Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park Ventures: O‘zbekistondagi startaplarga ilk venchur investitsiyalar

by Gulnoza Sobirova
Mart 11, 2025
in Uncategorized
Reading Time: 5 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

“IT Park Ventures” venchur investitsiyalar maydoniga ishonch bilan kirib kelmoqda. U umumiy qiymati 650 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan dastlabki strategik bitimlarni imzolab, O‘zbekiston startap ekotizimida tezlik, samaradorlik va kengayishning yangi me’yorini o‘rnatdi.

100 dan ortiq startapni sinchkovlik bilan o‘rganish jarayonida jamoa dastlabki rezidentlarni portfelga kiritishdan oldin 50 dan ziyod kompaniya bilan batafsil uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tahlilga asoslangan investitsiyalar

Tanlov jarayoni bozorni chuqur tahlil qilish, moliyaviy modellashtirish va strategik prognozlashga asoslandi. “IT Park Ventures” har bir startapning biznes modellari, raqobatbardosh ustunliklari va kengayish salohiyatini har tomonlama baholab, texnik, moliyaviy va huquqiy audit bilan to‘ldirdi. Unit-iqtisodiyot hisob-kitoblari amalga oshirildi va “Plug and Play Tech Center” tadqiqotlari bozor imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Startaplarning rivojlanishini tezlashtirish va ularni global darajaga olib chiqish uchun “IT Park Ventures” O‘zbekistondagi “Plug and Play Tech Center” ofisi, EMEA mintaqasi va AQShdagi ofislar bilan mahalliy vakolatxona orqali hamkorlik qilmoqda. “Plug and Play Tech Center”“PayPal”, “Dropbox” va “Rappi” kabi texnologik gigantlarga yordam bergan va fintech, AI, deep tech hamda boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Har tomonlama tahlildan so‘ng, loyihalar investitsiya qo‘mitasiga taqdim etildi. U yerda mutaxassislar ularning strategiyasi, moliyaviy barqarorligi va texnologik istiqbollarini sinchkovlik bilan baholadilar. Natijada mamlakat venchur bozori uchun namuna bo‘lgan va O‘zbekistonning mintaqaviy innovatsiyalar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlagan rekord darajadagi tezkor bitimlar tuzildi.

Portfelning innovatsion startaplari

DATATRUCK: AQSh logistika bozori uchun o‘zbek yechimi. Sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod TMS (Transportation management system)

Datatruck — yuk tashish sohasidagi moliyaviy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish platformasi bo‘lib, A seriyasidan oldingi bridj raundida “IT Park Ventures”dan 250 000 dollar mablag‘ jalb qildi. Uning innovatsion “TruckGPT” texnologiyasi qo‘lda bajariladigan amallarni 60 foizgacha kamaytiradi. AQShning 9000 dan ortiq banki bilan integratsiyalashuvi esa pul oqimlarini buyurtmalar bilan sinxronlashtirish imkonini beradi, bu esa logistika boshqaruvini yanada samaraliroq qiladi.

“Yuk tashish sanoati uzoq vaqt davomida eskirgan tizimlar va qo‘lda bajariladigan jarayonlar tufayli samarasizlikdan aziyat chekdi. ‘Datatruck’da biz buni AI-avtomatlashtirish yordamida operatsion boshqaruv va moliyani birlashtirish orqali o‘zgartirishga intilamiz. ‘IT Park Ventures’ va ‘Aloqa Ventures’ investitsiyalari tufayli biz ko‘lamni kengaytirish, jamoani mustahkamlash, mahsulotni takomillashtirish va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bizning e’tiborimiz sohadagi asosiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan: moliyaviy jarayonlarning tarqoqligi, daromad yo‘qotishlari va operatsion samarasizlik, shuningdek, yuk tashish bozorini o‘zgartiradigan fintexga kirish va sun’iy intellekt agentlarini rivojlantirish,” — dedi “DataTruck” hammuassisi va bosh direktori Shohrux Rahmonov.

Batafsil: www.datatruck.io

GEOMOTIVE: tashqi reklamaning raqamli transformatsiyasi. Biznes egalari va reklama beruvchilar uchun ishonchli tahlil.

Geomotive — LED ekranlarni yagona platformaga birlashtirgan DOOH-reklama marketpleysi. Seed bosqichida “IT Park Ventures”dan 200 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb etdi. Platforma brendlarga geotargeting, avtomatlashtirilgan xaridlar va aniq samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda raqamli reklama moslashuvchanligi bilan reklama kampaniyalarini boshqarish imkonini beradi. “Geomotive” allaqachon O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Misr va Dubayda faoliyat yuritmoqda va yaqin kelajakda Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Iordaniya va Buyuk Britaniya bozorlariga kirib borishi kutilmoqda.

“IT Park Ventures tomonidan qo‘llab-quvvatlash biz uchun juda muhim. Bu bizga mahsulotlarimizni, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo bozorlarida rivojlantirishda yangi bosqichni boshlash imkonini beradi. Bundan tashqari, MENA, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda IT Park xalqaro tashabbuslarini faol rivojlantirish bizning mahsulotimiz uchun ushbu mamlakatlarda ishga tushirish uchun ishonchli asos yaratadi,” — dedi “GEOMOTIVE”hammuassisi va texnik direktori Aleksey Xaynovskiy.

Batafsil: www.geomotive.io

UNITLAB AI: Ma’lumotlarni belgilash uchun qulay vosita va AI-dasturchilari uchun yordamchi.

Unitlab AI — ma’lumotlarni belgilashni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt modellarini boshqarish va ularni o‘qitish uchun platforma. Startap Seed bosqichida “IT Park Ventures”dan 200 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qildi. “Unitlab AI” texnologiyasi ma’lumotlarni belgilashni 15 baravar tezlashtiradi, xarajatlarni 5 baravar kamaytiradi va muhandislarning 60 foizgacha vaqtini tejaydi. Kompaniya AQShda (Delaver) ro‘yxatdan o‘tgan va ilgari “500 Global” va “Startup Wise Guys”dan 210 000 dollar, shuningdek, “NVIDIA”, “AWS” va “Google for Startups”dan 300 000 dollarlik grantlar olgan.

“IT Park Ventures’ning dastlabki portfel kompaniyalaridan biri bo‘lishdan mamnunmiz. Bu nafaqat investor, balki ishonchli hamkordir. Tashkilot moliyaviy yordam berish bilan cheklanmay, bizni faol qo‘llab-quvvatlaydi va potensial mijozlar bilan bog‘laydi. ‘IT Park Ventures’ jamoasi bizning bozorimiz va mahsulotimizni chuqur tushunadi, miqyosni kengaytirish va sotuvni rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beradi. Ularning strategik yordami bizga yangi bosqichga chiqish va yangi bozorlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam berishiga ishonamiz,” — deya ta’kidladi “Unitlab AI” asoschisi va direktori Shohrux Bekmirzayev.

IT Park Ventures: kelajakka sarmoya

Azamat KARAMATOV, “IT Park Ventures” bosh direktori:

“Bu bitimlar shunchaki investitsiya emas, balki O‘zbekiston venchur bozorini rivojlantirishga qaratilgan strategik qadamdir. Ular yurtimizda jahon darajasidagi innovatsiyalar yaratilayotganini isbotlamoqda. Bizning maqsadimiz nafaqat moliyalashtirish, balki startaplarni global muvaffaqiyatga yetaklashdir. E’tiborli jihati shundaki, Datatruck allaqachon AQShbozorida faoliyat yuritmoqda, ‘Unitlab’ foydalanuvchilari esa asosan AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Kanada fuqarolaridir. Bu esa mazkur loyihalarning eksport salohiyati va xalqaro miqyosdagi talabini ko‘rsatib turibdi. O‘z navbatida, Geomotive loyihasi allaqachon MDH hududida ish olib bormoqda va Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika (MENA) bozorini zabt etishdek ulkan maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan.”

Previous Post

DataTruck (Fintruck) startapiga AloqaVentures va IT Park Ventures $550 000 investitsiya kiritdi

Next Post

IT mutaxassislari uchun daromad topishning 20 ta ishonchli usuli

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nothing $200 mln Series C investitsiyasini oldi, AI-first qurilma taqdimotiga tayyorlanmoqda

Nothing $200 mln Series C investitsiyasini oldi, AI-first qurilma taqdimotiga tayyorlanmoqda

Sentabr 16, 2025
Tarmoqni modernizatsiya qilish: aqlli hisoblagichlar, mikro-tarmoqlar va energiya saqlash texnologiyalari

Tarmoqni modernizatsiya qilish: aqlli hisoblagichlar, mikro-tarmoqlar va energiya saqlash texnologiyalari

Sentabr 6, 2025

Builder.ai: Sun’iy intellekt yulduzining qulash tarixi

Iyul 27, 2025
Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Iyun 20, 2025
Next Post
IT mutaxassislari uchun daromad topishning 20 ta ishonchli usuli

IT mutaxassislari uchun daromad topishning 20 ta ishonchli usuli

Manus – “ikkinchi DeepSeek” deb nomlanayotgan yangi xitoy ixtirosi

Manus – “ikkinchi DeepSeek” deb nomlanayotgan yangi xitoy ixtirosi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?