Uning biznes g’oyasi ustidan oʻn dollarli matohlar sotiluvchi eski bozor auksioni ustiga qurilgan biznes deb masxara qilganlar eBay kompaniyasining bozor qiymati 31 milliard dollarni tashkil etishini tushida ham ko’rmagan edilar.
Pyer Omidyar, eBay asoschisi, Parijda eronlik oilada tugʻilgan dasturiy ta’minot muhandisi edi. U faoliyatining boshida avval rivojlangan kompaniyalarga onlayn savdoni kengaytirishga koʻmaklashuvchi startapda ishlagan va uning olib borayotgan ishlari oddiy xalq uchun foydali emasligini anglagach o’z aybini qandaydir yuvish yo’lini izlay boshladi. Shu asnoda har kim bepul foydalana olishi mumkin bo’lgan ikkinchi qo’l buyumlarini sotishga mo’ljallangan platformani yaratdi. Ushbu websayt eBay deb nomlanib, bu iste’molchilarning bir- biriga hurmatiga asoslangan va o’zaro baholash imkoniyatlarini beruvchi izoh qoldirish tizimiga ham ega edi.
Tasavvur qiling! Siz o’zingizga keraksiz yoki sotishingiz kerakli buyumni yuklaysiz va sotaverasiz yoki aksincha. Bu internet endi rivojlanayotgan 1995 yillar uchun tamoman yangilik edi. Omidyar jamiyatga insoniy munosabatda bo’lib, platforma foydalanuvchilarini jonsiz foyda uchun guruh emas, aksincha kundalik hayotda duch keladigan yurakli odamlardek ko’rib munosabatda bo’ldi.
U kunduzi odatiy ishiga borib ishlar, kechalarui esa tarmoqni rivojlantirish yangi yangi bo’limlar o’ylab topib insonlar undan oson va unumli foydalanishi uchun yo’riqnomalardan iborat bo’limlar qo’shar edi. Uning aynan shu yondashuvi omadning chuqur ekilgan urug’lari edi.
Osmondan tushgan pullar
Ammo bir yil o’tib 1996-yilning fevralida uning auksionlar saytidagi trafik internet akkauntidagi cheklovdan oʻtib ketadi va yangi obuna uchun pul to’lash zarurati tug’ildi. Omidyar yangilangan obunaga haq toʻlashda yordam soʻrab, jamiyatga murojaat qildi. Avval aytganimizdek platforma mutlaqo tekin ammo platformani saqlab qolish uchun Omidyar shu tarmoqda non topayotgan sotuvchilardan websaytni qo’llash uchun ixtiyoriy kichik summa yordam sifatida so’ragan edi. Omidyarning insonlarga bo’lgan yurakdan munosabati o’z mevasini berib cheklar boshida irmoqday, keyin toshqinday oqib kela boshladi.
Yil yakuniga borib, Omidyarga har oy 400 000 dollardan koʻproq mablagʻ kelib tushayotgandi. Bu esa nolga teng sarmoya bilan amalga oshayotgani hayratlanarli edi.
Omidyorning ishonch, oshkoralik va odamlarni chinakam tushunishga asoslangan qarashlari sevimli mashg‘ulotni misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga aylantirib, ko‘p milliard dollarlik imperiyaga yo‘l ochdi.
Marketingga pul sarflamasdan erishilgan natija
Omidyar kunduzgi ishidan ketishga majbur bo’ldi va o’ziga ikkita yordamchi ham oldi. U vebsaytini ortiqcha narsalardan tozalab, auksion platformasini eBay deb nomladi. Oʻsish har oy 40 foizni tashkil etardi, lekin bundan ham ajoyibi uni nima harakatga keltirayotganida edi.
Marketingga pul sochayotgan Yahoo’ va boshqa yuzlab kompaniyalardan farqli oʻlaroq, eBay marketingga hech qanday xarajat qilmasdi. Aksincha, uning shiddat bilan kengayishi Metkalf qonuniga muvofiq edi: auksion tarmogʻi kengroq yoyilgani sari uning bahosi eksponensial tarzda oʻsardi. Sotuvchilar eBay’ga koʻproq narsa joylashtirgani sari arzon xarid ovchilarini saytga koʻproq jalb qilardi; xaridor qancha koʻpaysa, sotuvchilar soni ham shuncha oshardi. Bundan tashqari, turli firmalar ishlab chiqargan router va kommutatorlar bilan birlashtirilgan telekommunikatsion tarmoqlardan farqli ravishda, eBay oʻz auksionlaridan tushgan daromadni 100 foiz oʻziga olardi.
U tarmoq effektidan foyda qilayotgandi. Boz ustiga, u tarmoqqa egalik qilardi.
Ushbu platformaning sof foydasi shu darajada yuqori ediki u tashqaridan venchur kapitalga ham muhtojlik sezmasdi.
Ammo muammo boshqa joyda edi. Dasturchi bo’lgan Omidyar kundan-kun rivojlanib gigantlashib borayotgan platformani boshqarishda qiyinchilik seza boshladi. Buni ikki yordamchisi bilan vaqtida anglab oʻzining onlayn savdo boʻyicha startapida muvaffaqiyat qozonishiga koʻmaklashgan maslahatchisi Benchmark hamta’sischisi Bryus Danleviga murojaat qildi
Danlevi eBay’ni venchur kapital bilan qo’llab-quvvatlashda katta rol o’ynadi va Benchmark ta’sischilaridan Keygl bilan tanishtirdi.
Keygl hamkasblarining qoʻllovi bilan eBay’ni 20 million dollar atrofida baholab, unga 6,7 million investitsiya kiritishni taklif qildi.
Boylik yoki ishonch?
Agar Omidyarning maqsadi faqat boylik orttirish boʻlganida, balki, Keyglning taklifini rad etgan boʻlardi. Raqobatchi gazetalar tarmogʻi uning ulushini sotib olish uchun 50 million dollar taklif qilgandi. Lekin Omidyarga Danlevi qanchalik yoqqan boʻlsa, Keygl ham shuncha yoqqandi va u oʻzini tushunganday koʻringan venchur investor bilan ketdi. Aslida eBayning daromadi o’ziga yetarli edi Omidyar puldan ko’ra boshqaruvda yordam beradigan hamkor izlagani sabab sarmoya sifatida
olgan pulni zahiraga olib qo’ydi.
Ayol boshqaruvchi!
Keyinchalik eBay boshqaruvini kuchaytirish maqsadida Meg Uitmen bosh direktor sifatida ishga qabul qilindi. Uitmenning chakana savdo bo’yicha tajribasi va eBayning kuchli tarmoq effekti unga startapni global darajadagi yirik kompaniyaga aylantirishga yordam berdi. 1998-yilda eBay ommaviy taklif orqali aksiyalarini birjaga chiqardi, aksiyalari tezda ko‘tarilib, Benchmark va boshqa investorlar uchun katta daromad keltirdi.
Rekord savdo
1998-yilning sentabr oyida eBay birjaga chiqib, aksiyalarini 18 dollardan taklif qildi. Savdoning birinchi kunidayoq aksiyalar narxi 47 dollarga ko‘tarildi. Oktabr oxiriga kelib, bir necha kuchli o’sishlardan so‘ng, ularning narxi 73 dollarga yetdi. Bu hatto Yahoo’niki bilan solishtirganda ham keskin o’sish edi. 1999-yilga kelib eBay aksiyalarining bozor qiymati 21 milliard dollarni tashkil etdi, Benchmark ulushi esa 5,1 milliard dollarga baholandi. Bu yutuq Sequoia va Kleiner kabi investitsion kompaniyalar natijalaridan oshib ketdi va hatto Sonning eng katta yutuqlarini ham ortda qoldirdi, barchasi atigi 6,7 million dollarlik kapital bilan amalga oshirildi.
Per Omidyarning odamlarga xizmat ko‘rsatishga sodiqligi eBay muvaffaqiyatiga turtki bo‘ldi va uning asoschilari milliarderga aylandi.
Laylo Xondamirovna
Fikr bildirish