Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

OpenAI AQSh hukumatiga kompaniyaning 5% ulushini berishni rejalashtirmoqda

by Pivot
Iyul 4, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
OpenAI AQSh hukumatiga kompaniyaning 5% ulushini berishni rejalashtirmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Dunyoning eng qimmat sun’iy intellekt kompaniyalaridan biri bo’lgan OpenAI AQSh hukumatiga kompaniyaning 5 foizlik ulushini berish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Agar bu tashabbus amalga oshsa, u nafaqat OpenAI, balki AI kompaniyalari va davlat o’rtasidagi hamkorlikning yangi modeliga asos solishi mumkin. Bu haqda Financial Times xabar berdi. Nashrning yozishicha, g’oya hali dastlabki muhokamalar bosqichida bo’lib, yakuniy qaror qabul qilinmagan.

So’nggi yillarda AQShda sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi hukumat va siyosatchilar e’tiborini tobora ko’proq tortmoqda. AI’ning iqtisodiyot, mehnat bozori, milliy xavfsizlik va mualliflik huquqlariga ta’siri bo’yicha bahslar kuchayib borayotgan bir paytda, OpenAI bosh direktori Sam Altman hukumatni nafaqat AI’ni tartibga soluvchi, balki uning iqtisodiy muvaffaqiyatidan manfaatdor tomon sifatida ko’rishni taklif qilmoqda. Unga ko’ra, sun’iy intellekt yaratadigan ulkan iqtisodiy qiymatdan jamiyat ham bevosita foyda olishi kerak.

Taklif qanday ishlaydi?

Financial Times ma’lumotlariga ko’ra, 5 foizlik ulush to’g’ridan-to’g’ri AQSh hukumatiga berilmaydi. Aksincha, u maxsus Public Wealth Fund (ommaviy farovonlik jamg’armasi) orqali boshqarilishi mumkin.

Bunday model orqali OpenAI qiymati oshgani sari fond ham daromad oladi va kelajakda undan mamlakat fuqarolari manfaat ko’rishi mumkin. Mazkur yondashuv ayrim davlatlarning milliy investitsiya jamg’armalari faoliyatiga o’xshash mexanizm sifatida ko’rilmoqda.

Xabarga ko’ra, Sam Altman ushbu model kelajakda boshqa yirik AI kompaniyalari uchun ham qo’llanilishini istaydi. Nazariy jihatdan Google, Meta va Anthropic kabi kompaniyalar ham shunga o’xshash mexanizm orqali davlat fondiga ulush ajratishi mumkin. Biroq hozircha bu kompaniyalar tomonidan bunday reja tasdiqlanmagan.

Agar OpenAI hukumat uchun yangi aksiyalar chiqarsa, bu amaldagi aksiyadorlarning ulushi kamayishiga (dilution) olib keladi. Bugungi kunda OpenAI taxminan 852 milliard dollarga baholanmoqda. Shunga ko’ra, kompaniyaning 5 foizlik ulushi qariyb 42,6 milliard dollar qiymatga ega bo’lishi mumkin. Bu texnologiya tarixidagi eng yirik davlat ulushlaridan biriga aylanish ehtimolini anglatadi.

Muhimi, bu hali faqat muhokama qilinayotgan tashabbus hisoblanadi. Taklif amalga oshishi uchun huquqiy va siyosiy jarayonlardan o’tishi, shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan ma’qullanishi talab etiladi.

Shunga qaramay, ushbu g’oya sun’iy intellekt yaratadigan iqtisodiy qiymat kimga tegishli bo’lishi kerakligi haqidagi global muhokamalarga yangi yo’nalish berishi mumkin. Agar loyiha amalga oshsa, hukumat AI’ni faqat nazorat qiluvchi emas, balki uning muvaffaqiyatidan bevosita manfaatdor hamkorlardan biriga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Previous Post

O’zbekistonda yagona UzQR tizimi ishga tushdi

Next Post

Microsoft AI’ni bizneslarga joriy etish uchun $2,5 milliardlik yangi kompaniyani ishga tushirdi

Pivot

Related Posts

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026
Next Post
Microsoft AI’ni bizneslarga joriy etish uchun $2,5 milliardlik yangi kompaniyani ishga tushirdi

Microsoft AI'ni bizneslarga joriy etish uchun $2,5 milliardlik yangi kompaniyani ishga tushirdi

Meta Gizmo texnologiyasini qo’lga kiritdi va AI asosidagi yangi Pocket ilovasini ishga tushirdi

Meta Gizmo texnologiyasini qo'lga kiritdi va AI asosidagi yangi Pocket ilovasini ishga tushirdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?