Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

MentorGO: Yangi avlod uchun mentorlik platformasi

by Gulnoza Sobirova
Mart 19, 2025
in Startaplar
Reading Time: 4 mins read
A A
MentorGO: Yangi avlod uchun mentorlik platformasi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonning startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda. Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar tadbirkorlik sohasiga yangi yondashuvlarni olib kirayotgani shubhasiz. Bu jarayonda o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan startaplardan biri — MentorGO, mentorlik va professional rivojlanishga yo‘naltirilgan platforma. Ushbu loyiha tajribali mutaxassislar va o‘z ustida ishlashga intilayotgan yoshlarni bog‘lash orqali ta’lim va o‘zini rivojlantirish jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. MentorGO hamasoschisi Nuriddin Qamardinov bilan platformaning qanday g‘oya asosida yaratilgani, duch kelgan qiyinchiliklar va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

— Nuriddin, dastlab o‘zingiz va tadbirkorlik faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz

 — Men dasturchiman. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tamomlaganimdan beri 6 yildan ortiq IT sohasida ishlab kelaman. Faoliyatim davomida mahalliy va xalqaro kompaniyalarda tajriba orttirdim. Hozirda Shvetsiyaning DanAds kompaniyasida ishlayman. Tadbirkorlik esa men uchun nisbatan yangi yo‘nalish, lekin har doim startaplar va innovatsiyalar menga qiziq bo‘lgan. Shu sabab, turli startap akseleratsiyalarida ishtirok etib, kerakli bilimlarni oldim.

— MentorGO qanday g‘oya asosida paydo bo‘ldi va uni yaratishga nima turtki bo‘ldi?

— MentorGO’ni Qudratxo‘ja Musayev bilan birgalikda asos solganmiz. Biz talabalik vaqtida turli xalqaro grant dasturlarida qatnashishni yaxshi ko‘rardik. Bu dasturlar yangi bilim, networking va sayohat qilish imkoniyatlarini taqdim etardi. Biroq, grant yutish uchun maxsus ko‘nikmalar kerak, ularni mustaqil o‘rganish esa juda qiyin edi. Shu sababli, biz o‘z tajribamiz asosida boshqalarga yordam beradigan platforma yaratishga qaror qildik.

— Startapni ishga tushirish jarayonida eng katta qiyinchiliklar nimalar bo‘ldi?

— IT tajribamiz yetarli bo‘lgani uchun dastlab texnik jihatdan hech qanday muammo bo‘lmadi. Ammo bizni eng qiynagan qism sotuv va bozorni tushunish bo‘ldi. Dastlabki biznes modelimizni bozorga moslashtirish uchun uni qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Market fitni topish va mijozlar ishonchini qozonish jarayoni eng katta sinovlardan biri bo‘ldi.

— MentorGO’ning asosiy maqsadi va afzalliklari nimalardan iborat?

— Bizning maqsadimiz — xorijda o‘qish yoki grant dasturlarida ishtirok etishni xohlovchi yoshlarni tajribali mentorlar bilan bog‘lash. Hozirda 1 soatlik konsalting sessiyalari va mentorlik kurslarini taklif qilamiz. MentorGO ning asosiy ustunligi — biz grant yutgan va xorijda o‘qiganlarga daromad qilish imkoniyatini beramiz. Hozirda mijozlar aynan ulardan bevosita maslahat olishmoqda.

— Hozirda platformada nechta foydalanuvchi bor va ular qanday faollashtirilmoqda?

— Ayni vaqtda oylik sotuvlarimiz soni 30 taga yetgan, bu esa platformamizga $1000+ daromad keltirmoqda. Asosiy auditoriyamiz Telegram orqali keladi. GrantGO kanalimiz orqali har kuni grantlar haqida ma’lumot beramiz va shu yo‘l bilan foydalanuvchilarni jalb qilamiz.

— MentorGO boshqa platformalardan qanday farq qiladi?

— Asosiy raqobatchilarimiz — an’anaviy konsalting agentliklari. Ular mijozlar nomidan hujjatlarni tayyorlab berishadi, biz esa bilim va tajriba almashish orqali yordam beramiz. Mentorlarimiz mijozlarga faqat maslahat beradi, hujjatlarni ular o‘zlari tayyorlashadi.

— MentorGO qanday biznes model asosida ishlaydi?

— Biz komissiyaga asoslangan biznes modelni tanlaganmiz. Har bir sotuvdan o‘z ulushimizni olib qolamiz, qolgan qismi mentorning daromadiga aylanadi.

— Hozirgacha investitsiya jalb qilganmisiz?

— Ha, pre-seed bosqichida investitsiya olganmiz. Yosh Tadbirkor tomonidan tashkil etilgan Unicorns akseleratsiyasida g‘olib bo‘lib, $15,000 miqdorida investitsiya oldik. Hozirda seed stage bosqichidagi investitsiya uchun tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

— Kelajakda O‘zbekiston bozoridan tashqariga chiqish rejalaringiz qanday?

— Birinchi bosqichda Markaziy Osiyo bozoriga chiqishni rejalashtiryapmiz. Lekin, bunga qadar mahalliy bozorda yetarlicha mustahkamlanishimiz kerak.

— MentorGO’ning asosiy raqobatchilari kimlar?

— Hozircha bizga bevosita raqobatchi bo‘lgan mahalliy platformalar ko‘p emas. Eng katta raqobat an’anaviy konsalting agentliklari tomonidan kelmoqda. Biz ulardan farqli o‘laroq, yangi avlodga mos yondashuv — bilim almashish va mentorlik tizimini yaratmoqdamiz.

— Yangi foydalanuvchilarni jalb qilish uchun qanday marketing strategiyalarini qo‘llayapsiz?

— Hozir kontent marketing asosiy strategiyamiz. Telegram kanalimizda grantlar haqida ma’lumotlar beramiz va shu orqali mijozlar oqimini ta’minlaymiz. Hozirda boshqa ijtimoiy tarmoqlarni ham rivojlantirish ustida ishlayapmiz.

— Kelajak rejalaringiz qanday?

— Eng yaqin rejamiz — mobil ilovamizni ishga tushirish. Shuningdek, yangi sohalar bo‘yicha mentorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Hozir mentorlarimiz grant yutish va xorijda o‘qishga yo‘naltirilgan, kelajakda til sertifikatlari, Work & Travel, viza olish kabi mavzularni ham qamrab olmoqchimiz.

— O‘zbekiston startap ekotizimi haqida fikringiz qanday?

— So‘nggi yillarda startap ekotizimi sezilarli rivojlandi. Davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ortib bormoqda. Bir necha yil oldin moliyaviy manbalar muammo bo‘lsa, hozir bu masala ancha osonlashdi. Venchur fondlar ish boshladi va startap qilish uchun bilim eng asosiy muammo bo‘lib qoldi.

— Yosh tadbirkorlarga qanday maslahat berasiz?

— Jasorat va tez harakat qilish eng muhim sifatlar. Hozirgi AI va texnologiyalar bilan MVP yaratish tez va arzon. Asosiysi — boshlash va bozorni sinab ko‘rish.

Muallif: Feruza Askaraliyeva

Previous Post

OpenAI’ning sobiq rahbari yangi startapini e’lon qildi

Next Post

Unitlab.ai startapi AloqaVentures’dan $200 000 investitsiya jalb qildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
Unitlab.ai startapi AloqaVentures’dan $200 000 investitsiya jalb qildi

Unitlab.ai startapi AloqaVentures’dan $200 000 investitsiya jalb qildi

Yandex Market Go O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Yandex Market Go O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?