Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Kaspi.kz: kichik bankdan yirik Fintexgacha bo‘lgan yo‘l

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 15, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 5 mins read
A A
Kaspi.kz: kichik bankdan yirik Fintexgacha bo‘lgan yo‘l
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Boshlang‘ich qadamlar

1993-yil: Kimning ilk biznesi

Fizika-matematika maktabini tamomlagan Vyacheslav Kim 1969-yil 12-iyunda Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ilgan. Kimga tadbirkorlikka oid mahorat va mantiqiy fikrlash qobiliyati iqtisod va biznesda katta yutuqlar olib keldi. Uning 1993-yilda elektronika savdosini rivojlantirish uchun ochgan “Planeta elektroniki” do‘koni qisqa vaqt ichida Qozog‘istondagi eng yirik savdo markaziga aylandi.

2002-yil: Bank sotib olish

Kim mijozlarga kredit taklif qilish orqali savdoni oshirish istagida “Kaspiyskiy” xususiy bankini sotib oldi. Ammo u bankni boshqarish va kreditlash bo‘yicha tajribasiz edi, bu esa ko‘plab qiyinchiliklarga sabab bo‘ldi. Kim bu kunlarini eslar ekan “Hamma muvaffaqiyatli tadbirkorlar bank sotib olayotganini ko‘rgach biz ham shunday qildik. Lekin bu biznes qanday ishlashini tushunmasdik,” – deydi.

“Hamma muvaffaqiyatli tadbirkorlar bank sotib olayotgandi, biz ham shunday qildik. Lekin bank biznesi qanday ishlashini tushunmasdik,” – deya eslaydi.

Baring Vostok va Lomtadze bilan hamkorlik

Kim bu qiyinchiliklarni yakka o‘zi yengolmasligini anglab, Baring Vostok fondidan yordam so‘radi. Fonddagi yosh moliyachi Mixail Lomtadze bilan hamkorlik Kaspi.kz tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. Gruziyada tug‘ilgan, Garvardda MBA darajasiga ega bo‘lgan Lomtadze GCG audit kompaniyasiga asos solgan edi. 2004-yilda Kim va Lomtadze birlashib, Kim aksiyalarning 51 foiz ulushini Baring Vostok fondiga sotishga qaror qildi.

Kaspi.kz: Strategik o‘zgarishlar

Lomtadze xalqaro tajribaga ega yosh mutaxassislarni ishga olib, bank rahbariyatini yangiladi, kompaniya faoliyatini yaxshiladi.

Iste’molchilarga e’tibor: Kaspi.kz tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi va iste’molchilarga qulay moliyaviy xizmatlarni taklif qildi.

Davlat bilan hamkorlik: Kim amaldorlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatdi va ularga mos xizmatlarni taklif qila boshladi.

Ekotizim yaratish: Kaspi.kz oddiy bankdan texnologik kompaniyaga aylanish uchun bir qancha xizmatlarni ishga tushirdi. Bular telefon raqami yoki QR-kod orqali to‘lov tizimlari, onlayn va oflayn xaridlarni birlashtiruvchi marketpleys, soliq, ta’lim va transport to‘lovlari uchun davlat xizmatlari integratsiyasi.

  • Telefon raqami yoki QR-kod orqali to‘lov tizimlari.
  • Onlayn va oflayn xaridlarni birlashtiruvchi marketpleys.
  • Soliq, ta’lim va transport to‘lovlari uchun davlat xizmatlari integratsiyasi.
  • Kaspi.kz va Humo: O‘zbekiston bozoriga kirishga urinish
  • Markaziy Osiyoda aholi soni jihatdan katta imkoniyatlarga ega bo’lgan O‘zbekiston investorlar uchun jozibali davlatga aylanmoqda.

Humo tizimini sotib olishdan voz kechish

2024-yil Kaspi.kz O‘zbekistondagi Humo milliy to‘lov tizimining 100 foizlik davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirdi. U tizimni innovatsion texnologiyalar bilan boyitib, naqd pulsiz to‘lovlarni qulay va ommabop qilish, katta investitsiya kiritishni rejalashtirgan edi.

Kaspining to‘lov tizimini sotib olishidagi ehtimoliy holati va buning ijobiy tomonlari haqida o‘ylasak, milliy kompaniyalarning sotuvida qimmatroq narxga baholanish imkonini yaralishi, salbiy holatlar sifatida esa monopoliya yuzaga kelgan holatda to’lov tizimida narxlar oshishini taxmin qilish mumkin. Humo tizimini xususiylashtirish jarayoni esa davom etdi va Paynet kompaniyasi Humoni 65 million AQSh dollarga sotib oldi. Paynet 2005-yilda Botir Arifjanov tomonidan tashkil etilgan.

So‘nggi so‘z o‘rnida

Umuman olganda davlatning to‘lov tizimini xorijiy kompaniyalarga sotish qanchalik to‘g‘ri degan masala anchayin bahsli. Buning iqtisodiy xavflari yuqoriligi haqida tortishuvlar tugamaydi. Ochiq bozorga ega davlatlarda bu savolga javob muqarrar: to‘lov tizimining kimda bo‘lishi ahamiyati nolga teng. Ammo bitta kompaniya ham to‘lov tizimi, bank va to‘lov tashkilotiga ega bo‘lishi absolyut iqtisodiy monopoliyaga yo‘l ochishi sir emas.

Humoning sotilishi keysida talabgorlar orasida Kaspi.kz bilan birga boshqa yirik IT sohasidagi kompaniyalardan biri ham o‘yindan chiqqanini ma’lum qilgan. Ammo talabgorlar taklif qilgan narx ochiqlanmadi.

Shuningdek, Kaspi. kz 2024-yil oktyabrida turk bozoridagi Hepsiburada onlayn-do‘konining 65 foiz ulushini 1,127 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu shartnoma 2025-yilning birinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda.

Bu kelishuv haqida Lomtadze shunday deydi:

Turkiya bozori biz uchun qiziqarli — u ayrim jihatlari bilan Qozog‘iston bozoriga o‘xshaydi. Bozor hajmi biz uchun juda muhim — 85 milliondan ortiq aholi. Qaror qabul qilishda asosiy omil, albatta, sotib olinadigan kompaniyaning o‘zidir.Unda juda kuchli menejment va xizmatlar yaratishga asoslangan.

Kaspi.kz misolida xususiylashtirish jarayonlarida shaffoflikni yo‘lga qo‘yish har bir davlat rivoji uchun manfaatli raqobat muhiti yaratishini ta’kidlash o‘rinli.

Tayyorladi: Laylo Xondamirovna

Tags: BankHUMOKaspi.kzPaynetVyacheslav Kim
Previous Post

Kosmik faoliyat to‘g‘risida qonun qabul qilindi

Next Post

Britaniyalik Cera kompaniyasi sun’iy intellekt platformasini kengaytirish uchun $150 million dollar mablag‘ jalb qildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

Oktabr 13, 2026
O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Sentabr 8, 2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
Next Post
Britaniyalik Cera kompaniyasi sun’iy intellekt platformasini kengaytirish uchun $150 million dollar mablag‘ jalb qildi

Britaniyalik Cera kompaniyasi sun’iy intellekt platformasini kengaytirish uchun $150 million dollar mablag‘ jalb qildi

Bolt kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bolt kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat

Oktabr 13, 2026
Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda

Oktabr 13, 2026
Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda

Oktabr 13, 2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi uchun qancha elektr energiyasi kerak?

Oktabr 13, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda $320 millionlik Deep Tech park quriladi: yuqori texnologiyali sanoat uchun yangi imkoniyat
  • Apple bugun yangi aqlli uy qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda
  • Microsoft va Meta Claude Code’dan foydalanishni qisqartirib, o‘z AI vositalariga o‘tmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?