FinTech Global ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 3-choragida Osiyo FinTech sektori 1,6 mlrd dollar jalb qilgan bo‘lsa-da, bitimlar soni va hajmi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan — investitsiya hajmi 19% ga, deal’lar soni esa 11% ga tushgan.
Shunday fon’da O‘zbekiston va Gonkong alohida ajralib chiqdi: har ikkala mamlakat kompaniyalari chorakdagi eng yirik TOP-10 FinTech bitimlaridan uchtadanini o‘zlariga to‘g‘ri keltirdi. Bu avval Hindiston va Singapur yetakchilik qilgan manzaradan sezilarli siljish bo‘lib, mintaqadagi markazlashuv endi kengroq taqsimlanayotganini ko‘rsatadi.
Ushbu ro‘yxatda Uzum — O‘zbekistonning mahalliy FinTech va e-commerce unicorni — 65,5 mln dollarlik equity raundi bilan Osiyodagi eng yirik bitimlardan birini yopdi. Raund Tencent va VR Capital hamraisboshiligida, FinSight Ventures ishtirokida amalga oshirildi.
Uzum 2022-yilda oddiy marketplace sifatida boshlangan bo‘lsa, bugun raqamli ekotizimga aylangan: savdo, to‘lovlar, bank xizmatlari va moliyaviy mahsulotlar bitta platformaga yig‘ilgan. Uning FinTech bo‘limi — Uzum Bank — 2025-yilning o‘ziyoq 2 mln dan ortiq Visa debit kartalarni (pre-approved kredit limiti bilan) chiqarib, faqat 1-chorakda 200 mln dollardan ziyod garovsiz kredit bergan.
Platformada hozirda 17 mln dan ortiq oylik aktiv foydalanuvchi va 16 mingdan ziyod merchant bor. Uzum yaqin yillarda depozit mahsulotlari, uzoq muddatli kreditlar va kichik bizneslar uchun QR-to‘lovlarni ishga tushirishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, kompaniya kredit skoring, fraud’ni aniqlash va mijozlar bilan ishlashda AI texnologiyalarini faol qo‘llamoqda — bu esa moliyaviy inklyuziyani chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
Bu raund nafaqat Uzum’ning, balki butun O‘zbekiston FinTech ekotizimining “klassik frontier market”dan mintaqaviy hub sari o‘tayotganini ko‘rsatadi. Osiyo bo‘yicha umumiy investitsiya pasayayotgan bir vaqtda, O‘zbekistonning TOP-10 bitimlar ichida bir necha marta tilga olinishi — mamlakat raqamli moliya infratuzilmasiga bo‘lgan ishonch ortayotganidan darak. Uzum’ning 1,5 mlrd dollarlik baholanish bilan “East–West bridge” sifatida tilga olinishi ham bejiz emas: bu loyiha mintaqadagi boshqa startaplar uchun ham benchmark bo‘lib xizmat qiladi.

















