Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Nvidianing AI chiplar bozoridagi hukmronligi: Intel va AMD yetib olishi mumkinmi?

by Gulnoza Sobirova
May 28, 2025
in AI
Reading Time: 3 mins read
A A
Nvidianing AI chiplar bozoridagi hukmronligi: Intel va AMD yetib olishi mumkinmi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt misli ko‘rilmagan sur’atda rivojlanayotgan hozirgi davrda texnologik ustunlik har qachongidan ham muhim. Bu borada Nvidia boshqa barcha raqobatchilardan ancha oldinda. Uning Hopper va Blackwell arxitekturalari orqali Nvidia AI chiplarining samaradorligi, masshtabi va qo‘llanilishida katta ustunlikka erishdi. Bugungi ChatGPT yoki Gemini kabi ilg‘or model va xizmatlar aynan Nvidia chiplarida ishlaydi. Shu bois, kompaniya AI sohasida “oltin standart”ga aylangan.

Blackwell: o‘yinni butunlay o‘zgartirgan chip

2024-yil mart oyida Nvidia Blackwell arxitekturasini taqdim etganida, bu oddiy yangilanish emasligi darhol ayon bo‘ldi — bu texnologiyada ulkan sakrash edi. Markazida joylashgan GB200 “superchip” — ikkita B200 GPU va Nvidia’ning Grace protsessorini birlashtiradi. Kompaniyaga ko‘ra, u avvalgi H100 chipiga nisbatan AI inference bosqichida (ya’ni AI real hayotda qo‘llanilganda) 30 barobar yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Yana bir muhim jihat — bu yuksak natijalar katta tejamkorlik bilan birga kelmoqda: Nvidia’ning aytishicha, Blackwell energiya sarfini va ekspluatatsiya xarajatlarini 25 barobarga kamaytiradi. Ma’lumot markazlari va AI kompaniyalari uchun tezroq, arzonroq va ekologik yechimlar juda muhim — shuning uchun bu texnologiya ular uchun nihoyatda jozibador.

Intelning kurashi: Gaudi 3 yetarli emas

Bir paytlar chip sanoatining yetakchisi bo‘lgan Intel bugun raqobatni quvib yetishga urinmoqda. U 2023-yil oxirida Gaudi 3 akseleratorini taqdim etdi. Ammo bu chip Nvidia’ning avvalgi avlod mahsulotlariga raqobatchi bo‘la olsa-da, kompaniyaning kuchli ekotizimi va dasturiy platformalari bilan bellasha olmaydi.

Tahlilchilarning aytishicha, Intelning AI chiplarida hali ham benchmark natijalari va bozorga kirish darajasi bo‘yicha ortda qolish kuzatilmoqda. Garchi Intel AI bozoriga jiddiy kirishga urinayotgan bo‘lsa-da, u Nvidia kabi kuchli dasturiy platforma va global dasturchilar hamjamiyatiga ega emas — bu esa Nvidia’ni AI ishlab chiquvchilar uchun asosiy tanlovga aylantirgan omillardandir.

AMDning poygasi sekinlashmoqda

So‘nggi yillarda Nvidia’ga eng jiddiy raqobatchilardan biri bo‘lgan AMD, bosh direktor Lisa Su rahbarligida AI chiplar bozorida sezilarli harakat qilgan. Ularning MI300X protsessori katta hajmli AI model treningi va inference uchun yaratilgan. Ammo so‘nggi benchmark natijalari shuni ko‘rsatadiki, u hali ham Nvidia’ning H200 chipidan ortda qolmoqda — yangi Blackwell chiplariga esa umuman yaqin emas.

Bu AMDni murakkab holatga solmoqda: hurmatga sazovor, lekin ortda qolgan. AMD texnik salohiyatga ega bo‘lsa-da, hozirgi bosqichda Nvidia’ni quvib yetish uchun faqat apparat imkoniyatlar yetarli emas. Chunki Nvidia kuchini butun ekotizimdan oladi: chiplar, tarmoqlanish texnologiyalari, CUDA kabi dasturiy kutubxonalar va chuqur integratsiyalashgan ishlab chiquvchilar jamoasi — bularning barchasi Nvidia’ni ustunlikka olib kelmoqda.

Nvidianing g‘alabasining sababi nima?

Nvidianing ustunligi faqat chip emas — balki chiplarning AI uchun to‘liq tayyor infratuzilmaga qanday mos tushishidir. 2019-yilda Mellanox Technologies kompaniyasini sotib olganidan beri, Nvidia ma’lumot markazlari uchun to‘liq yechimlar taklif qiladi: hisoblash quvvati, tarmoq, xotira va AI frameworklarigacha.

Shu sababli, Nvidia oddiy chip ishlab chiqaruvchi emas. U — to‘liq AI tizimlarini taqdim etadigan kompaniya. Ya’ni, biror laboratoriya yoki korxona yirik AI modellarini yaratmoqchi va ishga tushirmoqchi bo‘lsa, kerakli hamma narsani Nvidia’dan topadi.

Raqobat manzarasi

Intel va AMD hali taslim bo‘lgani yo‘q. Ikkala kompaniya ham AI yo‘l xaritalariga katta sarmoya kiritmoqda. Intel yaqin orada Falcon Shores platformasini taqdim etishi kutilmoqda, AMD esa keyingi avlod Instinct GPU’lari bilan Nvidia’ga yaqinlashishni maqsad qilgan.

Ammo vaqt ularning foydasiga ishlamayapti. AI portlashi aynan hozir yuz bermoqda, va Nvidia allaqachon Google, Amazon va Microsoft kabi yirik texnologik kompaniyalarga o‘n minglab H100 va B200 chiplarini yetkazib bo‘lgan. Uning bugungi hukmronligi — keyingi o‘n yillik AI infratuzilmasini shakllantiradigan dasturiy va texnik ustunlikni yaratmoqda.

Xulosa

AI kuchi uchun kurashda Nvidia nafaqat yetakchi — balki butun yo‘nalishni belgilovchi o‘yinchini aylandi. Intel va AMD hali innovatsiyalar orqali bozorga qaytishi mumkin, biroq hozircha Blackwell — eng kuchli chip, Nvidia esa ishonchli tanlov bo‘lib qolmoqda.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Sun’iy intellekt startaplari o‘z g‘oyasini qanday sotishi mumkin: Meta menejeridan tavsiyalar

Next Post

Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Yanvar 20, 2026
Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Yanvar 22, 2026
Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi
  • Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi
  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?