Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Qanday qilib DeepSeek sun’iy intellekt brend strategiyasini o‘zgartirmoqda?

by Gulnoza Sobirova
Fevral 23, 2025
in Uncategorized
Reading Time: 4 mins read
A A
Qanday qilib DeepSeek sun’iy intellekt brend strategiyasini o‘zgartirmoqda?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasi texnologiya sohasida katta shov-shuvga sabab bo‘lmoqda. U bir kechada mashhurlikka erishib, Apple’ning App Store reytingida birinchi o‘rinni egalladi. ChatGPT hamda Gemini kabi raqobatchilarni ancha qisqa vaqt va kam byudjet bilan ortda qoldira oldi.

O‘tgan hafta DeepSeek o‘zining DeepSeek-V3 deb nomlangan ochiq kodli chat-botining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Texnologik ekspertlarning fikricha, bu AQSh texnologiya sanoatiga qaratilgan jiddiy signal. DeepSeek-V3 shunchaki bir necha oy ichida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ChatGPT-4o va Meta Llama kabi ilg‘or sun’iy intellekt modellariga juda o‘xshash. U ancha kam byudjet va nisbatan oddiy kod va strategiyalar yordamida yaratilgan: ChatGPT’ning so‘nggi versiyasi uchun 100 million dollar sarflangan bo‘lsa, DeepSeek bor-yo‘g‘i 6 million dollar bilan cheklangan. Bu yangilik investorlarning xavotiriga sabab bo‘ldi, Nasdaq fond bozori bir kunda 1 trillion dollarga tushib ketdi.

Biroq texnologiya sanoatida inqilob qilayotgan ushbu kompaniya OpenAI’ning qora girdob shaklidagi logotipi yoki robot tasviri bilan emas, yorqin ko‘k kit bilan o‘zini namoyon qilmoqda.

Bu dizayn hozirgi sun’iy intellekt kompaniyalari orasida hukmron bo‘lgan brending tendensiyalariga zid. Bugungi AI kompaniyalari abstrakt dizaynlar va qat’iy texnologik estetikani afzal ko’rayotgan bo‘lsa, DeepSeek an’anaviy qoidalarga qarshi borib, iste’molchilarga yangi nuqtai nazar taklif qilmoqda.

DeepSeek logotipi nima uchun e’tibor tortmoqda?

DeepSeek logotipi yorqin ko‘k kit tasviridan iborat bo‘lib, u ekranda sakrayotgandek ko‘rinadi. Logotip bilan birga brend nomi yumaloq shriftida yozilgan.

Ushbu vizual identifikatsiya qulaylik va do‘stona taassurot uyg‘otadi, bu esa brendni raqobatchilar orasida ajralib turishiga yordam beradi.

Twitter’ning mashhur logotipini yaratgan dizayner Martin Grasser so‘nggi yillarda texnologiya industriyasining brend identifikatsiyasida “shaxsiylik va quvonch yetishmayotgani” haqida fikr bildirdi.

“Bugungi kunda texnologiya kompaniyalarining dizayni bir xil. Ko‘pchiligida o‘ziga xoslik sezilmaydi,” deydi u.

Grasser DeepSeek logotipi va uning ortidagi konsepsiyani “yoqimli va qiziqarli” deb baholadi.

DeepSeek o‘z logotipi dizayni bo‘yicha rasmiy izoh bermagan bo‘lsa-da, kompaniyaning chat-boti bu belgining “chuqurlik, intellekt va kashfiyotni” ifodalashi va kompaniya sun’iy intellekt hamda chuqur o‘rganish (deep learning)iga mos kelishini qayd etdi.

Landor agentligining bosh kreativ direktori Teemu Suvialaning fikricha, kit tasviri ko‘plab ramziy ma’nolarga ega. Uning fikri quyidagicha:

“Ko‘plab madaniyatlarda kit donishmandlik, qudrat va farovonlik timsoli sifatida qabul qilinadi. Ba’zi xalqlarda esa kitni ko‘rish kelajakdagi ijobiy o‘zgarishlarning belgisi sifatida talqin qilinadi.”

Suvialaga ko‘ra kitning okean bo‘ylab harakatlanishi DeepSeek foydalanuvchilari uchun kuchli metafora: “Yo‘nalishni belgilash (navigatsiya) g‘oyasi DeepSeek’ning ochiq kodli tabiati bilan bog‘liq bo‘lib, bu jihat kompaniyani raqobatchilardan ajratib turadi.”

Biroq Suviala va Martin Grasser DeepSeek brendi to’laqonli mukammallikka yetmaganini ta’kidladi. Ular fikricha, kichik o‘lchamda logotip deyarli ko‘rinmaydi. Grasser esa brendning tipografik yondashuvi haqida to‘xtalib, shrift “tashvishli” estetikani yuzaga keltirishini aytgan.

Suviala esa harflar orasidagi masofa izchil emasligini qayd etdi, bu esa vizual yaxlitlikni buzadi.

Bunday nomuvofiqliklar startaplarning brend shakllantirish jarayoniga xos hodisa bo‘lishi mumkin. Mustaqil kreativ direktor Ross Klugstonning fikricha, AQShdagi ko‘plab startaplar dastlab brendingga katta mablag‘ ajratmaydi, chunki:

“Kompaniya yetuklik bosqichiga yetib, investorlar oldida jiddiy biznes sifatida ko‘rinish berishga ehtiyoj sezmaguncha, brend identifikatsiyasiga katta e’tibor qaratish zaruriy emas. Hayvon obrazlari esa ko‘pincha Twitter, Mailchimp, Tripadvisor va Evernote kabi quvnoq va ijtimoiy texnologik platformalar uchun ishlatiladi.”

Shu bois, DeepSeek bu yondashuvni ongli ravishda tanlagan bo‘lishi mumkin, chunki bunday dizayn kompaniyaning yumshoq, qulay va xavfsiz imidjini shakllantirishga yordam beradi.

Shunga qaramay, DeepSeek’ning kutilmagan brending yondashuvi sun’iy intellekt kompaniyasi sifatida raqobatchilarga moslashish o‘rniga, ulardan ajralib turishni maqsad qilgan degan fikrni shakllantiradi.

“Brend tasavvur va noma’lum olamni aks ettiradi – bu juda qiziqarli. Hamma narsani qamrab oluvchi va nazorat qiluvchi brendlardan ko‘ra, qiziquvchanlik hissini uyg‘otuvchi brend yoqimliroqdir,” deydi Grasser.

Noodatiy dizayn uzoq muddatli bo‘lishi mumkinmi?

So‘nggi yillarda yetakchi sun’iy intellekt kompaniyalari o‘z brend identifikatsiyasida aniq grafik elementlarga asoslangan dizayn uslublaridan foydalanmoqda.

· Minimalistik, logotiplar – Replika, Jasper AI, Enzyme

· Abstrakt, girdob shaklidagi olti burchakli dizayn – OpenAI, DeepMind, Stability AI

· Ikkinchi darajali “yulduzcha” belgisi – OpenAI, Google, Adobe, Grammarly.

Sun’iy intellekt rivojlangan sari, katta texnologik kompaniyalar o‘z brendlarini ajratib ko‘rsatishdan ko‘ra, AI sohasida yetakchi ekanligini bildiruvchi umumiy identifikatsiya uslublariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Ushbu grafik elementlar iste’molchilar ongida chuqur o‘rnashgani sababli, yangi AI kompaniyalari ko‘pincha tayyor vizual assotsiatsiyalarni ishlatib, mavjud tendensiyalarga moslashishga harakat qilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, DeepSeek’ning yangicha brending yondashuvi katta tavakkal hisoblanadi. Biroq, kompaniya o‘z tajribasi va kommunikatsiya uslubini qay tarzda yo‘lga qo‘yishi uning uzoq muddatli muvaffaqiyatini belgilovchi omillardan biri bo‘ladi. Teemu Suviala bu borada shunday deydi:

“DeepSeek’ning bu yondashuvi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi kompaniyaning kelgusi oylar ichida o‘zini qanday tutishiga bog‘liq.»

Ross Klugston esa DeepSeek’ning brend strategiyasini quyidagicha baholaydi:

“Men shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, DeepSeek har qanday holatda ham Silikon vodiysi, Wall Street va hukumat regulyatorlari uchun tashvish uyg‘otuvchi omil bo‘la oladi. Shu bois, kompaniyaning logotipini kichik, yoqimli kit sifatida yaratish strategik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lgan.”

Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova

Previous Post

AI eng yaxshilar va boshqalarni ajratadimi?

Next Post

Canva: Dizayn olamini barcha uchun ochgan startap

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nothing $200 mln Series C investitsiyasini oldi, AI-first qurilma taqdimotiga tayyorlanmoqda

Nothing $200 mln Series C investitsiyasini oldi, AI-first qurilma taqdimotiga tayyorlanmoqda

Sentabr 16, 2025
Tarmoqni modernizatsiya qilish: aqlli hisoblagichlar, mikro-tarmoqlar va energiya saqlash texnologiyalari

Tarmoqni modernizatsiya qilish: aqlli hisoblagichlar, mikro-tarmoqlar va energiya saqlash texnologiyalari

Sentabr 6, 2025

Builder.ai: Sun’iy intellekt yulduzining qulash tarixi

Iyul 27, 2025
Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Iyun 20, 2025
Next Post
Canva: Dizayn olamini barcha uchun ochgan startap

Canva: Dizayn olamini barcha uchun ochgan startap

O‘zbekistonda raqamli moliya kelajagi: imkoniyatlar va rivojlanish strategiyalari

O‘zbekistonda raqamli moliya kelajagi: imkoniyatlar va rivojlanish strategiyalari

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?