Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda

by Pivot
Oktabr 6, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidan Toshkent viloyatidagi Halqa podstansiyasigacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda. Uzunligi 350 kilometr bo‘lgan liniya Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududidan o‘tadi.

Loyiha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihasining bir qismi hisoblanadi. Uning doirasida 1 000 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va 1 336 MVt·soat sig‘imli energiya saqlash tizimi ham barpo etilmoqda.

Yangi elektr uzatish infratuzilmasi aynan shu generatsiya quvvatlarini yagona elektr tarmog‘iga ulash uchun kerak bo‘ladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, liniya markaziy hududlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududlariga uzatish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

500 kV liniyadan tashqari, loyiha doirasida yana 150 kilometr uzunlikdagi 220 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda. Uning qurilishi hozirda 50 foizga yakunlangan va 2027-yil may oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Shunday qilib, loyiha doirasida jami 500 kilometr yangi elektr uzatish liniyasi barpo etiladi. 350 kilometrlik 500 kV Nurobod–Toshkent Halqa liniyasini esa 2028-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Hozirda 500 kV liniya uchun tayanch ustunlarning poydevorlari o‘rnatilgan va ustunlarni yig‘ish ishlari boshlangan.

Loyihaning yana bir jihati — 500 kV ikki zanjirli liniya uchun yangi konstruksiyadagi tayanchlardan foydalanilayotgani. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bunday konstruksiya Markaziy Osiyoda ilk bor qo‘llanmoqda. Texnik yechimlar Hindistonning Larsen & Toubro kompaniyasi tomonidan sinovdan o‘tkazilgan.

Nurobodda qurilayotgan quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimi yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini mamlakat energetika tizimiga qo‘shadi. Biroq yangi generatsiya quvvatlarining samarasi ularni iste’mol markazlari bilan bog‘laydigan tarmoq imkoniyatlariga ham bog‘liq.

350 kilometrlik 500 kV liniya shu vazifani bajaradi: Nuroboddagi yangi quvvatlardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini mamlakatning yirik iste’mol hududlariga uzatish imkoniyatini oshiradi.

Natijada loyiha faqat yangi quyosh elektr stansiyasini tarmoqqa ulash bilan cheklanmaydi. Yangi uzatish infratuzilmasi markaziy hududlardagi generatsiyani Toshkent va Farg‘ona vodiysi tomon yetkazish imkoniyatlarini kengaytirib, ushbu hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Previous Post

2026-yilning 3-choragida global venchur investitsiyalari $159 mlrdga yetdi

Next Post

Honda elektromobillarni harakat vaqtida simsiz quvvatlash texnologiyasini ishlab chiqdi

Pivot

Related Posts

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?