Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi

by Gulnoza Sobirova
May 29, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 3 mins read
A A
Dunyoni chuv tushirgan MIT bitiruvchisi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Atigi ikki yil muqaddam, Sam Bankman-Fried (SBF sifatida tanilgan) kripto olamining porloq yulduzi, texnologiya va xayriya sohalarini birlashtirgan “oltin bola” sifatida e’tirof etilar edi. MIT bitiruvchisi bo‘lgan Sam FTX va Alameda Research kompaniyalarini barpo etib, tez orada butun dunyodagi eng taniqli kiripto tadbirkorlaridan biriga aylangandi. U jurnal muqovalaridan joy oldi, siyosiy kompaniyalarga millionlab ajratdi, jamiyat oldida o‘zini sahiy texnoxayriyachi sifatida ko‘rsatdi.

Bugunga kelib esa, u panjara ortida — AQSh tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan birini rejalashtirganlik uchun 25 yilga qamalgan.

Milliard dollarlik kripto imperiyasi

1992-yilda ikki nafar Stenford huquq professorlari oilasida tug‘ilgan Sam Bankman-Friedning yuksalishi chaqmoqdek tez kechdi. U MIT universitetini fizika yo‘nalishida tamomlagach, qisqa muddat Jane Street Capitalda ishladi va 2017-yilda Alameda Research treyding firmasi, 2019-yilda esa FTX kripto birjasiga asos soldi. Uning treyding firmasi va kripto birjasi bir-biriga juda bog‘langan edi, lekin bu bog‘liqlik darajasi aksariyat investorlar va regulyatorlar uchun noma’lum edi.

FTX qisqa vaqt ichida dunyodagi eng yirik kripto platformalardan biriga aylandi. Eng yuqori baholanishida kompaniya $32 milliardga teng edi va Sequoia Capital hamda SoftBank kabi yirik investorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. SBF esa har yerdan chiqardi — Kongressda guvohlik berar, etika va samarali xayriyachilik haqida intervyular berar, va boyligini butunlay xayriya qilishga va’da berar edi.

Firibgarlik, qulash va qo‘lga olinish

2022-yil noyabr oyida FTX imperiyasidagi yoriqlar ko‘rina boshladi. Yashirin moliyaviy hujjatlar sizib chiqishi Alameda kompaniyasining aktivlari milliardlab dollarga teng FTT tokenlari (FTX tomonidan chiqarilgan) ekanini ochiqladi — bu esa moliyaviy barqarorlikka shubha uyg‘otdi. Mijozlar ommaviy ravishda pullarini yechib olishga urinarkan, haqiqat ayon bo‘ldi: FTXda bu pullar yo‘q edi.

O‘tkazilgan tergovlar shuni ko‘rsatdiki, mijozlarning depozitlari noqonuniy tarzda ishlatilgan — Alameda’ning xavfli treydinglari va qarzlarini yopish uchun yo‘naltirilgan. 2022-yil dekabrda SBF Bagam orollarida hibsga olinib, AQShga ekstraditsiya qilindi. Unga nisbatan firibgarlik, qimmatli qog‘ozlar va tovarlar bilan aldov, pul yuvish va jinoiy til biriktirish bo‘yicha jiddiy ayblovlar qo‘yildi.

2023-yil noyabrida u yettita modda bo‘yicha aybdor deb topildi. 2024-yil mart oyida esa 25 yil federal qamoq jazosiga hukm qilindi va $11 milliarddan ortiq boyligini musodara qilish buyrug‘i chiqarildi.

Caroline Ellison: asosiy guvoh va sobiq qizi

Sud jarayonidagi asosiy shaxslardan biri bu Caroline Ellison edi — Alameda kompaniyasining sobiq bosh direktori va SBFning sobiq qizi. U o‘z aybini tan oldi va prokuratura bilan hamkorlik qildi, Bankman-Friedga qarshi halokatli guvohlik berdi. 2024-yil sentabr oyida u 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, yaxshi xulqi evaziga esa 2026-yilda muddatidan oldin ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

Ellisonning guvohligi orqali fosh bo‘ldiki, Alameda FTX mijozlarining pullaridan xavfli savdolar qilish, qarzlarni yopish va yo‘qotishlarni qoplash uchun foydalangan, va bu hammasi SBFning roziligi bilan amalga oshirilgan.

Panjaralar orqasidagi hayot

Hozirda Sam Bankman-Fried Kaliforniyadagi FCI Terminal Island nomli past xavfsizlik darajasiga ega qamoqxonada saqlanmoqda. Dastlab unga 25 yil qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, Business Insider xabariga ko‘ra, u reabilitatsiya dasturlarida faol ishtirok etgani va yaxshi xulq-atvori tufayli uning ozodlikka chiqish sanasi 2044-yil 14-dekabrga — to‘rt yil oldinga surilgan.

FTX qulashi kripto olamini fosh qildi

FTX mojarosi butun kripto sanoatini larzaga soldi. Bu voqea yirik mablag‘lar, katta nomlar va shov-shuvli marketing ortida qanday xavfli moliyaviy manipulyatsiyalar yashiringanini ko‘rsatdi. Ayniqsa, asoschining karizmasi, texnologik jargon va sun’iy brending qanday qilib investorlar va regulyatorlarni chalg‘itganini yaqqol ochib berdi. FTX’ga milliardlab dollar sarflagan yirik fondlar hech qanday chuqur audit yoki tahlil qilmagan, regulyatorlar esa muammo yuzaga chiqqachgina harakatga tushgan.

Bu mojaro hali to‘liq yakuniga yetgani yo‘q. Ammo bugun u nafaqat kriptovalyutalar, balki cheklanmagan ambitsiyalar, yetarli regulyatsiya bo‘lmagani va shaxsga sig‘inishning xavfli oqibatlari haqida ogohlantiruvchi dars bo‘lib qolmoqda.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Nvidianing AI chiplar bozoridagi hukmronligi: Intel va AMD yetib olishi mumkinmi?

Next Post

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Neuralink: Inson miyasi va texnologiya orasidagi yangi davr

Neuralink: Inson miyasi va texnologiya orasidagi yangi davr

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Noyabr 13, 2025
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Noyabr 13, 2025
Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Noyabr 11, 2025
O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo
  • Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik
  • Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?