Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston startaplari uchun Afrika va MENA bozorlariga yangi ko‘prik qurilmoqda

by Pivot
Aprel 8, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
O‘zbekiston startaplari uchun Afrika va MENA bozorlariga yangi ko‘prik qurilmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonning eng yirik venchur studiyasi hisoblangan Startup Garage yaqindagina nufuzli CEVF 2026 forumida «Eng yaxshi ekotizim ishtirokchisi» (The Best Ecosystem Player) nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Ushbu yuksak e’tirof tasodifiy emas — u kompaniyaning so’nggi yillardagi dadil strategik qadamlari, xususan, O’zbekiston loyihalarini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) bozorlariga olib chiqish borasidagi tinimsiz harakatlarining mantiqiy natijasidir.

O’tgan davr mobaynida O‘zbekiston startap va venchur ekotizimining yetakchi ishtirokchilari — Startup Garage, Imkon Ventures, Asaxiy Invest va REVO GLOBAL delegatsiyasi Afrikaning eng yirik texnologiya va innovatsiya maydoni bo‘lgan Marokashdagi GITEX Africa ko’rgazmasida ishtirok etgan edi.

Bu tashrif shunchaki tanishuv emas, balki O‘zbekiston startaplari va tadbirkorlari uchun Afrika hamda MENA bozorlariga chiqish bo‘yicha amaliy ko‘prik yaratishga xizmat qildi. Kengayish doirasida Startup Garage Kasablanka (Marokash) shahrida o’zining yangi ofisini ochib, Shimoliy Afrikada o‘z faoliyatini boshlagan Markaziy Osiyodagi birinchi venchur studiyaga aylandi.

Startup Garage Morocco mintaqaviy rahbari Zaid Benbya ikki mintaqa o’rtasidagi bu kabi integratsiyani ulkan imkoniyat deb hisoblaydi:

«Biz Marokashda Startup Garage faoliyatini yo‘lga qo‘yganimizdan beri bir narsani aniq ko‘rdik: Markaziy Osiyo va Afrika o‘rtasida hali to‘liq ochilmagan, lekin juda katta salohiyatga ega bo‘lgan tabiiy hamkorlik maydoni bor. O‘zbekistonlik founderlar va tadbirkorlarning bu yerga kelib, bozorni bevosita o‘rganayotgani juda quvonarli. Bu shunchaki tashrif emas — bu uzoq muddatli hamkorliklar, investitsiyalar va real biznes aloqalarining boshlanishi.»

Afrika qit’asiga kirishdan avval Startup Garage mamlakatimizning barcha 14 hududida o’z qamrovini ta’minlab, 150 dan ortiq startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ulgurgan edi. Ulardan 10 dan ortig‘i allaqachon $2 milliondan ziyod tashqi investitsiyalarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. REVO GLOBAL vakili Yo‘ldoshboy Sultonov uchun bu Marokashga ilk tashrif bo‘ldi. U bugungi tashabbusni O‘zbekistonlik founderlar uchun yangi bosqich deya e’tirof etdi:

«Aytishim mumkinki, bu safar biz uchun juda foydali tajriba berdi. Bozorning ichki qatlamini ko‘rish, odamlar va biznes kayfiyatini his qilish katta ahamiyatga ega. Kelajakda bu yerda hamkorliklarni kuchaytirish va biznes imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish niyatidamiz. Shu jihatdan, bunday tashrifni tashkil etib, bizga yangi ufqlarni ochib bergani uchun Startup Garage jamoasiga tashakkur bildiraman.»

Marokash bozoriga kirish xaritadagi tasodifiy tanlov emasligini real raqamlar ham tasdiqlaydi: 2025-yilda Kasablankada ilk ofis ishga tushirilishi bilanoq, qisqa vaqt ichida 200 dan ziyod mahalliy startapchilar ushbu platforma atrofida jipslashdi. Kompaniyaning keyingi strategik rejalari yanada yirikroq — operatsion faoliyatni kengaytirib, 100 ta doimiy rezident-kompaniyalardan iborat yirik ekotizimni shakllantirish. Ushbu zamonaviy infratuzilma nafaqat mahalliy loyihalar, balki uzoq Markaziy Osiyodan kelayotgan founderlar uchun ham Yaqin Sharq va Afrika (MENA) bozorlarini zabt etishda yagona tayanch markaz vazifasini o’taydi.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar orqasida chuqur o’ylangan strategiya yotibdi. Bu jarayonlarni xulosalar ekan, Startup Garage asoschisi Muhammad Xalil o’z oldilariga qo’yilgan asosiy vazifaga alohida to’xtalib o’tdi:

«Bizning maqsadimiz faqat delegatsiya olib kelish emas. O‘zbek startaplari butun dunyo uchun zarur bo‘lgan texnologik yechimlarni ishlab chiqmoqda. Biz O‘zbekiston startaplari uchun global bozorni uzoqdagi orzu emas, qo‘l yetadigan imkoniyatga aylantiradigan — bozor, sherik, investor va operatsion tayanch vazifasini bajaruvchi platforma quryapmiz.»

Startup Garage haqida

Startup Garage — founder’lar, startap jamoalar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi platforma. U ta’lim, mentorlik, akseleratsiya, investor aloqalari va bozorga chiqish imkoniyatlari orqali ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Asosiy maqsad — O‘zbekiston va xalqaro bozorlarda founder’lar uchun real imkoniyatlar yaratish, ularni kapital va strategik hamkorliklar bilan bog‘lashdir.

Previous Post

Toshkentdagi 5-Markaziy Yevrosiyo venchur forumi bo’lib o’tdi

Next Post

Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Pivot

Related Posts

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
CEVF 2026’da O‘zbekiston ekotizimi kuchini namoyish etdi: Startup Garage, AloqaVentures va Pivot mintaqaning eng yaxshilari qatoridan joy oldi

CEVF 2026’da O‘zbekiston ekotizimi kuchini namoyish etdi: Startup Garage, AloqaVentures va Pivot mintaqaning eng yaxshilari qatoridan joy oldi

Aprel 3, 2026
O‘zbekistonda kompaniyalar uchun imtiyozlarga ega xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda kompaniyalar uchun imtiyozlarga ega xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi

Mart 26, 2026
Neuralink N1: Inson miyasi va kompyuter interfeysining 100 kunlik amaliy natijalari

Neuralink N1: Inson miyasi va kompyuter interfeysining 100 kunlik amaliy natijalari

Mart 25, 2026
Next Post
Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Naqdsiz to'lov majburiy bo'ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O'zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

Aprel 15, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi
  • HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi
  • O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?