Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Yevropaning sun’iy intellekt poygasidagi javobi – Mistral AI

by Gulnoza Sobirova
May 27, 2025
in AI
Reading Time: 5 mins read
A A
Yevropaning sun’iy intellekt poygasidagi javobi – Mistral AI
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

OpenAI, Anthropic va Google DeepMind kabi AQShning yetakchi kompaniyalari global AI sohasida hukmronlik qilayotgan bir davrda, Parijda joylashgan Mistral AI Yevropaning eng jiddiy va istiqbolli javobi sifatida maydonga chiqdi.

2023-yilda tashkil etilgan va hozirda deyarli 6 milliard dollarga baholanayotgan bu kompaniya o‘zini nafaqat kuchli raqib, balki shaffoflik, ochiqlik va Yevropa texnologik suvereniteti tarafdori sifatida  namoyon qilmoqda.

Yevropa texnologiya sahnasida porlayotgan yulduz

Mistral AI’ga DeepMind va Meta AI’ning sobiq tadqiqotchilari — Artur Mensch (CEO), Timothée Lacroix (CTO) va Guillaume Lample (Bosh ilmiy xodim) tomonidan asos solingan. Fransuz texnologik doiralari bilan mustahkam aloqalari sababli, kompaniya ilk oyidayoq rekord darajadagi – 112 million dollarlik sarmoya jalb qildi.

Ular ilg‘or sun’iy intellektni har bir inson uchun ochiq qilishni maqsad qilgan bo‘lib, bu ularning ochiq manba siyosatiga sodiqligini ifodalaydi.

Model va mahsulotlar

Mistral AI hozirgacha bir nechta yuqori samarali sun’iy intellekt modellari va mahsulotlarini ishlab chiqqan. Ularning portfeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Mistral Medium 3 (2025-yil mayda chiqarilgan) – kod yozish va STEM sohalarida samaradorlik uchun optimallashtirilgan model.
  • Mistral Large 2 – kompaniyaning asosiy va eng kuchli yirik til modeli.
  • Pixtral Large – 2024-yilda taqdim etilgan multimodal model.
  • Devstral va Codestral – generativ kod yozuvchi modellar, ularning ichida Devstral to‘liq Apache 2.0 litsenziyasi ostida ochiq manba sifatida chiqarilgan.
  • Les Ministraux – edge qurilmalar (mobil telefonlar, IoT qurilmalar) uchun mo‘ljallangan ixcham modellar oilasi.
  • Mistral Saba – arab tili vazifalariga ixtisoslashgan model.
  • Mistral OCR – PDF fayllarni matnga aylantirish uchun ishlab chiqilgan OCR vositasi, 2025-yil mart oyida ishga tushirilgan.

Le Chat – 2025-yil boshida taqdim etilgan ChatGPT uslubidagi yordamchi. U qisqa vaqt ichida 1million yuklab olishga erishib, Fransiya App Store reytingida yetakchiga aylandi.

Ochiqlikka nisbatan aralash yondashuv

Mistral AI ochiq manba yondashuvini qo‘llab-quvvatlasa-da, eng ilg‘or modellarini tijorat maqsadida yopiq holda taqdim etmoqda. Bu gibrid model – ilmiy hamjamiyat ishonchini yo‘qotmasdan, foyda olish imkonini beradi.

Biznes modeli va daromad olish strategiyasi

Mistral AI o‘z texnologik yutuqlarini daromadga aylantirish uchun gibrid yondashuvni tanlagan. Asosiy yo‘nalishlardan biri — premyer modellariga pullik API orqali kirish taklifi. Bu yondashuv kompaniya va dasturchilarga ilg‘or AI funksiyalarini o‘z tizimlariga foydalanish asosida to‘lov bilan integratsiya qilish imkonini beradi.

Shuningdek, Mistral o‘z modellarini korporativ mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyalaydi, ayniqsa xususiy yoki sozlangan infratuzilma talab qilinadigan keng ko‘lamli loyihalar uchun.

2025-yil fevral oyida Mistral o‘zining iste’molchilar uchun mo‘ljallangan mahsuloti — Le Chat uchun pullik obuna rejimini ishga tushirdi. Oyiga $14.99 turuvchi Pro reja foydalanuvchilarga kuchaytirilgan funksiyalarni taqdim etadi va kompaniyaning nafaqat korporativ, balki ommaviy foydalanuvchilardan ham daromad olish strategiyasini aks ettiradi.

Bundan tashqari, Mistral yirik kompaniyalar va hukumat tashkilotlari bilan hamkorliklar orqali ham daromad topmoqda. Bu hamkorliklar ko‘pincha texnologiyani integratsiya qilish yoki qo‘shma mahsulot ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi va kompaniyaning AI ekotizimidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ko‘plab xizmatlari bepul yoki ochiq manbali bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, Mistral ham iste’molchi, ham korporativ bozorni kengaytirish orqali barqaror tijorat muvaffaqiyatini ko‘zlamoqda.

Bahosi baland bo‘layotgani va atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, Mistral AI hozircha nisbatan kam — sakkiz xonali daromadga ega. Shunga qaramay, kompaniya ko‘lam, tezlik va ochiqlik orqali uzoq muddatli o‘sishga erishishiga ishonmoqda.

Strategik hamkorliklar

Mistral AI texnologik rivojlanish va bozorni kengaytirish yo‘lida bir qator muhim strategik hamkorliklarga erishdi. Ulardan eng e’tiborlisi — 2024-yilda Microsoft tomonidan €15 million sarmoya kiritilishi va Mistral modellarining Azure bulut platformasi orqali tarqatilishi bo‘ldi. Garchi bu bitim hajm jihatdan uncha katta bo‘lmasa-da, u Yevropada katta rezonans uyg‘otdi va AI suvereniteti hamda platformalarga qaramlik masalasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

2025-yil boshida kompaniya Agence France-Presse (AFP) bilan kelishuv imzoladi. Bu orqali Le Chat chatboti 1983-yildan boshlab AFP matn arxiviga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu hamkorlik, ayniqsa fransuzcha so‘zlashuvchilar dunyosida, Mistralning kontent imkoniyatlarini sezilarli darajada kuchaytirdi.

Bundan tashqari, kompaniya IBM, Stellantis, Orange, Fransiya armiyasi va Germaniyaning mudofaa startapi Helsing kabi yirik o‘yinchilar bilan ham hamkorlik qilmoqda. Bu esa Mistralning tijorat va davlat sektorlaridagi ta’sir doirasi tobora kengayayotganini ko‘rsatadi.

Yevropadagi sun’iy intellekt ekotizimidagi mavqeini mustahkamlash maqsadida, Mistral Parij mintaqasida qurilayotgan AI kampusi rivojida ham ishtirok etmoqda. Bu loyihada BAA investitsiya firmasi MGX, NVIDIA va Fransiyaning davlat sarmoya banki Bpifrance ham qatnashmoqda. Bu esa Mistralning mintaqaviy infratuzilma va iste’dodlarni rivojlantirishga uzoq muddatli sadoqatini ifodalaydi.

Moliyalashtirish va investorlar

Atigi ikki yil ichida Mistral AI seed, series A va strategik investitsiya raundlari orqali qariyb $1.04 milliard mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Eng yirik investorlar qatorida Andreessen Horowitz, Lightspeed, General Catalyst, Salesforce, Eric Schmidt va Nvidia bor.

2024-yil iyun oyida kompaniya €600 million (taxminan $650 million) jalb qilib, $6 milliard pre-money baholanishga erishdi. Bu Mistralni Yevropadagi eng yirik AI startaplaridan biriga aylantirdi.

IPO yoki sotuv?

Sotuvga chiqarilish ehtimoli bo‘yicha mish-mishlarga qaramay, CEO Artur Mensch: “Mistral sotilmaydi. Albatta, [IPO] — bizning rejamiz”, deb aniq bayonot bergan.

Fransiyadagi siyosiy ahamiyati va katta miqdordagi sarmoyani hisobga olsak, AQSh kompaniyasi tomonidan sotib olinishi suverenitet bo‘yicha jiddiy qarshiliklarga duch kelishi mumkin.

Ammo asosiy sinov shunda: Mistral o‘z ambitsiyalariga mos tushadigan daromad o‘sishiga erisha oladimi?

Xulosa

Mistral AI — bu shunchaki startap emas. Bu Yevropa texnologik mustaqilligi, ochiqlikka sodiqlik va global raqobatda teng ishtirok etish istagining timsolidir.

U jahon darajasidagi raqibga aylanadimi yoki yana bir umidli, ammo o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara olmagan nom bo‘lib qolish-qolmasligi – yaqin yillarda ma’lum bo‘ladi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Big Tech tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yadro bo‘linishi bo‘yicha startaplar

Next Post

Khosla Ventures: Sun’iy intellekt yordamida yetuk bizneslarni transformatsiya qiladi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
Khosla Ventures: Sun’iy intellekt yordamida yetuk bizneslarni transformatsiya qiladi

Khosla Ventures: Sun’iy intellekt yordamida yetuk bizneslarni transformatsiya qiladi

ChatGPT Plus barcha BAA aholisi uchun bepulmi?

ChatGPT Plus barcha BAA aholisi uchun bepulmi?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?