Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Startaplarning qisqa davrdagi “uzoq” tarixi

by Gulnoza Sobirova
Fevral 17, 2025
in Startaplar
Reading Time: 6 mins read
A A
Startaplarning qisqa davrdagi “uzoq” tarixi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Startap atamasi 1970-yillarning oxirigacha hech qaysi manbada ko‘rinish bermagan bo‘lsa-da, g‘oyasi ancha oldindan mavjud bo‘lgan.

Ilk startaplarga eng mashhur misollaridan biri Benjamin Franklinning bosmaxonasidir. Franklin kitob, risola va gazetalarni chop etish orqali foyda olish mumkinligini anglagan ilk tadbirkorlardan edi.

Sanoat inqilobi esa startaplarning turli shakllarini yuzaga chiqardi. Yangi texnologiyalar bilan zavod va fabrikalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Yillar o‘tib bu korxonalarning ko‘pchiligi yirik korporatsiyalarga aylandi.

Vaqt o‘tishi bilan startap tushunchasi sezilarli darajada o‘zgardi, ammo uning asosiy tamoyillari: imkoniyatni aniqlash, tavakkal qilish va yangi narsani yaratish uchun resurslarni sarflash o‘zgarishsiz qoldi. Bugungi kunda startaplar asosan innovatsion mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi bizneslar bilan bog‘liq.

Startap madaniyatining yuksalishi

XX asrda ham biznesning hukmron shakli an’anaviy korporativ tuzilma edi. Bu tuzilmada boshqaruv yuqoridan pastga edi. Bu model barqarorlik, prognoz qilish kabi afzalliklarga ega bo‘lsa-da, dinamika va innovatsiyadan mahrum edi.

1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida vaziyat o‘zgara, yangi qadriyat va g‘oyalarga ega bo‘lgan tadbirkorlar avlodi paydo bo‘la boshladi. Ular mavjud korporativ tuzilmaga moslashish o‘rniga, unga qarshi chiqdi, tavakkalchilik va o‘zgarishlarni qabul qilib, butunlay yangi narsalarni yaratishga intildi. Bu startap madaniyatining boshlanishi edi.

Biznesni noldan boshlash g‘oyasi ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Bu mavjud korporativ tuzilmalarga kira olmaganlar uchun rivojlanish imkonini berdi. Ayniqsa, Kremniy vodiysida bu holat yaqqol ko‘zga tashlandi, chunki venchur kapitalistlari yangi korxonalarga katta miqdorda sarmoya kirita boshladi. Natijada, biznes yuritishning yangi usuli haqida ko‘proq odamlar xabardor bo‘ldi, startaplar soni tez sur’atlarda o‘sa boshladi.

Startap madaniyatining yuksalishida texnologiyalar ham muhim rol o‘ynadi. Kompyuter va dasturiy ta’minot tadbirkorlarga innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratishni osonlashtirdi. Bu biznesni tez va arzon yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.

Internetning kirib kelishi startaplar uchun butun dunyo bo‘ylab potensial mijozlarga yetib borish imkoniyatini yaratdi. Yosh tadbirkorlarning an’anaviy marketing yoki sotish kanallariga tayanmasdan muvaffaqiyatga erishishi osonlashdi. Startaplar avvalgidan tezroq vaqtda global muvaffaqiyatga erisha boshladi.

Bugungi kunda startaplar global hodisaga aylangan, har yili butun dunyoda millionlab startaplar ishga tushadi. Ular iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib, odamlar uchun ish o‘rinlari va boylik yaratmoqda. Ehtimol, startaplar bilan biz kelgusida yanada ko‘proq innovatsiya va o‘zgarishlarni ko‘ramiz.

Dotkom bumi va inqirozi

Dotkom bumi va inqirozi 1990-yillarning o‘rtalaridan 2000-yillarning boshlarigacha bo‘lgan davr bo‘lib, bu vaqtda texnologik startaplar venchur kapital qo‘yilmalari va dastlabki ommaviy takliflar (IPO) ning keskin o‘sishini boshdan kechirdi. Bu davrda son-sanoqsiz startaplarga asos solindi, ularning ko‘pchiligi tezda mashhurlikka erishdi. Kompaniyalarning tez o‘sishi va to‘satdan qulashi tufayli dotkom pufagi degan tushuncha vujudga keldi.

Dotkom bumiga bir qator omillar, jumladan, jamoatchilikning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishining ortishi, yangi g‘oyalarni moliyalashtirishga tayyor venchur kapitalistlarning paydo bo‘lishi va internetning rivojlanishi turtki bo‘ldi. Sarmoyadorlar kompaniyalar salohiyatini ko‘rib juda qisqa vaqtda katta foyda olish mumkinligiga ishondi. Investorlar kompaniyaning uzoq muddatli istiqboliga e’tibor bermasdan ham pul tikishga tayyor edi.

Ko‘pchilik kompaniyalar ortiqcha baholanib, aksiyalar narxi oshirib yuborildi va sun’iy bozor yuzaga keldi. Bu katta spekulyatsiyaga olib keldi, investorlar tezda daromad olish umidida aksiyalarni sotib oldi. Afsuski, ko‘plar uchun bu spekulyatsiya qisqa muddatli bo‘ldi, pufak oxir-oqibat yorildi.

Dotkom inqirozi 2000-yil boshida Nasdaq kompozit indeksi keskin pasayishni boshlaganida yuz berdi. Inqirozga bir qator omillar, jumladan, texnologik aksiyalarning haddan tashqari baholanishi, yangi ommaviy kompaniyalarning daromadsizligi va investorlar umumiy ishonchining pasayishi sabab bo‘ldi. Bir paytlar milliardlarga baholangan kompaniyalar aksiya narxi keskin tushib ketdi va ko‘pchiligi bir necha oy ichida bankrot bo‘ldi.

Dotkomlar yuksalishi va inqirozi odamlarning texnologik startaplar haqidagi fikrlarini o‘zgartirdi. Garchi bu davrda “Amazon” va “eBay” kabi bir qancha muvaffaqiyatli startaplar bilan birga ogohlantiruvchi misollar ham ko‘p edi. Investorlar endi ehtiyotkorlik bilan yondashib, sarmoya kiritishdan oldin kompaniyaning uzoq muddatli salohiyati borligini ko‘rsatadigan belgilarni kutadi. Tadbirkorlar ham xatolaridan saboq olib, uzoq muddatga mo‘ljallangan barqaror biznesni yaratishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Zamonaviy startap ekotizimi

Zamonaviy startap ekotizimi investor, tadbirkor, mentor, inkubator va akselerator, texnologiya yetkazib beruvchi va boshqalarning murakkab, o‘zaro bog‘liq tarmog‘idir. Bu uzoq vaqt shakllangan dinamik, doimiy o‘zgarib turuvchi muhitdir.

Zamonaviy startap ekotizimining markazida venchur kapitali (VC) turadi. VC firmalari yuqori o‘sish salohiyatiga ega startaplarga dastlabki bosqichda mablag‘ ajratadi. Shuningdek, ular tadbirkorlarga biznes g‘oyalarini rivojlantirishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, murabbiylik qiladi. VC odatda sog‘liqni saqlash yoki dasturiy ta’minot kabi muayyan sanoat yoki texnologiya sohalariga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Bundan tashqari biznes farishtalar zamonaviy startap ekotizimining yana bir muhim tarkibiy qismidir. Ular ham tadbirkorlarni dastlabki bosqichda moliyalashtirib, unga maslahat, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Biznes farishtalar ko‘pincha qiziqarli loyihalarga sarmoya kiritishni istagan badavlat shaxslardir.

So‘nggi yillarda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi bir qator tashkilotlar paydo bo‘ldi. Inkubatorlar umumiy ish maydoni va murabbiylardan foydalanish imkoniyatini taqdim etsa, akseleratorlar startaplarni dastlabki bosqichda moliyalashtirib, resurslar bilan ta’minlaydi. Bu tashkilotlar tadbirkorlarga potensial investor, hamkor va mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Zamonaviy startap ekotizimini shakllantirishda texnologiyalar ham muhim rol o‘ynagan. Amazon Web Services (AWS) kabi kompaniyalar bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etadi, bu esa startaplar uchun infratuzilmaga katta sarmoya kiritmasdan o‘z faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Facebook, X kabi ijtimoiy tarmoqlar startaplarga potensial mijozlar bilan bog‘lanish va mahsulot yoki xizmatlarni tez va arzon targ‘ibot qilish imkonini beradi.

Startap olamidagi muvaffaqiyatsizliklar

Dastlab startaplarga xavfli sarmoya sifatida qaralgan. Ularning ko‘pchiligi mablag‘ yetishmasligi yoki bozorni yaxshi tushunmasligi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq, bugungi kunda startaplar keng tarqalgan va o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun ishonchli imkoniyat sifatida qaralmoqda.

Startaplar uchun eng katta qiyinchiliklardan biri to‘g‘ri mablag‘ topishdir. Investorlarni jalb qilish uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, bunga kafolat yo‘q. Bundan tashqari, ko‘plab startaplar aniq biznes modeli yoki mahsulot strategiyasiga ega bo‘lmagani uchun barbod bo‘ladi.

Yana bir muammo: o‘z faoliyatini kengaytirish masalasi. Biznes muvaffaqiyatga erisha boshlaganida, talabni qondirish va o‘sishni boshqarish murakkablashishi mumkin. Ish to‘g‘ri boshqarilmasa, pul oqimi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.

Eng keng tarqalgan muammolardan yana biri jamoa munosabatlarini boshqarishdir. Odatda kompaniya ish boshlaganida umumiy maqsadga ega bo‘lgan bir necha kishi ishtirok etadi. Ammo biznes o‘sib borgan sari, jamoadagi barcha a’zolarning bir xil darajada g‘ayrat va majburiyatni saqlab qolishi qiyinlashadi. Bu kelishmovchiliklar va hatto xodimlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Startaplar kelajagi

Startaplar kelajagi tadbirkor va investorlar uchun juda qiziq mavzu. Texnologiyalarning rivojlanishi bilan biznes yuritish usuli, odamlarning o‘zaro munosabatlarida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Startaplar bu inqilobning eng oldingi saflarida va ular biznes kelajagini harakatlantiruvchi kuch sifatida qolishi tabiiy hol.

Startap kompaniyalari so‘nggi o‘n yillikda misli ko‘rilmagan darajada o‘sish va muvaffaqiyatga erishdi. Biz “Uber”, “Airbnb” va “Slack” kabi kompaniyalar o‘z sohasida inqilob qildi, “Dropbox” va “Pinterest” singari kompaniyalarning esa yanada kengaydi. Ushbu biznes yuritish uslubini o‘zgartirayotgan yangi avlod tadbirkorlarining ta’siri kelgusi yillarda ham sezilarli bo‘ladi.

Texnologiyalar rivojlanishda davom etar ekan avtomatlashtirish va sun’iy intellekt o‘sishini ham ko‘ramiz. Bu startaplarni yanada samarali ishlashi, xarajatlarni kamaytirishi va raqobatbardosh bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Nihoyat, ijtimoiy foyda keltirish maqsadidagi startaplar soni oshishini ko‘ramiz. Insoniyat o‘zining atrof-muhitga ta’sirini chuqurroq anglayotgani sababli ijtimoiy tadbirkorlik tobora ommalashmoqda. “Beyond Meat” va “Impossible Foods” kabi startaplar barqaror yechimlarni yaratish ustida faol ishlamoqda.

Startap uchun eng muhimi – raqobatchilardan ajralib turish, ommadan farq qilish. Agar buni uddalay olsangiz, biznesda barcha imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Startaplar tez sur’atlarda rivojlanmoqda, tadbirkorlar g‘oyalarini amalga oshirish uchun har qachongidan ham ko‘proq imkoniyatlarga ega. Ushbu qiziqarli soha haqida ko‘proq bilishni istaganlar Erik Risning “The Lean Startup” va Stiv Blankning “The Startup Owner’s Manual” kabi klassik kitoblarni o‘qishni boshlashi mumkin.

Yangilik izlayotganlar uchun Kleyton Kristensenning “The Innovator’s Dilemma” va Piter Tilning “Zero to One” kabi kitoblari ajoyib tanlov bo‘ladi. Bundan tashqari muvaffaqiyatli tadbirkorlarning bloglari yoki Entrepreneur yoki TechCrunch kabi veb-saytlarda biznesni boshlash bo‘yicha maslahatlar beradigan onlayn manbalar mavjud.

Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova

Previous Post

Ilon Maskning xAI loyihasi – OpenAI’ning muqobilimi?

Next Post

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Janubiy Koreya DeepSeek ilovasini vaqtincha blokladi

Janubiy Koreya DeepSeek ilovasini vaqtincha blokladi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Mart 12, 2026
O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

Mart 11, 2026
Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Mart 11, 2026
Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Mart 10, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi
  • O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?
  • Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?