Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi

by Pivot
Avgust 19, 2026
in Siyosat va tartibga solish
Reading Time: 2 mins read
A A
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ma’lum qilindi.

So‘nggi besh yilda biznesga ajratilgan kreditlar portfeli qariyb uch barobar oshib, 450 trillion so‘mga yetgan. Shu davrda tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

Yangi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun “Biznes lift”, o‘sish bosqichiga o‘tayotgan bizneslar uchun esa “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.

Davlat aktivlarini sotib olishda ham tadbirkorlar uchun shartlar yengillashtiriladi. Xususan, dastlabki to‘lov miqdori 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Aktiv qiymatini olti oy ichida to‘liq to‘lagan tadbirkorlarga esa 25 foizlik chegirma beriladi.

ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomiga rioya qilayotgan korxonalar uchun avans to‘lovi 15 foiz etib belgilanadi.

Tadbirkorlarning tashqi bozorlarga chiqishini osonlashtirish maqsadida “Eksport navigator” tizimi ishga tushiriladi. U eksportning barcha bosqichlarida tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatishga qaratiladi.

Prezident iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish masalasida ham yangi yondashuv zarurligini ta’kidladi. Bunda tadbirkorni faqat tekshirish emas, balki unga qonuniy va to‘g‘ri ishlash yo‘lini ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.

Kichik biznesda inson sog‘lig‘i yoki boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruvlarga uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi. Bundan tashqari, barcha turdagi jarimalar miqdorini o‘rtacha ikki barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” tamoyili joriy etiladi. Ya’ni, tadbirkorning huquq va manfaatlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat beriladi. Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi.

Yaqin vaqt ichida 30 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Yana 35 ta ruxsatnomani olish muddati 2–3 barobarga qisqartiriladi. 10 ta faoliyat turi esa ruxsat berish tartibidan xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Yangi chora-tadbirlar biznes yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va xususiy sektorning iqtisodiy o‘sishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan.

Prezident ta’kidlaganidek, aholi farovonligini yanada oshirish uchun mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish muhim.

Previous Post

OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

Next Post

Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Pivot

Related Posts

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Oktabr 6, 2026
Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Sentabr 14, 2026
Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Sentabr 5, 2026
Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Sentabr 5, 2026
Next Post
Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Claude Code endi dizayn ham yaratadi

«Enterprise Uzbekistan» Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi

"Enterprise Uzbekistan" Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?