Kazakistonlik startap Partners Pay, mamlakatda ko‘plab frilanserlar va o‘zini o‘zi band qilganlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona yechim yaratish bilan shug‘ullanadigan loyiha, 300 ming dollar miqdorida investitsiya oldi. Mablag‘ni taniqli tadbirkor va investor, MOST Holding aksiyadori hamda Kengash raisi Askhat Sagdiev kiritdi. Bitim vaqtida kompaniya 4 million dollarga baholandi.
Startap bosh direktori Azamat Zharilkassynning ta’kidlashicha, ular doim “smart money” izlaydi:
“Askhat bizning tamoyillarimizga mos keladi. U moliya, fond bozori va investitsiya bo‘yicha katta tajribaga ega, bu esa Partners Pay rivojlanishiga to‘liq rezonans beradi.”
Ushbu investitsiya bilan kompaniya Pre-Series A oldidan bridge-raundni yopdi. Mablag‘ Qozog‘istonda bozor pozitsiyasini kuchaytirish va O‘zbekistonda kengayishni tezlashtirishga yo‘naltiriladi. Startap texnik va operatsion jamoani kengaytirayotgani, mijozlar oqimi oshgani uchun ish sur’atini tezlashtirayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Visa kompaniyasining turli xizmatlarini platformaga ulash jarayoni boshlangan — buning uchun qo‘shimcha sertifikatlar va investitsiya talab qilinadi.
Partners Pay’ning 2026-yil oxirigacha ustuvor maqsadlari:
- Qozog‘istonda pozitsiyani mustahkamlash, O‘zbekistonda faol kengayish
- Har oylik takroriy daromadni (MRR) 150 mln tengega yetkazish
- Operatsion rentabellikka chiqish
- Bank integratsiyalarini kengaytirish, yangi bank mahsulotlarini ishga tushirish
- “To‘lovlarni moliyalashtirish” — bizneslarga qisqa muddatli tez kredit taklif qiluvchi yangi moliyaviy xizmatni yaratish
Partners Pay — Qozog‘istonda fintex ekotizimini rivojlantirayotgan platforma bo‘lib, u massaviy tez to‘lovlar, kadrlar elektron hujjat aylanishi va gig-iqtisodiyot uchun buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beradi.

















