Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Uzum va Yandex Market: O‘zbekistonda onlayn savdo bozori raqobati tahlili

by Gulnoza Sobirova
Iyun 12, 2025
in Startaplar
Reading Time: 5 mins read
A A
Reklama bilan raqobat qilish – qonun doirasidami? 
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda onlayn savdo bozori sezilarli darajada rivojlandi. Har kuni minglab odamlar oziq-ovqatdan tortib maishiy texnikagacha bo‘lgan mahsulotlarni marketpleyslar orqali xarid qilishmoqda. Bu jarayonda Uzum mahalliy yetakchiga aylansa, Yandex Market esa xalqaro o‘yinchi sifatida e’tiborni tortmoqda. Ikkalasi ham foydalanuvchilarni jalb qilishda o‘z strategiyalariga ega. Ular o‘rtasidagi asosiy farqlar, ustunliklar va imkoniyatlar qanday?

Mahalliy va xalqaro model: kim qanday ishlaydi?

Uzum — O‘zbekistonda shakllangan va o‘zining raqamli ekotizimini qurayotgan mahalliy kompaniya. Uning tarkibiga Uzum Market, Uzum Bank va Uzum Logistics kiradi. Ya’ni, Uzum nafaqat mahsulot sotadi, balki to‘lov, yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni ham o‘zi bajarayotgan yagona platformaga aylanishni maqsad qilgan.

Yandex Market esa Rossiyada shakllangan yirik ekotizim — Yandex Go, Yandex Pay, Yandex Plus kabi xizmatlar bilan integratsiyalashgan. Ular mahsulotlarni asosan Rossiyadan jo‘natadi, ammo endilikda O‘zbekistonga ham faol xizmat ko‘rsatishni boshlagan.

Mahsulot turlari va narxlar: tanlovda qayerda ko’proq?

Uzumda asosiy e’tibor O‘zbekistonda mavjud yoki tez yetkazib beriladigan mahsulotlarga qaratilgan. Ko‘p hollarda foydalanuvchi o‘zi istagan telefon, maishiy texnika, kiyim-kechak yoki hatto oziq-ovqatni 1–2 kun ichida olishi mumkin. Shu bois Uzum foydalanuvchilarning kundalik ehtiyojiga javob bera olmoqda.

Yandex Market esa Rossiyadagi ulkan omborlari va hamkorlari orqali minglab mahsulotni taklif qilsa-da, yetkazib berish muddati uzoqroq (5–15 kun). Shunga qaramasdan, platformada O‘zbekistonda topilmaydigan, noyob yoki sifatli tovarlar mavjud. Importga bog‘liqlik sababli narxlar ba’zida yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Logistika: tezlik kim tomonda?

Uzum o‘zining Uzum Logistics tarmog‘i orqali Toshkent shahrida 24 soat ichida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda bu xizmat yirik shaharlarda kengayib bormoqda. Shuningdek, Uzum Express orqali ayrim tovarlar bir necha soat ichida yetkaziladi.

Yandex Marketning asosiy logistikasi Rossiyaga tayanadi. O‘zbekiston bo‘yicha hali to‘liq tarqalgan yetkazib berish tizimi mavjud emas. Bu holat xarid qilingan mahsulotni uzoq vaqt kutishga olib kelishi mumkin.

Uzum Bank yordamida platformada xarid qilish jarayoni soddalashtirilgan: UzCard, Humo, muddatli to‘lov, cashback va maxsus aksiya tizimlari mavjud. Mahalliy foydalanuvchilar uchun bu sezilarli afzallik.

Yandex Market esa hozircha faqat xalqaro to‘lov kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yandex Pay O‘zbekistonda rasmiy faoliyat yuritmagani uchun bu jihatdagi qulaylik darajasi pastroq.

Foydalanuvchilarning sharhlari

Uzum foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lsa-da, ayrim hollarda mahsulotlar haqidagi baholarning sun’iyligi yoki sotuvchilarning sifatli xizmat ko‘rsatmasligi borasida shikoyatlar mavjud. Bunday holat foydalanuvchining ishonchiga ta’sir qilishi mumkin.

Yandex Market esa sharhlar va reyting tizimini avtomatlashtirilgan va qat’iy qoidalar asosida yuritadi. Biroq bozorga yangi kirib kelgani uchun ko’pchilikka xizmat ko’rsatib ulgurmadi.

Tadbirkorlar bilan ishlash

Uzumda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot joylashtirish va reklama qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Komissiya stavkalari va shartlar aniq belgilangan. Yangi ishlab chiqaruvchilar platformaga tezda kirib, savdoni boshlay olishadi.

Yandex Market hozircha O‘zbekistonlik sotuvchilarni to‘liq qamrab olmagan. Ya’ni, bu bozor hali mahalliy tadbirkorlar uchun yopiq yoki murakkab ko‘rinishda qolmoqda.

Xulosa: foydalanuvchi va bozor kim tomonida?

Uzum — tez yetkazib berish, mahalliy infratuzilma va soddalik orqali O‘zbekiston ichida ishonchli va qulay platforma bo‘lib turibdi. U oddiy foydalanuvchilar va kichik biznes uchun qulayroq.

Yandex Market — mahsulot xilma-xilligi va sifatli ekotizimi bilan ajralib turadi, ammo logistika va to‘lov qulayligi bo‘yicha hali cheklovlarga ega.

Shu sababli ikkala marketpleys o’rtasida raqobat kundan kunga kuchayib bormoqda, hatto buni reklamalarda ham ko’rish mumkin. Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi “Uzum Market” murojaati asosida “YandexGo UB” MChJga nisbatan insofsiz raqobat alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan. Uzum Yandex Market’ni foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi reklama faoliyatida aybladi.

Bunday paytda, foydalanuvchilar uchun qulaylik va sifatga asosiy urg’u qaratilishi kerak. Bozorning sog‘lom raqobat orqali rivojlanishi esa O‘zbekiston elektron tijoratining barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.

Tayyorladi: Mahliyo Hamid

Previous Post

Kvant ilhomidagi texnologiya AI xarajatlarini 80% gacha kamaytiradi

Next Post

O‘zbekiston: Markaziy Osiyoning tez o’sayotgan startap ekotizimi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Partners Pay Qozog‘istonda $300 ming dollar investitsiya jalb qildi

Partners Pay Qozog‘istonda $300 ming dollar investitsiya jalb qildi

Noyabr 22, 2025
Nvidia Q3 natijalari: AI bozoridagi shubhalar tarqaldi va yangi ittifoqlar kuchaymoqda

Nvidia Q3 natijalari: AI bozoridagi shubhalar tarqaldi va yangi ittifoqlar kuchaymoqda

Noyabr 20, 2025
Next Post
O‘zbekiston: Markaziy Osiyoning tez o’sayotgan startap ekotizimi

O‘zbekiston: Markaziy Osiyoning tez o'sayotgan startap ekotizimi

Meta AI ilovasi: Maxfiylikdagi global muammo

Meta AI ilovasi: Maxfiylikdagi global muammo

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Yanvar 20, 2026
Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Yanvar 22, 2026
Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi
  • Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi
  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?