Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI ofis ishlarni kutganimizdan tezroq egallamoqda

by Gulnoza Sobirova
Iyun 9, 2025
in AI
Reading Time: 4 mins read
A A
AI ofis ishlarni kutganimizdan tezroq egallamoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT modeli 2022-yilda jamoatchilikka taqdim etilganida, ko‘pchilik sun’iy intellekt inqilobi mehnat bozorini tubdan o‘zgartirishi uchun yillar, ehtimol, o‘n yilliklar talab etiladi, deb hisoblagandi. Ammo so‘nggi voqealar bu kelajak allaqachon oramizda ekanini tasdiqlamoqda. CEO’lar tomonidan AI’ni ustuvor deb bilish, ofis ishlariga oid e’lonlarning keskin kamayishi — bularning barchasi sun’iy intellekt endi uzoqdagi xavf emas, balki ayni damdagi haqiqatga aylanganini ko‘rsatadi.

Birinchi belgilar: Shopify va Duolingo CEOlaridan ko‘rsatmalar

2025-yil mart oyida Shopify kompaniyasi bosh direktori Tobi Lütke rahbariyatga muhim qarorni e’lon qildi: endilikda hech bir lavozim uchun yollash so‘rovi tasdiqlanmaydi, agar menejerlar sun’iy intellekt bu vazifani insondan yaxshiroq bajara olmasligini asoslab bera olmasa. Bu shunchaki ramziy bayonot emas edi — bu kompaniyaning ish kuchini baholash mezonlarini tubdan o‘zgartirdi. Endi AI — asosiy tanlov, inson esa o‘z zarurligini isbotlashi kerak.

Ko‘p o‘tmay, Duolingo kompaniyasi rahbari Luis fon An ham sun’iy intellekt vositalari yordamida mustaqil ijrochilar o‘rnini bosqichma-bosqich egallashni boshlaganini e’lon qildi.  Maqsad — tezroq o‘sish va xarajatni kamaytirish. Kontent sifati va foydalanuvchi tajribasi hanuz kuzatuv ostida bo‘lsa-da, biroq bu qarorlar AI’ga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

AI bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ishlar bozordan chiqmoqda.

Revelio Labs iqtisodchisi Zanele Munyikwa tahliliga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida onlayn ish e’lonlarida AI bajarishi mumkin bo‘lgan vazifalar ulushi 19% ga kamaygan. Sababi oddiy — kompaniyalar AI orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar uchun yangi xodim yollashni zarur deb bilmayapti.

Eng keskin pasayish AI’ga kuchli ta’sir o‘tadigan quyidagi kasblarda kuzatilgan:

  • Ma’lumotlar bazasi administratorlari — vazifalarning 69% AI bilan bajarilishi mumkin
  • IT mutaxassislari — 62.4%
  • Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar — 61.8%
  • Auditorlar — 60.7%
  • Ma’lumot muhandislari — 59.4%

Bunga qarama-qarshi tarzda, jismoniy ishtirok va real dunyo qarorlarini talab qiladigan ishlar — masalan, restoran menejerlari, ustalar va mexaniklar — hozircha nisbatan xavfsiz qolmoqda. Chunki bunday lavozimlar jismoniy harakat, hissiy aql yoki real hayotdagi holatlarni baholashni talab qiladi — bu esa AI uchun hanuz mushkul.

2022-yil noyabrdan beri AI’ga yuqori darajada ta’sir qiluvchi ish e’lonlari 31% ga kamaygan, past ta’sirli lavozimlarda esa bu ko‘rsatkich 25% ni tashkil qilgan. Ish e’lonlari umuman kamaygan bo‘lsa-da, asosiy yo‘nalish aniq: AI mehnat bozorining tuzilmasini allaqachon asta-sekin, ammo sezilarli darajada o‘zgartirmoqda.

Frilans sohasidagi bosim

2023-yilda Vashington universiteti hamda Nyu-York universiteti olimlari AI’ning frilanserlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqot e’lon qildi. Dunyoning yirik frilans platformalaridan biri — Upwork misolida o‘tkazilgan kuzatuv shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT taqdim etilgach, yozish va tahrirlash kabi sohalardagi ishlar soni 2 foizga, ushbu sohalardagi oylik daromadlar esa 5 foizdan ortiq kamaygan.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, generativ AI qisqa muddatda bilimga asoslangan, ayniqsa raqamli va ijodiy sohalarda ishlovchi mutaxassislar uchun talabni kamaytirmoqda. Va bu faqat dastlabki oylarda kuzatilgan holat edi.

AI haddan tashqari ko‘p ishni o‘z zimmasiga olsa

2023-yilda Shvetsiyaning Klarna fintech kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt yordamchisi 700 nafar to‘laqonli mijozlarga xizmat ko‘rsatish xodimining ishini bajarganini e’lon qildi. Ular yangi ishga qabul qilishni to‘xtatdi, bu qarorni olqishlab AI-ga asoslangan strategiyani faol qo‘llay boshlashdi.

Ammo oradan bir yil o‘tmay, Klarna qarorini o‘zgartirdi. Xizmat sifati pasaydi. Mijozlar buni sezdi. Natijada kompaniya yana inson xodimlarini ishga olishni boshladi va omma oldida tan oldi: xarajatni qisqartirishga qaratilgan harakatlar me’yoridan oshib ketgan. CEO Sebastian Siemiatkowski shunday dedi: “Biz uchun kelajak — insoniy xizmat sifatiga jiddiy sarmoya kiritishdir.”

Shu bilan birga, u kelgusi yilda sun’iy intellekt tizimlari yanada ishonchli bo‘lsa, yana 500 ta lavozim qisqartirilishi mumkinligini ham ochiq e’tirof etdi.

Xulosa

AI inqilobi endi nazariy faraz emas — bu haqiqat. Ish e’lonlari, frilans bozorlar, kompaniya siyosatlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalarida sun’iy intellekt inson mehnatiga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Bu jarayonning qanday yakun topishi esa rahbarlarning ushbu qudratli texnologiyalarni qay darajada ongli ishlatishiga va xodimlarning yangi sharoitlarga qanchalik tez moslasha olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Onlayn platformalarda yolg‘on axborot tarqatsa nima bo‘ladi?

Next Post

Nega biz yutishdan ko‘ra yo‘qotishdan ko‘proq qo‘rqamiz

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
Nega biz yutishdan ko‘ra yo‘qotishdan ko‘proq qo‘rqamiz

Nega biz yutishdan ko‘ra yo‘qotishdan ko‘proq qo‘rqamiz

TBC Bank Group O’zbekistonda o’sishni tezlashtirish maqsadida qo’shimcha $200 million qarz mablag’larini jalb qildi

TBC Bank Group O'zbekistonda o'sishni tezlashtirish maqsadida qo'shimcha $200 million qarz mablag'larini jalb qildi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?