Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘rta qatlam endi hashamat ortidan quvmayapti — va bu sanoat uchun katta muammo

by Gulnoza Sobirova
May 13, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
O‘rta qatlam endi hashamat ortidan quvmayapti — va bu sanoat uchun katta muammo
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yillar davomida global hashamat bozori nafaqat millionerlarga, balki o‘rta sinf vakillariga tayangan holda ham gullab-yashnadi. O‘rtacha daromadga ega xaridorlar hashamatli sumkalar, dizayner oyoq kiyimlari va qimmat soatlarni muvaffaqiyat belgisi sifatida xarid qilishar edi. Ammo 2025-yilga kelib, bu trend keskin o‘zgarib, yemirila boshladi.

O‘rta sinf orqaga chekinmoqda

Pew Research Center ma’lumotiga ko‘ra, AQShda o‘rta sinf yiliga $54,000 dan $161,000 gacha daromad oladi. Aynan shu qatlam pandemiya davrida hashamatli mahsulotlarga talabni keskin oshirgan edi: sayohatlar cheklangan, onlayn xaridlar esa keskin ko‘paygan. Ammo endilikda ular xarajatlarini qisqartirishmoqda.

Sabab nima? Narxlar ikki barobarga oshdi, moliyaviy bosim kuchaydi, va endi odamlar mavqega emas, jamg‘armaga ustuvorlik berishmoqda.

Global konsalting kompaniyasi Bain & Company’ning xabariga ko‘ra, 2024-yilda hashamat bozori 2% ga qisqardi – bu so‘nggi 15 yildagi (COVID boshidagi yillar bundan mustasno) eng jiddiy pasayishdir. Ayniqsa, Amerika mintaqasida 2023-yil 3-choragida hashamatli mahsulotlarga xarajatlar 10% dan ko‘proqqa tushgan. Bu esa doimiy o‘sishga ko‘nikkan sanoat uchun ogohlantiruvchi signal bo‘ldi.

50 million xaridor bozorni tark etdi

Faqat bir yil ichida 50 million hashamatli xaridor bozordan chiqib ketdi. Bu odamlar super-boylar emas, balki bozorda ilgari 65% ulushga ega bo‘lgan  “intiluvchan” xaridorlar edi. Hozirda ularning ulushi 55% ga tushgan.

Ular hashamatdan voz kechayotganlari uchun emas, balki bozor ularni ortda qoldirgani uchun ketishmoqda. Narxlar to‘xtovsiz oshmoqda. Louis Vuitton va Rolex kabi brendlar sifat emas, balki eksklyuzivlikni saqlab qolish maqsadida narxlarni keskin oshirishdi.

Natijada, hatto munosib daromadga ega odamlar ham hashamatni o‘zlari uchun yiroq deb his qilishmoqda.

Nega bu muhim

Bu o‘zgarish katta oqibatlarga olib kelmoqda. O‘rta sinf hech qachon hashamatli brendlarning asosiy nishoni bo‘lmagan — ammo aynan ular bozor o‘sishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishgan. Bu xaridorlar quyi darajadagi mahsulotlarni xarid qilgan bo‘lsa-da, brend mashhurligini ijtimoiy tarmoqlarda oshirgan va hashamatni ommaviy tendensiyaga aylantirishga yordam bergan.

Endilikda esa inflyatsiya, iqtisodiy noaniqlik va hayot kechirish xarajatlarining oshishi tufayli, hatto bu xaridorlar ham ikki marta o‘ylashmoqda. Ko‘pchilik sarf-xarajatlarini moddiy narsalardan ko‘ra jamg‘arma, qarzni to‘lash yoki real taassurotlarga yo‘naltirmoqda.

Mutaxassislar yangi savdo urushlari yoki iqtisodiy beqarorlik kabi omillar vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Agar o‘rta sinf chekinishda davom etsa, hashamat sanoati butun strategiyasini yangilashga majbur bo‘ladi.

Xulosa

Hashamatli brendlar uzoq yillar o‘rta daromadli xaridorlarga orzu sotish orqali rivojlangan edi. Bugungi iqtisodiy sharoitda esa bu orzu tobora uzoqlashib, haddan tashqari qimmatga tushmoqda. O‘rta sinf hashamatdan chekinar ekan, sanoat oldida muhim savol turibdi: ular bo‘lmasa, bu o‘sish qanday davom etadi?

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Tesla xodimlari Ilon Maskdan ketishni talab qilmoqda

Next Post

IT Park startaplar uchun namunaviy hujjatlar to‘plamini taqdim etdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026
Next Post
IT Park startaplar uchun namunaviy hujjatlar to‘plamini taqdim etdi

IT Park startaplar uchun namunaviy hujjatlar to‘plamini taqdim etdi

Audible AI yordamida audiokitoblar bozorini keskin kengaytirmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?