- 2 nafar a’zo investitsiya jalb qildi.
“Yoshlarda ko‘p savol bor: ‘Qayerdan boshlay?’ Javob — shu yerda,” — deydi Founders School jamoasi. “Biz bosqichma-bosqich yo‘l xaritasini, tayyor shablonlarni va real tajribaga ega mentorlarni bir ekotizimga jamladik.”
Qo‘shilish vaqti — hozir
Hamjamiyatga qo‘shiling va startapingizni bugun boshlang:
Community sahifasi: sgfounders.school
Yoki bevosita ushbu havola orqali:
- https://sgfounders.school/?utm_source=telegram&utm_medium=organic&utm_campaign=1000plus1&utm_content=post&utm_term=26_08_2025
- https://sgfounders.school/?utm_source=telegram&utm_medium=organic&utm_campaign=1000plus2&utm_content=post&utm_term=26_08_2025
Founders Community haqida
Founders Community — Startup Garage’ning bepul hamjamiyati bo‘lib, yoshlar va boshlovchi tadbirkorlar uchun ta’lim, mentorlik, resurslar va hamkorlik tarmog‘ini taqdim etadi. Maqsad — Markaziy Osiyo va MENA mintaqasida yangi avlod tadbirkorlarini yetishtirish, ularga tez va samarali boshlashga yordam berish.
Startup Garage haqida
Startup Garage (SG) — O‘zbekiston markazida faoliyat yurituvchi ventur studiya va ekotizim yaratuvchi platforma. SG Founders School, Micro SaaS Studio, akseleratsiya dasturlari va hamkorlik tashabbuslari orqali mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Matbuot uchun aloqa
Matbuot xizmati: Startup Garage
Email: info@startupgarage.uz
Veb: startupgarage.uz | sgfounders.school















