Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Sun’iy intellekt shaxsiy ma’lumotlaringizga “ko‘z olaytiryapti”mi?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 18, 2025
in AI
Reading Time: 5 mins read
A A
Sun’iy intellekt shaxsiy ma’lumotlaringizga “ko‘z olaytiryapti”mi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari hayotning turli sohalariga chuqur kirib borgan sari, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi masalasi global muammoga aylanmoqda. Har bir algoritm, xizmat yoki raqamli yordamchi, aslida, foydalanuvchilar haqidagi katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi va ayrim hollarda saqlaydi.

Mobil telefonlar, messenjerlar, tibbiy ilovalar, hatto musiqiy tavsiyalar – bularning barchasida sun’iy intellekt tizimlari faol ishlaydi. Foydalanuvchilar esa har kuni bu tizimlar tizginiga qancha shaxsiy ma’lumotini qo‘shqo‘llab topshirayotganini ko‘pincha anglamaydi. Natijada, bir qarashda hayotimizga qulaylik olib kirayotgandek tuyulayotgan sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarimiz qanday to‘planib, ishlatilayotgani haqida ko‘pchilik o‘ylab ham ko‘rmaydi.

Shaxsiy ma’lumotlarimiz qanday to‘planmoqda?

Sun’iy intellekt tizimlari odatda foydalanuvchilarning raqamli izlari: internetdagi harakatlari, mobil ilovalardagi faolligi, ovozli so‘rovlar, suratlar va hatto yuz ifodalarigacha bo‘lgan axborotni o‘rganadi. Hatto yuzni aniqlash texnologiyalari yordamida insonlarni joylashuvi, sog‘lig‘i yoki kayfiyati haqidagi ma’lumotlar ham SI uchun ochiq bo‘lishi mumkin.

2021-yilda Clearview AI nomli AQSh kompaniyasi millionlab odamlarning ijtimoiy tarmoqlardan yig‘ilgan yuz tasvirlarini ruxsatsiz tarzda yig‘ib, ularni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etgani uchun ommaviy tanqid ostida qoldi. Bu bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va Kanada idoralari tomonidan surishtiruvlar boshlab yuborilgan. Clearview AI harakatini xavfsizlikni ta’minlash deb izohlagan bo‘lsa-da, insonlarning roziligisiz bunday ma’lumotlar bazasini yig‘ish maxfiylik me’yorlariga zid deb baholangan.

Sun’iy intellektdan “axborot sizib chiqishi”

2023-yil aprel oyida OpenAI kompaniyasining mashhur sun’iy intellekt modeli — ChatGPT’da texnik nosozlik sababli foydalanuvchilarning so‘rov tarixi va ba’zi hisob-kitob ma’lumotlari boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinib qolgan. Oqibatda kompaniya xavfsizlik muammosini tan olib, xizmat vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgan.

Shunga o‘xshash yana bir holatda, 2020-yilda Amazon’ning ovozli yordamchisi Alexa foydalanuvchilarning tasodifiy suhbatlarini yozib olgani va bu yozuvlar Amazon xodimlari tomonidan tinglanganligi aniqlangan. Dastlab buni tizimni “takomillashtirish” deb baholagan kompaniya keyinchalik xodimlarga ma’lumotlar bilan ishlashni cheklashga majbur bo‘lgan.

Tibbiy ma’lumotlar ham himoyadami?

Tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish orqali diagnostika jarayoni tezlashmoqda. Biroq bu bemorlar haqidagi nozik ma’lumotlarni xavf ostida qoldirmoqda. Google kompaniyasining DeepMind sho‘ba korxonasi 2016-yilda Buyuk Britaniyada joylashgan NHS (National Health Service) bilan hamkorlikda tibbiy SI platforma yaratganida, 1,6 million bemorning sog‘liq ma’lumotlari ruxsatsiz tarzda Google tizimlariga uzatilgan. Keyinchalik bu holat maxfiylikni buzish deb topilgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Sun’iy intellektda “rozilik” muammosi

Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishda qonuniy asos sifatida eng ko‘p tilga olinadigan omil bu — foydalanuvchining roziligi. Ko‘plab platformalar foydalanuvchidan shunchaki “Roziman” tugmasini bosishni talab qiladi va shu orqali ularning ma’lumotlari yig‘iladi, saqlanadi va SI algoritmlarida qayta ishlanadi. Biroq bu rozilik ko‘pincha anglamagan holda, yuzaki yoki majburiy holatda beriladi.

Masalan, turli mobil ilovalar — messendjerlar, ob-havo ilovalari, hatto oddiy fener ilovasi ham foydalanuvchidan lokatsiya, kontaktlar, mikrofon, kamera, fayllarga kirish kabi huquqlarni so‘raydi. Ko‘p hollarda bu ruxsatlar dastur funksionalligiga bevosita aloqador emas, ammo ularni bermasdan ilovadan foydalanish imkonsiz bo‘lib qoladi. Natijada foydalanuvchi ruxsat bermasa, xizmatdan mahrum bo‘ladi — bu esa rozilik emas, shartlangan majburlikdir.

2021-yilgi Mozilla Foundation hisobotida aniqlanishicha, mobil ilovalarning 80 foizi foydalanuvchidan ortiqcha ma’lumotlarni yig‘adi va ularning qanday ishlatilishi haqida tushunarli, aniq va sodda ma’lumot bermaydi.

Shuningdek, foydalanuvchi roziligiga tayanilgan ko‘plab texnologik kompaniyalar, aslida, bu rozilikni real xabardorliksiz amalga oshiradi. 2019-yilda Facebook 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchining elektron pochtasiga kirish ma’lumotlarini ularning xabarisiz to‘plaganini tan olgan. Tizimga ro‘yxatdan o‘tayotganda foydalanuvchidan faqat email parolini kiritish talab qilingan va bu orqali ularning kontaktlari SI tizimi orqali avtomatik tarzda bazaga ko‘chirilgan.

Boshqa bir misol — Google’ning Location History xizmati. Ruxsat berilmagan holatda ham ayrim foydalanuvchilarning geolokatsiyasi avtomatik tarzda kuzatilgani fosh bo‘lgan. Associated Press surishtiruvi natijasida, Google Android va iPhone foydalanuvchilari lokatsiyani o‘chirib qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, ayrim servislar orqali joylashuvni yashirincha saqlab kelgani aniqlangan.

O’zbekistonda vaziyat qanday?

O‘zbekistonda davlat xizmatlarining ko‘pchiligi raqamli tizimlarga o‘tkazilgan. my.gov.uz, id.gov.uz va Xavfsiz shahar tizimlari orqali yuzlab ma’lumotlar bazasi shakllangan. 2022-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida texnik nosozlik sababli ayrim foydalanuvchilarning telefon raqamlari va shaxsiy ma’lumotlari umumiy ko‘rinishda chiqib qolgan edi.

Shu paytgacha O‘zbekistonda SI sohasidagi maxsus tartibga soluvchi huquqiy hujjat mavjud emas. 2020-yildagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun umumiy normalarni belgilaydi, biroq sun’iy intellektga xos bo‘lgan xavflarni huquqiy jihatdan qamrab olmaydi.

Nima qilish kerak?

Bugungi raqamli dunyoda sun’iy intellektdan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Ammo undan foydalanishda e’tiborli bo‘lish, qanday ma’lumotlarni ulashayotganimizni anglash muhim. Shu bilan birga, hukumat darajasida axborot xavfsizligini kuchaytiruvchi qonunlar, SI texnologiyalariga oid aniq etik va huquqiy normalar ishlab chiqilishi kerak.

BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar SI xavfsizligini tartibga solish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqmoqda. Aks holda, kelajakda “raqamli qullik” davri boshlanishi ehtimoli bor.

Sun’iy intellekt imkoniyatlar manbai bo‘lishi mumkin, ammo noto‘g‘ri yoki cheksiz ishlatilganda — xavf manbaiga aylanadi. Shaxsiy ma’lumotlar — bu yangi asrdagi eng qimmat boyliklardan biri.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, SI asosidagi xizmatlar ustidan mustaqil nazorat, huquqiy tartibga solish va etik me’yorlar muhim ahamiyatga ega. Aks holda, texnologiya nafaqat hayotni yengillashtiradi, balki nazorat va manipulyatsiya vositasiga aylanishi mumkin.

Tayyorladi: Mahliyo Hamid

Previous Post

Mijozlarning fikr-mulohazalari qanday qilib sizning o‘sish manbaingizga aylanishi mumkin

Next Post

Korporativ venchur kapital (CVC) nima?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
Korporativ venchur kapital (CVC) nima?

Korporativ venchur kapital (CVC) nima?

Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Imkoniyat haqida fikrlashingizni o‘zgartiradigan 5 dollar qoidasi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026
OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

Yanvar 13, 2026
Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Yanvar 12, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi
  • OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?