Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

by Gulnoza Sobirova
Iyun 4, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 4 mins read
A A
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Allen Stanford – Texasda tug‘ilgan, o‘z mehnati bilan boylik orttirgan, moliyaviy imperiya barpo qilgan global orzular sari intilgan milliarder sifatida ko‘rilardi. Bankir xalqaro moliyachi darajasiga ko‘tarilib, Karib dengizi orollarida ofshor moliyaviy imperiyasini, hashamatli kriket turnirlarini va siyosiy ta’sir doirasini yaratdi. Ammo bu porloq obraz ortida tarixdagi eng yirik – 8milliard dollarlik Ponzi sxemalaridan biri yashiringan edi. U fosh etilgach, bu firibgarlik moliya bozorlari va sport olamiga katta zarba berdi.

Ko‘chmas mulkdan boylik sari

1950-yilda Texas shtatining Mexia shahrida tug‘ilgan Robert Allen Stanford Amerika orzusiga yetishmoqchi edi. U Baylor universitetida moliya yo‘nalishida tahsil oldi va dastlab sport zali ochib, tadbirkorlikni sinab ko‘rdi — bu loyiha ko‘pga bormadi. Ammo 1980-yillardagi Texas neft inqirozi davrida u o‘z omadini ko‘chmas mulkdan topdi — arzonlashgan mulklarni sotib olib, ularni foyda bilan sotish orqali boylik yig‘di. Bu muvaffaqiyat unga bank sohasiga kirishish uchun kapital va ishonch berdi.

1985-yilda u Karib dengizidagi kichik hudud — Montserrat orolida Guardian International Bank’ni tashkil etdi. Keyinroq bu faoliyatni Antigua oroliga ko‘chirib, bank nomini Stanford International Bank deb o‘zgartirdi. Aynan shu sharqiy Karib sohillarida Stanford o‘zining moliyaviy “kartochkalar uyi”ni qurdi.

Ponzi sxemasining qurilishi

Stanfordning banki yuqori foizli depozit sertifikatlarini taklif qilib, minglab investorlarni jalb qildi. U $50 milliarddan ortiq aktivlarni boshqarayotganini ko‘rsatdi, lekin bu yolg‘on edi – investorlarning daromadlari yangi kelganlarning pullaridan to‘lanayotgan klassik Ponzi sxemasi edi.

2009-yilda AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) olib borgan tergov shuni fosh qildiki, Stanford mijozlar pullarini va’da qilinganidek investitsiya qilmagan. Aksincha, u bu mablag‘lardan hashamatli hayotni moliyalash uchun foydalangan — xususan, shaxsiy samolyotlar, yaxtalar, va yirik siyosiy xayriyalarni o‘z ichiga olgan sarf-xarajatlar uchun.

Qo‘lga olinishi, sud va hukm

2009-yil iyun oyida Allen Stanford hibsga olinib, 14 moddada ayblandi — ularga simli firibgarlik, pochta orqali firibgarlik, til biriktirish va tergovga xalaqit berish kabi jinoyatlar kirardi. Prokurorlar uni yigirma yil davomida 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblashdi.

2012-yilda Stanford 13 moddada aybdor deb topildi va 110 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, unga qariyb 6 milliard dollarlik aktivlarni davlat foydasiga musodara qilish buyurildi.

Bugungi kunda u jazoni Florida shtatidagi Coleman federal qamoqxonasida o‘tayapti.

Sport olamidagi shov-shuv

Allen Stanfordning eng g‘alati va ko‘zga ko‘rinarli tashabbuslaridan biri — kriketga sarmoya kiritishi edi. Antigua orolida, u mashhur shaxsga aylangan joyda, u Stanford 20/20 turnirini tashkil etdi va g‘oliblarga misli ko‘rilmagan mukofotlar va’da qildi. 2008-yilda u Angliya va Karib yulduzlar jamoasi o‘rtasidagi bir martalik o‘yin uchun 20 million dollarlik sovrin ajratdi — bu o‘sha davrda kriket tarixidagi eng qimmat o‘yin edi.

Uning bu faoliyati uchun Antiguan hukumati tomonidan riddor (ser) unvoni berilgan edi, ammo keyinchalik sudlanganidan so‘ng bu unvon undan olib qo‘yildi. Stanfordning keskin yuksalishi va birdan qulash holati kriket olamida og‘riqli iz qoldirdi — turnir yopildi, mukofot pullari muzlatildi, va sportchilar umid bilan kutgan yutuqlari birdan yo‘qoldi.

Jabrlanuvchilarga yetgan og‘ir zarba

Stanfordning firibgarligi 18 mingga yaqin investorga zarar yetkazdi. Ularning aksariyati — nafaqaga chiqqan, umr bo‘yi jamg‘arib kelgan mablag‘larini ishonchli va yaxshi boshqarilayotgan bank deb o‘ylab, Stanfordga topshirgan odamlardan iborat edi. Jabrlanuvchilar orasida sportchilar, mashhurlar va oddiy fuqarolar ham bor edi.

Sud jarayonlari orqali ba’zi mablag‘lar qaytarib olingan bo‘lsa-da, oradan o‘n yildan oshganiga qaramay, ko‘plab jabrlanuvchilar hanuzgacha to‘liq kompensatsiyani kutib yashamoqda.

2025-yil yanvarda SEC tomonidan Stanfordga qarshi ish bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilindi, bu deyarli 15 yil davom etgan mojaroga qisman yakun yasadi. Biroq bu fojianing aks-sadosi haligacha moliyaviy va insonlar hayotida sezilmoqda.

Xulosa

Allen Stanfordning tarixi – ochko‘zlik, zaif nazorat va xarizmatik shaxsning insonlarni aldash kuchi haqida ogohlantiruvchi darsdir. Yillar davomida u regulyatorlar, mijozlar, hattoki butun hukumatlarni aldab, imidjga va tez boyish orzusiga ishonishni o‘yin qildi.  

Uning voqeasi moliyaviy nazoratni kuchaytirishga sabab bo‘ldi, ammo har doim yangi firibgarlik shakllari paydo bo‘lishini unutmang. Stanford esa bizga shuni eslatadiki: “haddan tashqari yaxshi eshitiladigan” investitsiya va’dasi ortida, aksar hollarda portlash arafasidagi bomba yotadi.

Allen Stanford o‘zining qurib bitkazgan boyliklari emas, yo‘q qilgan ishonchi bilan tarixda qoladi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Console $6.2 million sarmoya jalb qildi

Next Post

Asror Arabjanov Clarity Flo startapi orqali shartnoma jarayonlarini soddalashtirmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

May 29, 2025
Next Post
Asror Arabjanov Clarity Flo startapi orqali shartnoma jarayonlarini soddalashtirmoqda

Asror Arabjanov Clarity Flo startapi orqali shartnoma jarayonlarini soddalashtirmoqda

AI ish o‘rnini emas, samaradorlikni oshiradi

AI ish o‘rnini emas, samaradorlikni oshiradi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?