Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

OpenSpot startapi $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi

by Pivot
Aprel 22, 2026
in Moliyalashtirish va bitimlar
Reading Time: 2 mins read
A A
OpenSpot startapi $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellektga asoslangan turargohlarni boshqarish platformasi — OpenSpot, Sarmo Ventures venchur jamg‘armasidan $100,000 miqdorida sarmoya jalb qildi. Ushbu investitsiya raundi yakunlari bo‘yicha kompaniyaning bozor qiymati $6 million deb baholandi.

Startap an’anaviy parkovka infratuzilmasini shunchaki passiv aktivdan boshqariladigan va yuqori daromad keltiruvchi manbaga aylantirmoqda. OpenSpot — BMTTD (UNDP) ko‘magida MOST C-Space Hub va SQB Ventures tomonidan tashkil etilgan Investment Readiness Accelerator (IRA) Tashkent dasturi birinchi oqimining bitiruvchisi hisoblanadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda avtoturargohlarning 20–30% qismi maqsadsiz foydalanuvchilar tomonidan band qilinadi. Bu nafaqat daromad yo‘qotilishiga, balki xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishiga ham sabab bo‘ladi. OpenSpot ushbu muammoni sun’iy intellekt (AI), IoT va real vaqtdagi tahliliy ma’lumotlarni integratsiya qilish orqali hal etmoqda.

Boshqaruv tizimidan tashqari, platforma foydalanuvchilar uchun ham qulaylik yaratadi: haydovchilar bo‘sh joylarni oldindan topishlari va band qilishlari mumkin, bu esa joy qidirishga ketadigan vaqtni keskin qisqartiradi.

Bozordagi barqaror o‘sish

Hozirda startap o‘zining jadal va barqaror rivojlanayotganini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan isbotlamoqda:

  • ~$500,000 ARR: Yillik takrorlanuvchi daromad;
  • Xalqaro qamrov: Markaziy Osiyo, AQSh (Kaliforniya) va Mo‘g‘ulistonda muvaffaqiyatli pilot loyihalar va joriy etish jarayonlari;
  • B2B talabi: Korporativ mijozlar tomonidan tasdiqlangan talab va ishonch.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya bundan avval AQSh venchur jamg‘armasidan $170,000 miqdorida investitsiya jalb qilgan edi.

Navbatdagi marra sari

Yangi jalb qilingan mablag‘lar Markaziy Osiyo va AQSh bozorlarida faoliyatni kengaytirishga yo‘naltiriladi. Jamoaning maqsadi — kelasi yilga qadar ARR ko‘rsatkichini $3 millionga yetkazish va Seed-raundga tayyorgarlik ko‘rishdir.

Dias Kojatayev, MOST IT Hub rahbari va MOST C-Space Hub hammuassisi:

«OpenSpot — aniq iqtisodiy modelga ega va muayyan infratuzilmaviy muammoni hal qila oladigan startapning yaqqol namunasidir. IRA Tashkent dasturi davomida jamoa investitsiyalarga tayyorlikning yuqori darajasini ko‘rsatdi: B2B segmentiga aniq fokus, tasdiqlangan traction va xalqaro miqyosda kengayish salohiyati. Bunday loyihalar mintaqadagi texnologik yechimlarning yangi sifat standartlarini belgilab bermoqda.»

Previous Post

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Next Post

O‘zbekistonning yetakchi tashkilotlari Stenford universiteti HAI va OpenAI akademiyasi bilan hamkorlikdagi mintaqaning nufuzli AI yetakchilik dasturiga qo‘shilmoqda

Pivot

Related Posts

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Oktabr 7, 2026
egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

Sentabr 28, 2026
IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

Sentabr 23, 2026
Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Sentabr 4, 2026
Next Post
O‘zbekistonning yetakchi tashkilotlari Stenford universiteti HAI va OpenAI akademiyasi bilan hamkorlikdagi mintaqaning nufuzli AI yetakchilik dasturiga qo‘shilmoqda

O‘zbekistonning yetakchi tashkilotlari Stenford universiteti HAI va OpenAI akademiyasi bilan hamkorlikdagi mintaqaning nufuzli AI yetakchilik dasturiga qo‘shilmoqda

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi — Shavkat Mirziyoyev

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

Oktabr 13, 2026
Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Oktabr 13, 2026
Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Oktabr 13, 2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

Oktabr 13, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat
  • Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda
  • Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?