Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Sun’iy intellekt raqibmi yoki yordamchi?

by Gulnoza Sobirova
May 23, 2025
in AI
Reading Time: 3 mins read
A A
Sun’iy intellekt raqibmi yoki yordamchi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

AI va ish kelajagi haqidagi bahslar endi nazariy muhokamalar emas. 2030-yilga tomon ildam qadam tashlar ekanmiz, dunyo bo‘ylab kompaniyalar aniq yo‘nalishlarni tanlamoqda: vazifalarni to‘liq avtomatlashtirish yoki insonning noyob fazilatlarini sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan birlashtirish orqali ish jarayonini qaytadan loyihalash. Bu esa faqat ish o‘rinlarining yo‘qolishi yoki yaratilishi bilan bog‘liq emas – balki ishning mohiyati, uni kim va qanday bajarishi haqida tub o‘zgarishlarni anglatadi.

O‘zgarayotgan muvozanat

Bugun ish joylaridagi vazifalarning qariyb yarmi (47%) hanuzgacha insonlar tomonidan mustaqil bajariladi. Biroq bu raqam tez sur’atda kamaymoqda. 2030-yilga kelib, ish beruvchilar faqat inson ishtirokiga asoslangan vazifalar atigi uchdan bir qismini tashkil etishini kutmoqda. Qolgan barcha ishlar esa to‘liq avtomatlashtiriladi yoki mashinalar bilan hamkorlikda bajariladi.

Bu o‘zgarishni ikki yo‘nalishdagi kuchlar harakatga keltirmoqda: avtomatlashtirish va augmentatsiya (ya’ni mashinalar bilan inson imkoniyatlarini kengaytirish). Ularning farqi kichik tuyulishi mumkin — ammo juda muhim.

Avtomatlashtirish

Avtomatlashtirish inson tomonidan bajariladigan vazifalarni to‘liq texnologiyaga topshirishni anglatadi. Bu – hujjat yuritish, ma’lumotlarni qayta ishlash, logistika, to‘lovlar boshqaruvi kabi vazifalarni mashinalar zimmasiga yuklashdir. Moliya, telekommunikatsiya, energetika kabi sohalarda bu jarayon allaqachon boshlangan va jadallik bilan davom etmoqda.  

Muhimi, avtomatlashtirish barcha ish o‘rinlarini emas, aynan takroriy va mexanik vazifalarni yo‘q qiladi. Bu esa ayni vaqtdagi yangi rollar, yangi ko‘nikmalar va yangi imkoniyatlar uchun yo‘l ochadi.

Augmentatsiya: Inson va AI birgalikda ishlaganida

Bu — kelajak uchun yanada ijobiy ssenariy, va tobora ko‘proq ish beruvchilar aynan shu yo‘nalishga pul tikmoqda. Augmentatsiya— bu AI’dan inson imkoniyatlarini kengaytirish uchun foydalanish, ularni almashtirish emas. Masalan, hamshira bemor ma’lumotlaridagi tendensiyalarni aniqlash uchun AI’dan foydalanadi, o‘qituvchi har bir o‘quvchiga mos ta’lim berish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi, logistika menejeri esa yetkazib berish yo‘nalishlarini inson miyasi hech qachon bajara olmaydigan tezlikda optimallashtiradi.

Sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarda ish beruvchilar augmentatsiyani avtomatlashtirishdan afzal ko‘rmoqda. Sababi, bu ish o‘rinlarini saqlab qolish bilan birga, ularni yaxshilaydi ham. Vazifalar samaraliroq bajariladi, qarorlar asosliroq bo‘ladi va xodimlar mahsuldorroq ishlaydi — ayniqsa ular bu texnologiyalar bilan ishlashga o‘rgatilgan bo‘lsa, ulardan qo‘rqishga emas.

Xo‘sh, kimlar xavfsiz

Kelajakdagi ish bozoridagi haqiqiy farq insonlar va mashinalar o‘rtasida emas — balki AI’dan foydalanishni biladiganlar va bilmaydiganlar o‘rtasida bo‘ladi. AI insonni to‘liq almashtirmaydi. Ammo AI’ni tushunadigan insonlar asta-sekin uni tushunmaydigan insonlarning o‘rnini egallaydi.

Kompaniyalar allaqachon yollash va o‘qitish ustuvorliklarini o‘zgartira boshlagan. Endi ular faqat AI vositalarini yaratadigan texnik mutaxassislarni emas, balki kundalik vazifalarda AI’dan samarali foydalana oladigan xodimlarni ham ishga olishmoqda — bu savdo, kontent yaratish, menejment yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalarida bo‘lishi mumkin.

Bu esa shuni anglatadiki, AI bilan hamkorlik qila oladigan, uning cheklovlarini tushunadigan va undan ijodiy foydalanadigan ishchilar mehnat bozorida jiddiy ustunlikka ega bo‘ladi. Aksincha, mashinalar osonlikcha bajara oladigan ko‘nikmalarga asoslangan ishlar — masalan, ma’lumot kiritish, oddiy hisob-kitoblar yoki odatiy ma’muriy ishlar — yo‘qolish xavfi ostida bo‘ladi.

Insonni almashtirmaydigan, balki uni qo‘llab-quvvatlaydigan AI yaratish

Ko‘pchilik uchun “robot o‘rnini egallashi” qo‘rquvi haqiqat bo‘lib qolayotgan bir paytda, ayrim tadqiqotchilar biz muhim burilish nuqtasida turganimizni ta’kidlashmoqda. Ayniqsa generativ AI kabi ilg‘or tizimlar mutaxassis bo‘lmagan insonlarga ham murakkab vazifalarni aqlli vositalar yordamida bajarish imkonini berib, bilimlarni demokratlashtirishi mumkin. Bu inqilobiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin — faqat texnologiya insonlarni yo‘q qilish emas, balki ularni quvvatlash uchun yaratilgan bo‘lsa.

Agar kompaniyalar qisqa muddatli xarajatlarni qisqartirishni ustuvor deb bilib, AI’ni faqat inson mehnatini almashtirish vositasi sifatida ishlatsa, natijada tengsizlik kuchayadi, ommaviy ishsizlik yuzaga keladi va ijtimoiy norozilik kuchayadi. Ammo e’tibor inson va mashina hamkorligiga qaratilsa, kelajakda ko‘proq insonlar yuqori sifatli vositalardan foydalanish, mazmunli ish topish va umrbod o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

AI energiya dilemmasi: Nega sun’iy intellekt kelajagi tabiiy gazga tayangan bo‘lishi mumkin

Next Post

“Trusted Verifier” tizimi joriy etildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
“Trusted Verifier” tizimi joriy etildi

“Trusted Verifier” tizimi joriy etildi

Hinge Health IPO’da o‘sdi, lekin qadrsizlandi

Hinge Health IPO’da o‘sdi, lekin qadrsizlandi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?