Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI energiya dilemmasi: Nega sun’iy intellekt kelajagi tabiiy gazga tayangan bo‘lishi mumkin

by Gulnoza Sobirova
May 23, 2025
in AI
Reading Time: 5 mins read
A A
AI energiya dilemmasi: Nega sun’iy intellekt kelajagi tabiiy gazga tayangan bo‘lishi mumkin
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Luiziana shtatining sanoat tomonidan ilgari e’tiborga olinmagan Richland Parish hududi yaqinda sun’iy intellekt inqilobining markaziga aylanishi mumkin. Franklin Farm dagi 1 200 akr maydonda Meta dunyodagi eng yirik ma’lumotlar markazini barpo etmoqda.  2028-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan bu markaz faqat hisoblash kuchi uchun ikki gigavatt elektr energiyasi ni talab qiladi.

Meta 1,5 gigavatt quyosh energiyasi loyihalariga sarmoya kiritishini bildirgan bo‘lsada, tezkor elektr ta’minoti qazilma yoqilg‘ilariga tayangan: Entergy kompaniyasi $3,2 milliardlik loyiha orqali uchta yirik tabiiy gaz elektr stansiyasi va modernizatsiyalangan tarmoqni taklif qilmoqda. Bu tanlov ekologik guruhlar va AQSh qonunchilari tomonidan tanqidga uchramoqda.  

Bu holat muammoni kengroq ochib bermoqda: AQSh AI infratuzilmasi kengaygani sayin, elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin oshmoqda. Ko‘plab shtatlar bu ehtiyojni qondirish uchun tabiiy gaz ni eng ishonchli manba deb bilmoqda. Hozirda AQSh elektr energiyasining 40%, Luizianada esa 72%i aynan gazdan olinadi.

Vaqtinchalik yechim tayanchga aylangani

Tabiiy gaz avval “toza energiyaga o‘tishdagi ko‘prik” sifatida e’tirof etilgan — mamlakat ko‘mirdan voz kechayotgan davrda vaqtinchalik yechim deb qaralgan edi. Va bu ma’noda u samara berdi: so‘nggi yigirma yilda AQSh energetika sektori chiqindilarni sezilarli darajada kamaytirdi, bu asosan ko‘mirdan tabiiy gazga o‘tish hisobiga yuz berdi.

Biroq hozirda bu manzara murakkab tus olmoqda. Tabiiy gaz hali ham katta miqdorda karbonat angidrid chiqaradi. Bundan tashqari, gazni qazib olish va tashish jarayonida yuzaga keladigan metan sizib chiqishlari ham jiddiy muammo — chunki metan CO₂dan ancha kuchli issiqxona gazi hisoblanadi. Bugungi kunda energetika kompaniyalari Virjiniya, Jorjiya va Karolina kabi janubiy shtatlarda 20 gigavattdan ortiq yangi tabiiy gaz stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda, bu esa “ko‘prik” yoqilg‘i AQShni yana o‘nlab yillar davomida karbon chiqindilariga bog‘lab qo‘yishi mumkinligini anglatadi.

Bu qaytishning asosiy sabablaridan biri — AI ma’lumotlar markazlari. Ba’zi shtatlarda elektr energiyasiga bo‘lgan kelajakdagi talab o‘sishining 85% gacha qismini aynan shu markazlar tashkil qilmoqda. Ular 24/7 rejimda ishlaydi, ulkan hisoblash va sovitish kuchiga ega bo‘lishi kerak. Energetika kompaniyalari esa qayta tiklanuvchi energiya va batareya saqlash texnologiyalari hali bu ehtiyojni ishonchli va arzon tarzda qondira olmaydi, deb hisoblamoqda.

Kelajak qazilma yoqilg‘ilarga mahkummi?

Meta’ning Luizianadagi elektr ta’minotchisi Entergy yangi tabiiy gaz stansiyalari barqaror energiyani tezkor yetkazib berishning yagona real yo‘li ekanini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, atom energetikasi juda sekin va qimmat, quyosh energiyasi esa batareyalar bilan birga texnik jihatdan mumkin bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan juda qimmatga tushadi. Shu sababli qurilishi rejalashtirilgan uchta gaz stansiyasi 30 yil ishlashi kutilmoqda, bu esa Luizianani 2050-yillargacha qazilma yoqilg‘ilarga bog‘liq holatda saqlab qoladi.

AQSh senatori Sheldon Whitehouse yaqinda ochiq maktub orqali Meta rejalarini tanqid qilib, kompaniyaning noaniq kompensatsiya choralarini – karbon tutish texnologiyasi va quyosh loyihalariga sarmoyalarni – yetarli emas deb atadi. Ekologik guruhlar esa Entergy toza energiya variantlarini yetarlicha tahlil qilmagani, balki faqat Meta’ning prognozlariga tayanib, 24 soatlik talabni o‘zgarmas va muhokama qilib bo‘lmaydigan shart sifatida qabul qilganini da’vo qilmoqda.

Asosiy xavotir shundaki, bu stansiyalar nafaqat chiqindilarni tezlashtirishi, balki mahalliy aholiga yuqori elektr to‘lovlarini yuklashi mumkin — ayniqsa AI’ga bo‘lgan talab prognoz qilingan darajada oshmasa. Meta Entergy bilan 15 yillik elektr xaridi bo‘yicha shartnoma imzolagan, ammo bu muddat tugaganidan keyin nima bo‘lishi, va ishlatilmay qolgan quvvat uchun kim to‘laydi – hali ochiq savol bo‘lib qolmoqda.

Moslashuvchanlik uchun dalil

AI hozirda yuqori energiya sarfi bilan sinonimga aylangan bo‘lsa-da, mutaxassislar bu majburiy holat emasligini ta’kidlashmoqda. Ayniqsa yirik model o‘rgatish uchun mo‘ljallangan ma’lumot markazlari kutilganidan ham moslashuvchanroq bo‘lishi mumkin. Agar energiya sarfi pik soatlarda strategik ravishda kamaytirilsa yoki hisoblash ishlarini geografik jihatdan boshqa hududlarga ko‘chirish imkoni yaratilsa, AI kompaniyalari elektr tarmog‘idagi yuklamani yengillashtirishga yordam bera oladi.

Duke universiteti tadqiqotiga ko‘ra, agar ma’lumot markazlari yuqori yuklama davrlarida faqat yarmigacha energiya iste’molini kamaytirsa, AQSh elektr tarmog‘i qo‘shimcha 76 gigavatt talabni yangi zavodlar qurmasdan ko‘tara oladi. Bu ko‘rsatkich 2029-yilgacha kutilayotgan AI bo‘yicha o‘sish uchun yetarli bo‘lar edi.

Ayni paytda ushbu yechimlarni sinab ko‘rish bo‘yicha loyihalar boshlangan. Electric Power Research Institute (EPRI), Meta, Google va elektr tarmoqlarini boshqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda real vaqt rejimida talabni o‘zgartirish mexanizmini sinovdan o‘tkazmoqda. Biroq bu tizim ishlashi uchun energetika kompaniyalari va ma’lumot markazlari muvofiqlashtirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak, aks holda bu ish uzilishlarga olib kelishi mumkin.

AI va energiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tartibga solish

AI bilan bog‘liq energiya masalalarini nazorat qilish ko‘p hollarda federal darajadagi emas, balki shtat miqyosidagi komissiyalarga yuklatilgan. Luizianada bu mas’uliyat Public Service Commission (Jamoaviy Xizmatlar Komissiyasi) zimmasida — u hozirda Entergy’ning gaz stansiyalari bo‘yicha taklifini tasdiqlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak. Alliance for Affordable Energy kabi ekologik tashkilotlar ushbu qaror jarayonida regulyatorlar aniqroq ma’lumot va oshkoralikni talab qilishi lozimligini ta’kidlashmoqda, ayniqsa gap jamoaviy infratuzilma haqida ketayotgan bo‘lsa.

Shuningdek, yangi energetik infratuzilma xarajatlarini kim to‘lashi bo‘yicha ham ortib borayotgan xavotir mavjud. Meta o‘z hissasini qoplashini da’vo qilsa-da, tanqidchilar shartnomalar bajarilmasa yoki foydalanish prognoz darajaga yetmasa, yuklama oddiy aholiga va kichik biznesga tushishi mumkinligidan xavotirda.

Garvard yuridik maktabining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, elektr kompaniyalari texnologik gigantlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni ko‘pincha yashiradi, bu esa jamoatchilik uchun uzoq muddatli moliyaviy xavflarni baholashni deyarli imkonsiz qiladi.

AI, energiya va mas’uliyat

Bugungi kunda texnologik kompaniyalar nafaqat energetika tizimining yirik iste’molchisi balki, uning shakllanishida muhim rol o‘ynovchi kuchga aylanmoqda. Ular toza energiyaga o‘tishni tezlashtirishi yoki qazilma yoqilg‘ilariga bog‘liq kelajakni davom ettirishi mumkin.

Meta ma’lumotlar markazi Richland Parishga ish o‘rinlari iqtisodiy o‘sish olib kelishi mumkin. Ammo bu markazdan qoladigan energetik meros – ekologik jihatdan barqarormo yoki chiqindilarga boy tizimmi – bu bugun qabul qilinayotgan qarorlarga bog‘liq.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

LM Arena $100M sarmoya oldi

Next Post

Sun’iy intellekt raqibmi yoki yordamchi?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Huawei Unveils New AI System: Company Strengthens Competition with Nvidia

Huawei yangi AI tizimini taqdim etdi: kompaniya Nvidia bilan raqobatni kuchaytirmoqda

Sentabr 17, 2026
Google real vaqt rejimida ishlaydigan yangi Gemini modellarini taqdim etdi

Google real vaqt rejimida ishlaydigan yangi Gemini modellarini taqdim etdi

Sentabr 16, 2026
Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Sentabr 9, 2026
Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Avgust 20, 2026
Next Post
Sun’iy intellekt raqibmi yoki yordamchi?

Sun’iy intellekt raqibmi yoki yordamchi?

“Trusted Verifier” tizimi joriy etildi

“Trusted Verifier” tizimi joriy etildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?