Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

by Gulnoza Sobirova
Dekabr 28, 2024
in Startaplar
Reading Time: 4 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2020-yilda Sturgeon Capital O‘zbekiston bozoriga kirib, venchur kapitali sohasida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu fond o‘z kapitalini qariyb 60 foizini O‘zbekistonga ajratib, Billz, Zoodmall, Arzon Apteka, FinMedia, Zip24 va Oasis kabi startaplarga investitsiya kiritdi.

Davlat tomonidan ham startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash uchun sezilarli grantlar ajratilgan. 2018–2023-yillar davomida qariyb 300 ta startap milliardlab so‘mlik moliyaviy yordam olgan. Ammo ushbu grant olgan ko‘plab startaplarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ularning bozor talablariga mos keladigan mexanizmlarni ishlab chiqmagani sabab bo‘ldi. Venchur investorlar esa ularga kirmadi. Chunki venchur puli davlat grantidan farqli jigardan berilgandek beriladi. Sohadagi muhim o‘zgarishlar esa UzVC tashkil etilishi bilan boshlandi. Sturgeon Capital boshqaruvidagi UzVC o‘z faoliyatini $1 millionlik fond bilan boshlagan va Zypl.ai, TassVision, Sug‘urta, Bozor, Pastoral.ai, Depozit (FinQ), Cargon va Mohirdev kabi 8 ta startapga investitsiya kiritgan. Hozirda UzVC dastlab 160 milliard so‘m jalb qilgan holda yirik “Fondlar Fondi”ga aylanishga tayyorlanmoqda.

Ekotizimda yana bir muhim o‘yinchi – Simurg VC venchur studiyasi bo‘lib, o‘z mahsulot va xizmatlarini o’zlari ishlab chiqadi. Uning eng e’tiborga loyiq loyihalari orasida Multicard, Multibank, Jett va Rahmat bor. Ayniqsa, Rahmat platformasi restoran xodimlariga choychaqa qoldirish imkonini beruvchi mashhur tizimga aylangan.

Uzcard Holding tarkibidagi korporativ venchur fond – UC Ventures ham katta hissa qo‘shmoqda. Iman startapiga birinchi investitsiyani kiritgandan so‘ng, Cerebra, Hero Study, Clockster va Ludito Biznes Navigator kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Zypl skoringi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolab, o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini namoyish etdi.

Startaplar uchun kovorking maydonchalari va jamoaviy tadbirlar muhim rivojlantiruvchi platformalar bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, C-Space startaplar faoliyati markazi sifatida PizzaPitch, Angellar tayyorlash maktabi va CS//Angels kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib kelmoqda. CS//Angels orqali xususiy investorlar kamida $5,000 miqdordan sarmoya kiritib, uchta startapni moliyalashtirdi.

Shu bilan birga, AloqaVenturestomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Startup Garage uchta filialga ega bo‘lib, har yili 45 ta startap jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu jamoalarning eng yaxshilari angel investorlardan va venchur kapitalistlardan investitsiya jalb qiladi.

2024-yilda AloqaVentures O‘zbekiston venchur ekotizimini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynadi. Yil davomida 11 ta startap va jami 31 ta startapga 4.1 mln AQSH dollarida investitsiya kiritilib, yana 1,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ AloqaVentures Fond I orqali yo‘naltiriladi. 2025-yildan AloqaVentures Fond II ishga tushirish rejalari ushbu ekotizimning keyingi rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. 2020-yilda Sturgeon Capital tomonidan boshlangan investitsiyalar bilan shakllana boshlagan O‘zbekiston startap ekotizimida 2022-yildan boshlab mahalliy venchur fondlarning faol ishtiroki sezildi. 2024-yilda esa ekotizim yangi bosqichga chiqmoqda. Shu yilning so’ngida prezidentning PQ 357-sonli qarori qabul qilinib, u mahalliy iqtisodiyotga startap va venchur kapitalni jalb qilish uchun muhim huquqiy asos yaratdi.

Bugungi kunda O’zbekistonda ikki kompaniya milliard dollardan ortiq bahoga ega bo‘lib, bir nechta mahalliy “soonicorn”lar (bahosi 100 milliondan 1 milliard dollargacha bo‘lgan startaplar) ham tez o’sib bormoqda. Shuningdek, 2024-yilda PE xususiy kapital investorlari bozorga sezilarli qiziqish bildirdi. Masalan, Uzbek-Oman Investment Company PE bitta startapga $5 million sarmoya kiritdi, mahalliy startaplar esa xorijiy investitsiyalarni faol jalb qila boshladi. 2025-yil esa O‘zbekiston uchun ulkan o‘zgarishlar davri bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi yildan Exits (ulushlarni sotib chiqish), M&A (kompaniyalarni birlashtirish va sotib olishlar), strategik va korporativ sotib olishlar amalga oshiriladi. Mahalliy startaplar dunyo bozorlariga chiqadi. Bundan tashqari, UzVC tomonidan Fondlar Fondi ishga tushirilishi, IT Park Ventures tomonidan tizimli moliyalashtirish, shuningdek, beshdan ortiq korporativ venchur bo‘linmalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbuslar mamlakatda innovatsiyalarni rivojlantirish va iste’dodli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Startap ekotizmidagi jarayonlarni keng yoritish maqsadida biz Pivot.uz platformasini ishga tushirdik. Ushbu platforma startaplar, talantlar, venchur va xususiy kapital fondlari hamda angel investitsiyalarini mahalliy va xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qiladi. Odatda pre-seed va erta bosqichdagi startaplar uchun media PR juda qimmat bo‘lib, biz Pivot.uz orqali ularni bepul qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatda venchur dunyoqarashini shakllantirishni maqsad qilganmiz.
Keling bu buyuk yo’lni birga bosib o’tamiz!”
Davron Parmonov
Pivot.uz co-founder
AloqaVentures, ITP VC, PizzaPitch, CS/Angels, Startup Garage hamkori.

Previous Post

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan rejalar taqdimoti bilan tanishdi

Next Post

Qarag‘andida venchur investorlar hamjamiyati tashkil etilmoqda. Startaplarga 50 million tengedan ortiq mablag‘ kiritildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Startap nima? | Pivot.uz

Startap nima? | Pivot.uz

Aprel 18, 2026
Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
Next Post
Qarag‘andida venchur investorlar hamjamiyati tashkil etilmoqda. Startaplarga 50 million tengedan ortiq mablag‘ kiritildi

Qarag‘andida venchur investorlar hamjamiyati tashkil etilmoqda. Startaplarga 50 million tengedan ortiq mablag‘ kiritildi

Wolt: Xelsinki ko‘chalaridan jahon maydonigacha

Wolt: Xelsinki ko‘chalaridan jahon maydonigacha

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?