Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

PLATMA: O‘zbekiston bank tizimini “Bank 2.0” sari olib borayotgan transformatsion yechim

by Gulnoza Sobirova
Iyun 9, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 3 mins read
A A
PLATMA: O‘zbekiston bank tizimini “Bank 2.0” sari olib borayotgan transformatsion yechim
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Zamonaviy moliyaviy xizmatlar bozori jadal o‘zgarayotgan bir vaqtda, banklar endi shunchaki kredit beruvchi yoki hisob yurituvchi tashkilotlar bo‘lishdan chiqmoqda. Bugunning mijozlari bankdan real vaqt rejimida ishlaydigan, biznes bilan integratsiyalashgan, qaror qabul qilishda yordam beradigan texnologik hamkorlikni kutmoqda. O‘zbekiston bank sektorida bu o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan ilg‘or yechim bu — PLATMA platformasidir.

PLATMA — bu kichik va o‘rta biznes (KOB) uchun mo‘ljallangan raqamli operatsion tizim bo‘lib, bank infratuzilmasiga integratsiyalashgan holda ishlaydi. AloqaVentures investitsiyaviy portfeliga kiruvchi ushbu innovatsion startap hozirda Aloqabank tizimiga joriy etilmoqda. Bu orqali bank o‘zining an’anaviy moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi funksiyasidan chiqib, “Bank 2.0” modeli — ya’ni biznesning raqamli hamkoriga aylanmoqda.

PLATMA platformasi orqali bank mijoz bilan bitta tizimda ishlaydi. U mijozning real vaqt rejimidagi ma’lumotlarini qabul qilib, sun’iy intellekt yordamida ularning biznes faoliyatini tahlil qiladi va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar beradi. Bank endi nafaqat moliyaviy mahsulotlarni taqdim etadi, balki qachon, qanday mahsulot kerakligini o‘zi taklif qiladigan aqlli tizimga aylanadi.

PLATMA yordamida bank KOB segmentidagi mijozlar uchun real vaqt rejimida interaktiv ko‘rsatkichlar, masalan, “biznes sog‘lig‘i” dashi — moliyaviy holat, xarajatlar, tushum va savdo hajmi kabi ko‘rsatkichlarni taqdim etadi. Sun’iy intellekt tavsiyalari orqali qayerdan tejash, qayerga sarmoya qilish, qanday o‘sish mumkinligi haqida tahliliy maslahatlar beriladi. Platforma CRM, ERP, elektron tijorat, buxgalteriya, davlat reyestrlari va bank tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Avtomatlashtirish tizimi dasturchilarsiz — no-code formatda — har bir biznes ehtiyojiga mos yechimlar yaratadi. Bank mahsulotlariga, jumladan, kredit, faktorинг, sug‘urta xizmatlariga bitta tugma orqali kirish mumkin bo‘ladi.

PLATMA bankni mijoz uchun ajralmas raqamli sherikka aylantiradi. Mijoz biznesi bilan doimiy aloqa, uzluksiz axborot almashinuvi va shaxsiylashtirilgan yondashuv orqali bank mijoz uchun faqat xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki real biznes hamkoriga aylanadi.

Bunday transformatsiya bank uchun quyidagi foydalarni keltiradi: yangi mijozlarni, shu jumladan raqobatchilardan o‘ziga jalb etish; mavjud mijozlar sodiqligini oshirish; mijozning umrbod qiymatini (LTV) oshirish; mijozlar oqimini kamaytirish; bankni moliyaviy xizmat emas, balki biznesning ajralmas qismi sifatida namoyon etish.

An’anaviy bankda mijoz mustaqil ravishda muammolariga yechim izlaydi. Ma’lumotlar bo‘lakcha tizimlarda saqlanadi, kredit olish esa uzoq va murakkab jarayondir. PLATMA asosidagi “Bank 2.0” modeli esa bu vaziyatni butkul o‘zgartiradi: mijoz biznesini real vaqt rejimida boshqaradi, barcha ko‘rsatkichlar bitta oynada bo‘ladi, kreditlar tez tasdiqlanadi, tavsiyalar esa katta hajmdagi ma’lumotlar va sun’iy intellekt orqali shakllantiriladi.

PLATMA faqat korxonalar uchun emas. Jismoniy shaxslar uchun ham u moliyaviy yordamchi sifatida ishlaydi: xarajatlarni tahlil qilish, moliyaviy rejalashtirish, barcha bank hisoblarini yagona dasho‘tda ko‘rsatish, shaxsiy moliyaviy sog‘liq indikatorlarini kuzatish (net worth, savings rate, free cash flow, DTI, liquidity ratio, PIR, CIR kabi) imkonini beradi.

PLATMA real vaqt rejimida barcha risklarni kuzatib boradi. U mijozlarning soliqqa oid hisobotlari, foyda va zarar hisobotlari, balanslar va kreditorlik/ debitorlik qarzlarini avtomatik tarzda yuklab oladi. Bu esa kredit ajratish va riskni baholash jarayonlarini tezlashtiradi.

Shuningdek, tizimda 120 dan ortiq trigger mavjud: mijozning aktivlari o‘zgarishi, soliq to‘lovlari, boshqa bankda hisob ochish yoki yangi mulk xarid qilish kabilar avtomatik tarzda monitoring qilinadi. Bu orqali bank mijozning holatiga nisbatan aniq va tezkor choralar ko‘rishi mumkin.

PLATMA bank infratuzilmasiga to‘liq moslashgan: core banking tizimiga nativ integratsiya, API orqali ulanish, white-label ko‘rinishida brendlash, on-premises joylashtirish va bank o‘zining butun ekotizimini PLATMA asosida qurish imkoniyatiga ega.

PLATMA — bu oddiy texnologik startap emas. Bu O‘zbekiston bank sektorida yuz berayotgan chuqur raqamli transformatsiyaning boshlanishi. U bankni mijoz bilan integratsiyalashgan, qaror qabul qilishda yordam beruvchi, prognozli va moslashuvchan tizimga aylantiradi. PLATMA bilan ishlaydigan bank — bu “Bank 2.0”, ya’ni mijoz hayotining bir qismiga aylangan, aqlli va foydali moliyaviy hamkor demakdir.

Previous Post

O‘zbekiston ilk yo‘ldoshini orbitaga chiqaradi

Next Post

Meta Scale AI’ga 10 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi — Shavkat Mirziyoyev

Aprel 25, 2026
ANORBANK and GGSF allocate $10M for women-led businesses

ANORBANK and GGSF allocate $10M for women-led businesses

Aprel 18, 2026
AloqaBank o‘z faktoring kompaniyasini sotuvga chiqardi

AloqaBank o‘z faktoring kompaniyasini sotuvga chiqardi

Aprel 18, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
Next Post
Meta Scale AI’ga 10 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Meta Scale AI’ga 10 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Mojaro shaxsiy tus oldi – Tramp va Ilon Mask janjali qanday oqibatlarga olib keladi?

Mojaro shaxsiy tus oldi – Tramp va Ilon Mask janjali qanday oqibatlarga olib keladi?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?