Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida (11-aprel, Buxoro) IT Park Ventures va White Hill Capital o’rtasida $2 milliongacha hajmdagi qo’shma investitsiya fondi to’g’risida bitim imzolandi.
Fond nafaqat yangi investitsiya instrumenti, balki Markaziy Yevroosiyo venchur infratuzilmasining institutsional rivojlanishiga muhim qadam. U quyidagilarga xizmat qiladi:
- O’zbekiston va Qozog’istondagi startaplarga institutsional kapital yetkazish
- Transchegaraviy hamkorlik va co-investment imkoniyatlarini kengaytirish
- Xalqaro tajriba, standartlar va strategik aloqalarni mintaqaga olib kirish
- Mintaqaviy diaspora asoschilari va tanlangan xalqaro founderlar uchun kirish nuqtasi yaratish
Maqsadli yo’nalishlar
- Markaziy Yevroosiyodagi early-stage startaplar
- Global miqyosda faoliyat yurituvchi mintaqaviy diaspora asoschilari
- Texnologiya transferi va bozorga kirish orqali strategik qiymat yaratuvchi xalqaro founderlar
Dalerkhon Nodirov, IT Park Ventures direktori:
«Bu nafaqat kapital, balki startaplar oqimini kengaytirish, transchegaraviy investitsiya hamkorligini kuchaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish demakdir.»
«O’zbekiston va Qozog’iston mintaqa ekotizimining asosi. Bu fond zarur investitsion infratuzilmani yaratish yo’lidagi amaliy qadam», —deb ta’kidladi Aslan Sultanov, White Hill Capital boshqaruvchi hamkori.
White Hill Capital haqida
Qozog’istonlik VC firma, early-stage startaplarga investitsiya qiladi (fintech, AI, raqamli yechimlar). Jahon banki va Qozog’iston Raqamli rivojlanish vazirligi ko’magida tashkil etilgan Tumar Venture Fund LPni boshqaradi. Tumar Innovation Hub akseleratori orqali startaplarga Saudiya Arabistoni va BAA bozorlariga chiqishda yordam beradi.














