SpaceX va Tesla chip ishlab chiqarishni o‘z nazoratiga olish uchun Texasda ulkan Terafab zavodini ishga tushirishga kirishdi. Loyihaning dastlabki qiymati $16,8 mlrd bo‘lib, to‘liq kengayish bilan investitsiya $119 mlrdgacha yetishi mumkin.
Terafabning umumiy maydoni 9,3 mln kvadrat metrni tashkil etadi — bu qariyb 1 300 ta futbol maydoniga teng. Majmua SpaceX va Tesla uchun zarur bo‘lgan ilg‘or chiplarni ishlab chiqarish, ularni qadoqlash va testdan o‘tkazish jarayonlarini bir joyga jamlaydi.
Asosiy ehtiyoj AI va robototexnika loyihalaridan keladi. Terafab chiplaridan Tesla Optimus robotlari, Cybercab avtonom avtomobillari va SpaceX’ning kosmik data-markazlari uchun foydalanish ko‘zda tutilgan.
Kompaniyalar kelajakda 1 teravattdan ortiq hisoblash quvvatiga ehtiyoj sezishini hisoblamoqda. Shu sababli chip ta’minotini tashqi ishlab chiqaruvchilarga bog‘lab qo‘ymaslik strategik ahamiyat kasb etadi.
Terafab bitta majmuada logic va memory chiplar ishlab chiqarish, packaging va testing jarayonlarini birlashtiradi. Loyihada Intel ham ishtirok etmoqda. Bu SpaceX va Tesla’ga semiconductor ishlab chiqarish bo‘yicha tajribani tezroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
Agar loyiha to‘liq quvvatga chiqsa, Terafab nafaqat Tesla va SpaceX’ning ichki ehtiyojlarini, balki AI, robototexnika va kosmik texnologiyalar uchun katta hajmdagi chip talabini ham qoplashga xizmat qilishi mumkin.














