Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Toshkentda Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik AI dasturi — AI Leaders 2026 yakunlandi

by Pivot
Iyun 18, 2026
in Voqealar
Reading Time: 2 mins read
A A
Toshkentda Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik AI dasturi — AI Leaders 2026 yakunlandi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

12-iyun kuni Toshkentda Stanford University Human-Centered Artificial Intelligence (HAI), OpenAI Academy va Silkroad Innovation Hub tomonidan tashkil etilgan AI Leaders 2026 dasturining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastur Markaziy Yevroosiyoda rahbarlar va mutaxassislar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha eng yirik ta’lim tashabbuslaridan biri hisoblanadi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida amalga oshirildi.

AI Leaders 2026 dasturi to‘qqiz mamlakat — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkiya, Qatar, BAA va Mo‘g‘ulistondan 800 dan ortiq rahbar va mutaxassisni birlashtirdi. Dasturda 150 dan ziyod tashkilot vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistondan esa 25 dan ortiq yetakchi tashkilotning 120 dan ziyod rahbarlari va qaror qabul qiluvchi mutaxassislari qatnashdi. Ular orasida davlat tashkilotlari, moliyaviy institutlar, texnologik kompaniyalar, ta’lim muassasalari hamda yirik korxonalar vakillari bor.

Bitiruv marosimida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov, Silkroad Innovation Hub asoschisi va bosh direktori Aset Abdualiyev hamda Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakili Mirzo G‘ulomov so‘zga chiqib, sun’iy intellektni iqtisodiyot va boshqaruv tizimlariga joriy etish uchun yangi avlod liderlarini tayyorlash muhimligini ta’kidladilar.

Dastur O‘zbekiston Prezidentining sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik vazifalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Xususan, malakali kadrlar tayyorlash, rahbarlarning AI bo‘yicha kompetensiyalarini oshirish va xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kengaytirish asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi.

AI Leaders 2026 dasturining akademik rahbari sun’iy intellekt sohasidagi taniqli mutaxassis, Stanford HAI professori va Google Research sobiq direktori Piter Norvig bo‘ldi. Dasturga, shuningdek, Aleks Pentland, Maykl Bernshteyn, Diya Yang va Maykel Koxenderfer kabi xalqaro ekspertlar ham jalb qilindi.

Sakkiz hafta davom etgan ta’lim jarayonida ishtirokchilar 45 soatdan ortiq o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Dastur Stanford HAI ma’ruzalari, OpenAI Academy amaliy mashg‘ulotlari, sohaviy workshoplar va strategik konsultatsiyalarni o‘z ichiga oldi.

Shuningdek, tashkilotlarda AI yechimlarini joriy etish bo‘yicha 240 dan ortiq strategik sessiyalar va 120 soatdan ziyod individual mentorlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotlarda bank sektori, davlat boshqaruvi va ta’lim tizimi uchun AI agentlarini yaratish va tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Dastur yakunida bitiruvchilar Stanford HAI va OpenAI Academy sertifikatlariga ega bo‘lishdi hamda Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik professional AI hamjamiyatlaridan biri bo‘lgan AI Leaders Community tarkibiga qo‘shildilar.

Mutaxassislarning fikricha, AI Leaders 2026 kabi tashabbuslar Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va tajribani ommalashtirish, shuningdek, davlat va xususiy sektorning AI transformatsiyasini tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Previous Post

2026-yilda O‘zbekiston YaIMi $180 milliard dollarga yetishi kutilmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Next Post

Founder kompaniyani boshqaradimi yoki kompaniya founderni?

Pivot

Related Posts

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Oktabr 8, 2026
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Sentabr 22, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Next Post
Founder kompaniyani boshqaradimi yoki kompaniya founderni?

Founder kompaniyani boshqaradimi yoki kompaniya founderni?

AI gigantlari qanday startaplarni sotib olyapti?

AI gigantlari qanday startaplarni sotib olyapti?

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?