Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

TBC Bank Group O’zbekistonda o’sishni tezlashtirish maqsadida qo’shimcha $200 million qarz mablag’larini jalb qildi

by Gulnoza Sobirova
Iyun 9, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 2 mins read
A A
TBC Bank Group O’zbekistonda o’sishni tezlashtirish maqsadida qo’shimcha $200 million qarz mablag’larini jalb qildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

TBC Bank Group PLC (“TBC PLC”) O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi — TBC Uzbekistan faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 yillik sintetik obligatsiyalar chiqarilishini ma’lum qildi. Ushbu obligatsiyalar O‘zbekiston so‘mida denominatsiyalangan bo‘lib, AQSh dollarida hisob-kitob qilinadi va 22% yillik kupon stavkasiga ega. Ular bir necha bosqichda chiqariladi: birinchi bosqichda $140 millionlik mablag‘ jalb qilinadi, qolgan $60 million esa keyingi 12–18 oy ichida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Obligatsiyalar Vena multilateral savdo maydonchasi (MTF)da ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, investorlar tomonidan katta qiziqish bildirildi. Bu esa, o‘z navbatida, TBC Group strategiyasiga bo‘lgan ishonch va O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Mintaqaning eng yirik aholi soniga ega bo‘lgan va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston hali to‘liq ochilmagan iqtisodiy salohiyatga ega.

Jalb qilinayotgan mablag‘ TBC Uzbekistan faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulotlar turlarini ko‘paytirish va yuqori o‘sish sur’atiga ega yangi segmentlarga — jumladan, kichik va o‘rta biznes (SME) uchun mo‘ljallangan bank xizmatlari va kreditlash yo‘nalishlariga kirib borish imkonini beradi. TBC Uzbekistan joriy yilning birinchi choragida kredit portfeli va daromadini ikki barobarga oshirishga erishdi. Endilikda kompaniya umumiy TBC Group daromadining 21 foizini tashkil etmoqda.

19,7 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega TBC Uzbekistan ekotizimi uchta asosiy yo‘nalishda faoliyat yuritadi: TBC UZ — mamlakatdagi eng yirik raqamli bank; Payme — jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun to‘lov ilovasi; va Payme Nasiya — jadal sur’atlar bilan o‘sayotgan bo‘lib-to‘lash asosidagi kreditlash platformasi.

TBC PLC bosh direktori Vaxtang Butskhrikidze mazkur obligatsiya chiqarilishi yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi:

“Ushbu obligatsiya orqali jalb qilinadigan investitsiya O‘zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan biznesimizga yangi sur’at baxsh etadi. Investorlarning yuqori qiziqishi nafaqat bizning rentabellikka asoslangan o‘sish strategiyamiz, balki O‘zbekistonning keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan bozoriga ishonchini ham aks ettiradi. Biz TBC Uzbekistan ekotizimi yil yakuniga qadar barcha belgilangan maqsadlarga erishishiga to‘liq ishonamiz.”

TBC PLC’ning xalqaro bizneslar bo‘yicha rahbari Oliver Hughes esa shunday dedi:
“Biz O‘zbekistonda faoliyatimizni faol rivojlantirmoqdamiz. Bugungi kunda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 19,7 millionga yetdi, daromad va kredit portfelimiz yil davomida ikki barobarga oshdi. Endi biz mahsulot portfelimizni kengaytirish, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun innovatsion xizmatlar yaratish orqali yetakchiligimizni mustahkamlash niyatidamiz. Yangi investitsiya bu yo‘nalishdagi harakatlarimizni tezlashtiradi.”

Previous Post

Nega biz yutishdan ko‘ra yo‘qotishdan ko‘proq qo‘rqamiz

Next Post

O‘zbekiston ilk yo‘ldoshini orbitaga chiqaradi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Sentabr 8, 2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

Iyul 15, 2026
Next Post
O‘zbekiston ilk yo‘ldoshini orbitaga chiqaradi

O‘zbekiston ilk yo‘ldoshini orbitaga chiqaradi

PLATMA: O‘zbekiston bank tizimini “Bank 2.0” sari olib borayotgan transformatsion yechim

PLATMA: O‘zbekiston bank tizimini “Bank 2.0” sari olib borayotgan transformatsion yechim

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?