Uch hafta oldin, OpenAI’ning istiqbolli mahsulotlaridan birida ishlagan muhandis Kelvin French-Oven kompaniyadan iste’foga chiqdi. U yaqinda kompaniyada bir yil davomida ishlagan tajribasi haqida qiziqarli blog posti e’lon qildi. Postda u, jumladan, Codex – OpenAI’ning dasturlashga mo‘ljallangan yangi agenti – ustida kechayu-kunduz ishlashganini batafsil bayon qiladi. Bu agent Cursor yoki Anthropic’ning Claude Code kabi vositalarga raqobatchi hisoblanadi.
French-Oven aytishicha, u kompaniyani tark etishining sababi “drama” emas, balki u yana o‘zining asl ishi – startap asoschiligiga qaytmoqchi bo‘lganidir. U ilgari Segment nomli mijozlar ma’lumotlariga ixtisoslashgan startapni hamasos solgan, bu kompaniya 2020-yilda Twilio tomonidan 3,2 milliard dollarga sotib olingan edi.
Uning OpenAI madaniyati haqidagi ba’zi kuzatuvlari kutilganidek bo‘lsa-da, ayrim fikrlari kompaniya haqidagi keng tarqalgan noto‘g‘ri tasavvurlarni inkor qiladi. (Unga izoh olishning imkoni bo‘lmadi.)
Tez sur’atdagi o‘sish
French-Oven yozishicha, u ishlagan bir yil ichida OpenAI xodimlar soni 1 000 nafardan 3 000 nafarga yetgan. Bu darajadagi yollashlar bejiz emas: kompaniya eng tez o‘sayotgan iste’molchi mahsuloti sifatida tanilgan va raqobatchilari ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Masalan, OpenAI mart oyida ChatGPT foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshganini ma’lum qilgan edi.
Tashkiliy muammolar
Tez o‘sish muammolarni ham keltirib chiqargan. French-Oven buni quyidagicha tasvirlagan: “Bunday tez sur’atda o‘sishda hamma narsa buziladi: ichki muloqot, hisobot tizimi, mahsulotni ishlab chiqish tartibi, odamlarni boshqarish, hatto yollash jarayonlari ham.”
Startap ruhiyati saqlanib qolgan
Shunga qaramay, kompaniya hanuzgacha kichik startaplarga o‘xshash faoliyat yuritadi: g‘oyalarni amalga oshirishda xodimlarga katta erkinlik beriladi. Ammo bu yondashuv natijasida ko‘p hollarda turli jamoalar bir xil narsani bir necha bor ishlab chiqmoqda. Masalan, u “navbat boshqaruvi” yoki “agent loop”lar kabi funksiyalar uchun kamida olti xil kutubxonani ko‘rganini aytadi.
Kod sifati va texnik muammolar
Kod sifati ham bir hil emas – unda tajribali Google muhandislarining bir milliard foydalanuvchiga xizmat qiluvchi kodlari bilan, endi doktorlik darajasini olgan va hali real dunyo tajribasiga ega bo‘lmaganlar yozgan kodlar yonma-yon joylashgan. Bu va Python’ning moslashuvchanligi sabab, asosiy kod bazasi (ya’ni “back-end monolit”) “har xil narsalar to‘planib qolgan joyga” aylangan.
Ba’zida tizimda uzilishlar bo‘lib turadi yoki kodni ishga tushirish ko‘p vaqt oladi. Biroq rahbariyat bu muammolardan xabardor va ularni hal qilish ustida ishlamoqda.
Ishga tushirish ruhiyati
OpenAI hali ham o‘zini yirik korxona deb bilmaydigandek harakat qiladi. Ular asosiy ish jarayonlarini hali ham Slack orqali yuritishadi. Bu esa ularni dastlabki yillardagi Facebook’ni eslatadigan “tez harakat qil va buz” falsafasiga yaqinlashtiradi. Ko‘plab ishchilar esa aynan Metadan yollangan.
French-Owen jamoasi – sakkiz muhandis, to‘rt tadqiqotchi, ikki dizayner, ikki savdo vakili va bir mahsulot menejeridan iborat edi. Ular Codex’ni atigi yetti haftada ishlab chiqib, foydalanishga topshirishgan. Buning uchun deyarli uxlashmagan, lekin bu tajriba unutilmas bo‘lgan.
Mahsulot ishga tushgan zahoti foydalanuvchilar oqimi boshlandi. “Men hech qachon shunchalik tez o‘sayotgan mahsulotni ko‘rmaganman – faqat ChatGPT’dagi chap yon panelda paydo bo‘lishi kifoya,” deya yozadi u.
Maxfiylik va tashqi nazorat
ChatGPT atrofida juda ko‘p e’tibor mavjud bo‘lgani uchun kompaniyada qattiq maxfiylik madaniyati shakllangan. Shu bilan birga, OpenAI ijtimoiy tarmoqlarga, xususan X (Twitter)’ga ham doimiy nazar tashlab turadi. Agar biror post virusdek tarqalsa, kompaniya buni ko‘radi va zarurat bo‘lsa, javob qaytaradi. “Bir tanishim hazillashib: ‘bu kompaniya twitter kayfiyati asosida ishlaydi’, degandi,” deb yozadi u.
Eng katta noto‘g‘ri tushuncha
French-Owen’ga ko‘ra, OpenAI haqidagi eng keng tarqalgan noto‘g‘ri qarash – bu kompaniya xavfsizlikka e’tibor bermaydi, degan fikr. Albatta, sobiq xodimlar ham bu borada tanqidlar bildirgan.
Ammo u kompaniya ichida nazariy xavflardan ko‘ra amaliy xavfsizlik masalalariga ko‘proq urg‘u berilishini ta’kidlaydi – masalan: nafratli so‘zlar, suiiste’mollar, siyosiy manipulyatsiya, biologik qurol tayyorlash, o‘zini o‘ldirishga undovchi kontent, yoki “prompt injection” kabi texnik muammolar.
Bu bilan birga, uzoq muddatli xavflar ham nazarda tutilmoqda – alohida tadqiqotchilar bu borada ish olib borishmoqda. OpenAI bugungi kunda uning LLM’lari bilan millionlab foydalanuvchilar tibbiy maslahatdan tortib psixologik yordamgacha foydalanayotganini yaxshi tushunadi.
Shuningdek, davlat idoralari ham, raqobatchilar ham kompaniya faoliyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Va, albatta, OpenAI ham o‘z raqiblarini sinchiklab kuzatmoqda. French-Owen yozadi: “Vaziyat juda jiddiy – garovlar katta.”
















