Startap dunyosida Product-Market Fit (PMF) iborasi muvaffaqiyatning muqaddas kaliti hisoblanadi. Anjel investorlar va venchur fondlar har doim birinchi boʻlib: «Sizda PMF bormi?» deb soʻrashadi. Xoʻsh, PMF oʻzi nima va startap unga erishganini qanday bilishi mumkin?
PMF ga erishish uchun dastlab MVP yaratish lozim. MVP (Minimum Viable Product) nima? Kam budjet bilan gʻoyani tekshirish maqolasini oʻqing.
1. PMF oʻzi nima?
Product-Market Fit — bu mahsulotning haqiqiy va yetarlicha katta bozor talabiga toʻliq mos kelishi hamda mijozlar ushbu mahsulot uchun jon deb pul toʻlashga tayyor boʻlgan holatidir.
Mark Andreessen ta’biri bilan aytganda: «PMF — bu mahsulotga boʻlgan ehtiyoj shunchalik yuqoriligidan, bozorning oʻzi uni taklifingizdan ham tezroq yutib yuborayotgan holatidir.»
Muvaffaqiyatli oʻsish gurusi Sean Ellis tomonidan ishlab chiqilgan testga koʻra, agar foydalanuvchilarning kamida 40%i «Agar ushbu mahsulot ertaga yoʻqolib qolsa, juda afsuslanardim» deb javob bersa, startap PMF’ga erishgan hisoblanadi.
2. PMF ga erishganlikni oʻlchash metrikalari
- Retention rate (Mijozlarni saqlab qolish): Foydalanuvchilar mahsulotga qayta-qayta qaytmoqdami? Retention grafigi gorizontal toʻgʻri chiziqqa kelib toʻxtashi kerak.
- Organik va virallik oʻsishi (Word-of-Mouth): Dastlabki mijozlar mahsulotni oʻz tanishlariga organik ravishda tavsiya qilmoqdami?
- LTV > 3x CAC formulasi: Mijozlarning ketib qolishi (Churn rate) pastligi va mijozning umrbod qiymati (LTV) uni jalb qilish xarajatidan (CAC) kamida 3 baravar yuqoriligi.
PMF dan soʻng startapni masshtablash (Scalability) bosqichi boshlanadi. Masshtablash haqida Scalability: Masshtablash va xalqaro bozorga chiqish maqolasida oʻqing. PMF erishilmasdan turib marketingga katta pul sarflash — teshik chelakka suv quyish kabidir. Avval PMF’ni toping, soʻngra masshtablang.

















