Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

2025-yil AloqaVentures uchun qanday o’tdi?

by Pivot
Fevral 3, 2026
in Bozor ma'lumotlari va hisobotlari
Reading Time: 2 mins read
A A
2025-yil AloqaVentures uchun qanday o’tdi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Venchur kapitali bozorida kapital allokatsiyasi har doim rasmiy bayonotlardan ko‘ra ko‘proq haqiqatni so‘zlaydi. Pivot va Stanbase hamkorligida tahlil qilingan ma’lumotlar O‘zbekiston texnologik bozorida tub burilish yuz berganini tasdiqlamoqda. Fond o‘tgan uch yil davomida (2022–2025) jami $4,1 million dollar investitsiya kiritgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘zida bu ko‘rsatkich $5,25 million dollarga yetdi. Ushbu keskin o‘sish shunchaki byudjetning kengayishi emas, balki fond mandatining «ekotizimni uyg‘otish»dan «agressiv o‘sishni moliyalashtirish»ga o‘zgarganini anglatadi.

AloqaVentures 2022–2025-yillarda o‘ta ehtiyotkor, «risk averse» (xatardan qochish) siyosatini yuritgan, ya’ni bu davrda fond pulni faqat «oyoqda mustahkam turgan», bozorda o‘zini oqlagan va xatari minimal bo‘lgan, allaqachon yurib turgan startaplarga berishni afzal ko‘rgan. Kichik cheklar — bu ishonchsizlik belgisi emas, balki balki kapitalni asrashga qaratilgan ehtiyotkorlik chorasi edi.

2025-yilga kelib esa o‘yin qoidalari o‘zgardi. Investitsiya cheki diapazoni $10,000 dan $1,000,000 gacha kengaydi. Investitsiya spredining kattalashishi fondning risk darajasi (risk appetite) yuqorilaganini bildiradi. Nomi oshkor etilmagan startapga kiritilgan 1 million dollarlik rekord investitsiya, shuningdek, Smartup ($500k) va Startup Garage ($500k) kabi yirik bitimlar fondning endilikda nafaqat ehtiyotkor yurishlarni, balki katta tavakkalchilik talab qiladigan strategik o‘yinlarni ham boshlaganini ko‘rsatadi.

Fond faoliyatidagi yana bir muhim, ammo ko‘pchilikka noma’lum yangilik — bu daromadlilik ko‘rsatkichidir. AloqaVentures shu qisqa davr ichida portfeldagi 5 ta startapdan «Exit» qilishga (ulushini sotib chiqishga) ulgurgan. Biz bu bitimlarning aniq summasi va «X» multiplikatorlarini oshkor qila olmaymiz, ammo faktning o‘ziyoq bozorga jiddiy signal beradi: fond nafaqat pul kirityapti, balki exitlarni ham boshlagan.

Portfel strukturasidagi yana bir muhim o‘zgarish — bu iste’molchiga yo‘naltirilgan (B2C) ilovalardan murakkab B2B yechimlarga o‘tishdir. 2025-yilgi ro‘yxatda Smartup, Datatruck ($300k), Verifix ($250k)  kabi loyihalarning ustunlik qilishi investorlarning kayfiyati pragmatiklashganini bildiradi. Ular endi foydalanuvchilar bazasining tez o‘sishiga emas, balki barqaror pul oqimi (cash-flow), unit-iqtisodiyot va eksport salohiyatiga e’tibor qaratmoqda.

AloqaVentures 2025-yilda o‘zining investitsion tezligini oshirish orqali bozorga aniq signal yubordi: mahalliy ekotizim «bolalik davri»dan chiqdi. Fond endi shunchaki mahalliy o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlovchi ehtiyotkor o’yinchi emas, balki global ambitsiyaga ega, tavakkal qilishga tayyor  «Smart Money» institutiga aylandi.

Pivot va Stanbase hamkorligida har bir fond portfeli haqida yoritib boramiz

Previous Post

Onlayn savdoning yangi manzili qayerda?

Next Post

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Pivot

Related Posts

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Uch gigant, bitta poyga: Payme, Paynet va Click 2025-yilni qanday yakunladi

Uch gigant, bitta poyga: Payme, Paynet va Click 2025-yilni qanday yakunladi

Iyul 15, 2026

2026-yilda eng ko‘p investitsiya jalb qilayotgan 5 ta startup yo‘nalishi

Iyun 11, 2026
Markaziy Osiyoga milliardlab dollar olib kirishi mumkin bo‘lgan yangi venchur kapital loyihasi

Markaziy Osiyoga milliardlab dollar olib kirishi mumkin bo‘lgan yangi venchur kapital loyihasi

Iyun 5, 2026
Next Post
O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Avgust 10, 2026
NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

Avgust 10, 2026
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi
  • NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi
  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?