Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Casper bozorni qanday qilib zabt etdi?

by Gulnoza Sobirova
Aprel 20, 2025
in Startaplar
Reading Time: 4 mins read
A A
Casper bozorni qanday qilib zabt etdi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2014-yilda besh nafar asoschi bir qarashda o‘zgacha ko‘ringan startapni ishga tushirdi: matraslarni faqat onlayn sotish. Na do‘kon, na sinab ko‘rish imkoniyati – faqatgina qutingizga keladigan mahsulot va  yaxshi uyqu va’dasi. O‘sha paytda bu g‘alati tuyulgani rost. Ammo besh yil ichida bu “g‘alati g‘oya” $1,1 milliardlik kompaniyaga aylandi.

Demak, Casper qanday qilib an’anaviy bozorda noma’lum holatdan kuchli brendga aylandi? Buning siri shundaki, ular asoschiga xos darajadagi ajoyib marketingga tayanishdi. Ular qilgan har bir qaror bitta muammoni hal qilishga qaratilgan edi: “Odamlarda ular sinab ko‘rmagan mahsulotga qanday ishonch uyg‘otish mumkin?”

Ular avval ishonchni, keyin savdoni tanladilar

Casper faqat mahsulotni emas, balki o‘z ovozini yaratdi. Ularning blogi kichik bir media kompaniyasiga aylandi. Bu yerda mijozlar “yaxshi uxlash uchun maslahatlar”dan tortib, “matras o‘lchamlari haqida” yoki “choyshabdagi qon dog‘larini qanday tozalash kerak”gacha bo‘lgan har qanday savolga javob topishar edi.

Blogning asosiy maqsadi mahsulotni bevosita sotish emas edi. Aksincha – u o‘quvchini ma’lumot bilan qurollantirib, brendni yodda qoldirishga xizmat qilardi. Xarid qilishga tayyor bo‘lgan odam Casperni allaqachon ishonchli manba sifatida qabul qilgan bo‘lar edi.

Har bir maqola ichida mahsulot sahifalarida sezilmaydigan, ammo aniq strategik havolalar bor edi. Google orqali qiziqib izlayotgan foydalanuvchi tabiiy ravishda Casper matraslariga yetib borardi.

Ular baxtli mijozlarga so‘z berdi

Casper bir muhim haqiqatni tushundi: odamlar brenddan ko‘ra boshqalarning fikriga ko‘proq ishonadi. Shuning uchun ular mahsulotlarini maqtash bilan cheklanib qolishmadi — ular haqiqiy mijozlarning sharhlarini oldinga chiqardi, va bu sharhlar juda ko‘p edi.

Saytga kirgan har bir tashrif buyuruvchi barcha fikrlarni, hatto salbiylarini ham o‘qishi mumkin edi. Casper tanqidlarni yashirmadi, aksincha, ularni ochiq qabul qildi. Aynan mana shu halollik ishonchni yanada mustahkamladi.

Ular matbuot e’tiborini va sohadagi mukofotlarni ham ko‘rsatishdi, biroq bu jarayonda keragidan oshirib yuborishmadi. Bu o‘rinda “boshqalar bizga ishonadi – siz ham ishonishingiz mumkin” degan oddiy, sokin xabarning o‘zi yetarli edi.

Ular afsuslanish qo‘rquvini bartaraf qildi

Onlayn tarzda matras xarid qilish tabiiyki, ko‘pchilik uchun xavotirli tuyuladi. Casper buni yaxshi tushundi va mijoz qarorini xavfsiz his qilishiga imkon yaratdi.

Ular 100 kechalik, xavf-xatarsiz sinov muddatini taklif qilishdi. Agar matras yoqmasa, hech qanday savolsiz qaytarish mumkin edi. Bu taklif mijozlardagi ruhiy to‘siqni kamaytirdi. Xaridorga: “Sizga bosim yo‘q. Nazorat o‘z qo‘lingizda,” degan ishonchni berdi. Bu faqat mijozga qulay taklif emas — bu o‘sishni tezlashtiruvchi aqlli strategiya ham bo‘ldi. Natijada, odamlar ko‘proq sotib oldi – chunki shubha qanchalik kam bo‘lsa, xaridlar shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Ular mijozlarni sotuvchilarga aylantirishdi

Casper faqat o‘z reklamasigagina emas, balki og‘zaki targ‘ibot kuchiga tayanib ish ko‘rdi. Ular tavsiya tizimini yo‘lga qo‘ydi — unda mamnun mijozlar mukofot olishlari mumkin edi, shuningdek ularning taklif qilgan do‘stlari ham.

Natija qanday bo‘ldi? Og‘zaki reklama tabiiy ravishda yoyildi. Odamlar Casper haqida gapirishdi, albatta, ular bunga majbur bo‘lganlari uchun emas, balki bu tajribani chin dildan yoqtirishgani uchun.

Ular sotuvni insoniy tajribaga aylantirishdi

Matras xarid qilish — oddiy texnik jarayon emas, bu muhim va jiddiy qaror. Casper bunga shaxsiy tarzda yondashdi. Ularning sayti mahsulotga oid sinovlar, kerakli tavsiyalar va tushunarli izohlar bilan to‘la edi.

Agar siz qaysi matrasni tanlashni bilmasangiz, ular sizga yordam berish uchun tayyor edi. Savolingiz bo‘lsa, uyqu bo‘yicha mutaxassislar har doim xizmatingizda bo‘ladi. Bu oddiy savdo emas, haqiqiy insoniy suhbat kabi his qilinardi.

Ular muloqotni to‘g‘ri tashkil qilishdi

Casper’ning email strategiyasi alohida e’tiborga loyiq. Ular faqat savatchasida mahsulot qoldirganlarga eslatma yuborish bilan kifoyalanmagan. Balki mulohazali so‘rovnomalar, sharh so‘rovlari va qiziqarli takliflar ham jo‘natishgan.

Har bir xat o‘z vaqtida, shaxsiy va foydali tuyulgan va hech kimning joniga tegmagan. Har bir xabar mijozni xaridga yoki brendga sodiq muxlisga aylanishga bir qadam yaqinlashtirgan.

Xulosa

Casper muvaffaqiyatining siri faqat mahsulotda emas, balki brendning ishonch asosiga qurilgani va mijozga mehr bilan yondashuvchi konsepsiyasida edi.

Ular shuni isbotladiki, mahsulotingiz qanchalik murakkab yoki onlayn sotish uchun “juda qiyin” bo‘lmasin, agar siz mijozning ikkilanishini to‘g‘ri tushunsangiz va bu ikkilanishga har bir bosqichda to‘g‘ri javob bera olsangiz, siz hali ham bozorni belgilovchi kompaniya qura olasiz.

Shunday ekan, siz matras, tibbiy uskunalar yoki SaaS dasturlar sotasizmi — qoidalar bir xil: Ishonch hosil qilishni osonlashtiring. Brendni sevib qolishni esa tabiiylashtiring.  

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Narxlar ortidagi psixologiya: aqlli narxlash mijoz qaroriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Next Post

$60 trillionlik reja: Inson ishchilarning o‘rnini AI egallaydi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Startap nima? | Pivot.uz

Startap nima? | Pivot.uz

Aprel 18, 2026
Next Post
$60 trillionlik reja: Inson ishchilarning o‘rnini AI egallaydi

$60 trillionlik reja: Inson ishchilarning o‘rnini AI egallaydi

Facebook ichki yozishmalari: Instagramdan qo‘rquv va strategiyalar

Facebook ichki yozishmalari: Instagramdan qo‘rquv va strategiyalar

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Iyun 8, 2026
McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi
  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?