Venture studio Markaziy Osiyo founderlari bilan uzoq muddatli ishlash, startaplarni dastlabki g‘oyadan Series A bosqichigacha olib chiqish va Bishkek–Toshkent o‘rtasida yangi startup koridorini shakllantirishni maqsad qilgan.
Ordo ilk rezidentlar cohortini 2026-yil sentabrida qabul qilishni rejalashtirgan. Birinchi oqimga oltitagacha startup jamoasi tanlab olinadi. Ordo an’anaviy akseleratsiya dasturidan ko‘ra founderlar bilan chuqurroq ishlashni ko‘zlamoqda. Studio startupning dastlabki bosqichidan boshlab product, moliya, hiring, growth, fundraising va xalqaro bozorlarga chiqish kabi yo‘nalishlarda operatsion hamkor sifatida qatnashadi.
Dastur 18 oygacha davom etishi mumkin. Asosiy maqsad esa startupni Demo Day yoki ilk investitsiya raundigacha emas, balki Series A uchun tayyor kompaniya darajasigacha olib borishdir. Har bir rezidentga operating partner biriktiriladi. U founder bilan birga moliyaviy rejalashtirish, jamoa shakllantirish, product strategiyasi, growth va yangi bozorlarga chiqish ustida ishlaydi.

Studio mentorlar tarmog‘iga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA va Silicon Valley’dan 60 dan ortiq ekspert jalb qilinmoqda. Hamkor tarmoqlar bilan birga ekspertlar soni 100 nafardan oshishi kutilmoqda.
Birinchi cohort uchun Ordo bir nechta yo‘nalishlarni ustuvor deb belgilagan. Ular orasida kichik va o‘rta biznes uchun embedded fintech, vertical SaaS, turkiy tillarga mo‘ljallangan AI mahsulotlari, logistika, EdTech va transchegaraviy savdoga xizmat qiluvchi marketplace’lar bor.
Shu bilan birga, studio qat’iy sektor cheklovini qo‘ymaydi. Tanlovda founderning muammoni chuqur tushunishi, kuchli execution qobiliyati va kompaniyani Markaziy Osiyodan tashqariga olib chiqish salohiyati asosiy mezon bo‘ladi.
Ordo hali startup qurishni boshlamagan tadbirkorlar uchun ham 8 haftalik Founder School dasturini ishga tushirmoqda. Dastur product, sales, unit economics, moliya, hiring va investorlar oldida pitch qilish kabi amaliy ko‘nikmalarga qaratiladi. Eng kuchli jamoalar keyinchalik Ordo Residency dasturiga o‘tishi mumkin.
Ordo Startup Studio uchta asosiy partner tomonidan tashkil etilgan: Managing Partner Aybek Kurenkeyev, Operating Partner Bakhriddin Inamov va Strategic Partner Muhammad Xalil.
Studio strategiyasining muhim qismi Toshkentdagi Startup Garage bilan hamkorlik hisoblanadi. Hamkorlik orqali Ordo rezidentlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston bozorlarida parallel ishlash, mahalliy mentor va investorlar bilan aloqa o‘rnatish hamda Toshkentdagi startup infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Uzoq muddatli maqsad esa Bishkek va Toshkent o‘rtasida founderlar, talent, ekspertiza va kapital erkinroq harakatlanadigan startup koridorini yaratish. Keyinchalik bu modelni Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa Markaziy Osiyo bozorlariga kengaytirish rejalashtirilgan.
Ordo bu model orqali Markaziy Osiyodagi nisbatan kichik ichki bozorlarni yagona early-stage ekotizim sifatida bog‘lashni ko‘zlamoqda. Studio fikricha, mintaqa bo‘ylab talent, kapital va bozorga chiqish imkoniyatlarining birlashishi global investorlar uchun ham jozibadorlikni oshirishi mumkin.
Ilk Ordo Residency cohorti 2026-yil sentabrida boshlanishi va unda oltitagacha startup jamoasi qatnashishi rejalashtirilgan. Studio uchun asosiy natija esa dasturdan o‘tgan startaplar soni emas, balki Markaziy Osiyodan investitsiyaga tayyor, tez o‘suvchi va global bozorda raqobatlasha oladigan kompaniyalar yaratish bo‘ladi.

















