Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Ijodiy vandalizm: Innovatsiya nega vayron qilishdan boshlanadi?

by Gulnoza Sobirova
Aprel 12, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 3 mins read
A A
Ijodiy vandalizm: Innovatsiya nega vayron qilishdan boshlanadi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

XX asr boshlarida iqtisodchi Jozef Shumpeter dunyoqarashini o‘zgartirgan, iqtisodiy taraqqiyotga yangi yondashuv olib kirgan bir g‘oyani ilgari surdi. U bu tushunchani “Ijodiy vayronagarchilik” deb atadi. Atama bir qarashda salbiy tusga ega bo‘lsa-da uning zamirida kuchli va lo‘nda fikr yotadi. “Yangi g‘oyalar va sanoat tarmoqlarining paydo bo‘lishi ko‘pincha eski tuzumlarning buzilishiga bog‘liq”.   

Bunga yaqqol misol – Netflix. U yuzaga kelguniga qadar   ko‘ngilochar sanoatda Blockbuster kabi video ijara do‘konlari ustunlik qilardi. Ammo Netflix o‘zining onlayn translyatsiyasi modeli bilan bu sanoatni tubdan o‘zgartirdi: u tezkor, qulay va arzon edi. Bu – ijodiy vayronagarchilikning amaliy ko‘rinishi.

Shumpeterning fikricha, yangi innovatsiyalar eski sanoatlarni siqib chiqarishi nafaqat tabiiy, balki iqtisodiy o‘sishning ajralmas qismidir. Ha, bu jarayon og‘riqli bo‘lishi mumkin. Ammo natijada, hayot sifati, mahsulot va xizmatlar yaxshilanadi.  

Tarixdan yana bir misol – ot aravalari o‘rnini bosgan avtomobillar. Dastlab bu o‘zgarishga qarshilik ko‘rsatildi. Arava ishlab chiqaruvchilar ishidan ayrilishidan cho‘chishdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan yangi sanoat paydo bo‘ldi, millionlab ish o‘rinlari yaratildi va jamiyat yangi bosqichga ko‘tarildi.

Shunga o‘xshash holat fotografiyada ham yuz berdi. Ya’ni raqamli fotografiyaning an’anaviy fotoplyonka texnologiyasini almashtirishi. Kodak singari kompaniyalar bunday o‘zgarishga moslasha olmadi va bozorni boy berdi. Lekin raqamli texnologiyalar orqali fotografiya yanada ommalashdi – smartfon kameralari, Instagram, turli ilovalar va yangi imkoniyatlar tug‘ildi.

Ijodiy vayronagarchilik faqat texnologiya bilan cheklanmaydi. U biznes modellarga ham tegishli. Amazon an’anaviy kitob do‘konlarini oqaga surib, butun chakana savdo sohasida inqilob qildi. Uber an’anaviy taksi tizimini, Airbnb esa sayohat sohasi va mehmonxona tajribasini butunlay o‘zgartirdi.

Albatta, ijodiy vayronagarchilikning salbiy oqibatlari ham bor. Sanoatlar qulaganda ish o‘rinlari yo‘qoladi, malakalar qadrsizlanadi, ayrim hududlar iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keladi. Shumpeter bu qiyinchiliklarni inkor etmagan. Aksincha, tan olgan holda ularga qarshi choralar ko‘rish lozimligini uqtirgan.

Shu sababli hukumat va jamiyatlar oldida muhim savol turadi: innovatsiyani rag‘batlantirgan holda, uning salbiy oqibatlaridan odamlarni qanday himoya qilish mumkin? Buning bir yo‘li – ta’lim va qayta tayyorlash dasturlarini kuchaytirishdir. Yana biri – ijtimoiy himoya tizimlarini mustahkamlashdir.

Shubhasiz, ijodiy vayronagarchilik xavfli. Ammo u rivojlanishning yurak urishidir. U bo‘lmasa, biz hanuz ot aravalarida yurib, VHS kasetalarni ijaraga olib, kechagi texnologiyalar bilan yashayotgan bo‘lardik. Yangi g‘oyalar eski odatlarni sinovdan o‘tkazadi, yangilikka yo‘l ochadi.

Tadbirkorlar uchun bu – ogohlantirish va imkoniyatdir. Innovatsiyaga yo‘l ochmaganlar nafaqat orqada qoladi, balki yo‘qolib ketadi. Bugunning innovatsiyasi – ertangi kundagi eskirgan texnologiyaga aylanishi mumkin.

Qisqacha aytganda, ijodiy vayronagarchilik – taraqqiyotning yuragidir. U tartibsiz, og‘riqli va buzuvchi bo‘lishi mumkin. Ammo aynan shu xususiyatlari uni tirik va kuchli qiladi. Shumpeter aytganidek: kapitalizm hech qachon bir joyda turmaydi – u o‘zini uzluksiz qayta yaratadi, yangilaydi va o‘zgartiradi. Va ehtimol, uni buyuk qiladigan ham shudir.  

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Startap asoschilarining ruhiy holati va haqiqatlari

Next Post

Investorlar bilan muzokaralar olib borish

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Sentabr 8, 2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

Iyul 15, 2026
Next Post
Investorlar bilan muzokaralar olib borish

Investorlar bilan muzokaralar olib borish

 Startap huquqi va yuridik asoslari

 Startap huquqi va yuridik asoslari

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?