Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

by Pivot
Aprel 22, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Firstpoint VC venchur kompaniyasi sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlaridan foydalanadigan o‘yin va ko‘ngilochar startaplarga investitsiya kiritish uchun maqsadli hajmi €50 million bo‘lgan yangi venchur fondni tashkil etilganini e’lon qildi. Fond asosan Turkiya, Sharqiy Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyoning jadal o‘sayotgan bozorlariga e’tibor qaratadi.

Fondga investitsiyalar va operatsion boshqaruv sohasida jami 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan bosh hamkorlar — Burak Yilmaz va Mayk Fisher rahbarlik qilmoqda. Ularning ish tajribasi 20 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, o‘tmishda WePlay Ventures, Square Enix, Epic Games, Amazon, Bandai Namco, SEGA va Microsoft kabi global gigantlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishgan.

Hozirda global o‘yin va ko‘ngilochar bozori taxminan $600 mlrdga baholanmoqda va bashoratlarga ko‘ra, kelgusi besh yil ichida bu ko‘rsatkich $1 trlnga yetishi mumkin. Ushbu segmentga mobil va videoo‘yinlar, game-tech, interaktiv media, iste’mol ilovalari hamda sport, musiqa va texnologiyalar chorrahasidagi yechimlar kiradi. Bunday manzara fonida sun’iy intellekt ishlab chiqish jarayonlari, foydalanuvchilar o‘sishi va loyihalarni masshtablash (skayling) usullarini qayta belgilab beruvchi transformatsion kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.

AI va rivojlanayotgan bozorlar

Firstpoint VC strategiyasi AI, geyming va shiddat bilan o‘sayotgan bozorlar kesishmasida qurilgan. Fond Turkiya o‘yin ekotizimida o‘zini oqlagan muvaffaqiyatli modelni Yevropa va Osiyoning boshqa rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida ham samarali qo‘llash mumkin degan tamoyilga tayanadi.

  • Burak Yilmaz avvalroq Turkiyaning faqat o‘yin sanoatiga ixtisoslashgan ilk fondi — WePlay Ventures kompaniyasiga rahbarlik qilgan. Faoliyati davomida u 17 mamlakatdagi 90 dan ortiq o‘yin startaplari bilan ishlagan. U, ayniqsa, tadbirkorlik salohiyati yuqori bo‘lgan, ammo institutsional kapital endi shakllanayotgan bozorlarda ekotizim qurishga e’tibor qaratgan.
  • Mayk Fisher esa Final Fantasy, Tomb Raider, Fortnite, Unreal Engine va Xbox kabi jahonga mashhur franchizalarni boshqarib, ulkan operatsion tajriba to‘plagan. AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyadagi korporativ faoliyatidan tashqari, u Janubiy Kaliforniya universitetining Games and Interactive Media dasturi o‘qituvchisi.

Bosh hamkorlardan tashqari, Firstpoint VC nufuzli Maslahatchilar kengashi va venchur hamkorlar tarmog‘ini shakllantirdi. Kengash tarkibidan Jen Maklin (Xbox sobiq bosh menejeri), Lyuk Dikken (Take-Two Interactive’da AI yo‘nalishi sobiq rahbari) va Bora Kochyigit (Riot Games sobiq hududiy menejeri) o‘rin olgan.

Fondning investitsion mantiqi «Turkiya muvaffaqiyat hikoyasi»ga asoslanadi. So‘nggi o‘n yil ichida Turkiya uchta «unicon» — Peak Games, Dream Games va Loom Gamesni yetishtirib chiqardi va bu natijaga ko‘plab boshqa sohalarga qaraganda tezroq va kamroq kapital evaziga erishdi. Firstpoint shunga o‘xshash tarkibiy omillar hozirda quyidagi hududlarda ham shakllanayotganiga ishonadi:

  • Polsha: PC va konsol geymingi bo‘yicha yetakchi markaz sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda.
  • Vyetnam: Mobil o‘yinlar yuklanishi bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanib bormoqda.
  • Markaziy Osiyo: Kuchli iste’dodlar bazasi va strategik geografik joylashuvi tufayli raqamli investitsiyalar uchun istiqbolli yangi yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda.
Previous Post

Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi

Next Post

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Pivot

Related Posts

OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

Avgust 19, 2026
Xitoy texnogigantlari AI mutaxassislarini maktab davridan izlay boshladi

Xitoy texnogigantlari AI mutaxassislarini maktab davridan izlay boshladi

Avgust 16, 2026
Qozog‘iston xorijiy investorlar uchun soliq rezidentligi dasturini kengaytirdi

Qozog‘iston xorijiy investorlar uchun soliq rezidentligi dasturini kengaytirdi

Avgust 14, 2026
FESCO O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim logistika hub sifatida ko‘rmoqda

FESCO O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim logistika hub sifatida ko‘rmoqda

Avgust 11, 2026
Next Post
Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

OpenSpot startapi $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi

OpenSpot startapi $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi

Avgust 19, 2026
OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

Avgust 19, 2026
Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Avgust 19, 2026
SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

Avgust 17, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi
  • OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi
  • Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?