Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

2030-yilga tayyorgarlik: yashash va rivojlanish uchun muhim ko‘nikmalar

by Gulnoza Sobirova
May 30, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 4 mins read
A A
2030-yilga tayyorgarlik: yashash va rivojlanish uchun muhim ko‘nikmalar
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2030-yil tobora yaqinlashmoqda, ish dunyosi esa misli ko‘rilmagan sur’atda o‘zgarishda davom etmoqda. Bu faqat mavjud ish o‘rinlari emas, balki muvaffaqiyatni belgilovchi ko‘nikmalarning ham yangilanishi demakdir. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi harakatlar va demografik siljishlar tufayli kompaniyalar endi xodimlardan nimalarni kutishni qayta ko‘rib chiqmoqda. Natijada ayrim ko‘nikmalar oldingi qatorga chiqmoqda, boshqalari esa asta-sekin tarix sahifasiga o‘tmoqda.

Kelajakni belgilovchi qobiliyatlar

Eng zarur ko‘nikmalardan biri – bu  tahliliy fikrlash. U murakkablikni anglab yetish, noaniq sharoitlarda oqilona qarorlar qabul qilishni o‘z ichiga oladi va 2030-yilgacha barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Uning ortidan esa bardoshlilik, moslashuvchanlik va chaqqonlik keladi — ya’ni muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng tiklana olish, o‘zgarishlarga tez javob bera olish. Bu uchlik bugun o‘sayotgan kasblar bilan yo‘qolayotgan kasblarni ajratuvchi eng muhim omil sifatida qaralmoqda.

Ijodkorlik, yetakchilik va ijtimoiy ta’sir – bu ko‘nikmalar sun’iy intellektning imkoniyatlariga qaramay, inson aqli va hissiyotlarining ustunligini saqlab qolmoqda.  

Texnologik savodxonlik esa endilikda faqat IT sohasigagina emas, balki barcha kasblarga zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyaga aylanmoqda. Ayniqsa, AI va katta ma’lumotlar bilan ishlash tez o‘sayotgan sohalar sirasida.  

Bundan tashqari, tizimli fikrlash, qiziquvchanlik, umrbod o‘rganish va iste’dodni boshqarish kabi ko‘nikmalar ham o‘sishda davom etadi — bular ishlar, vositalar va bozorlar doimiy o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fikrlash tarzidir.

Yuzaga chiqayotgan ko‘nikmalar

Hozircha markaziy o‘rinda bo‘lmagan ayrim ko‘nikmalar yaqin yillarda dolzarb bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, kiberxavfsizlik – masofaviy ish va raqamli tahdidlarning kuchayishi fonida barcha sohalar uchun zaruratga aylanmoqda.  

Atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat ham o‘sib borayotgan yo‘nalish bo‘lib, ayniqsa energetika, kommunal xizmatlar va davlat sektori ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqlim maqsadlari siyosat va biznes sarmoyalarini shakllantirar ekan, barqarorlikni tushunish endi oddiy ustunlik emas — u strategik ko‘nikmaga aylanmoqda.

Mashinalar hali ham tenglasha olmaydigan insoniy jihatlar

AI rivojlangan bo‘lsa-da insoniy muloqotga asoslangan ayrim ko‘nikmalar hanuz yuqori talabda qolmoqda. Hamdardlik va faol tinglash, xizmatga yo‘naltirilganlik va mijozlarga g‘amxo‘rlik kabi ko‘nikmalar hatto eng ilg‘or AI tizimlari tomonidan ham qiyinlik bilan almashtiriladi. Bu ko‘nikmalar sog‘liqni saqlash, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida ayniqsa dolzarb bo‘lib, bu yerda ishonch, e’tibor va shaxsiy ishtirok hal qiluvchi omillardir.

Shuningdek, resurslarni boshqarish, operatsiyalarni muvofiqlashtirish va loyiha yuritish kabi rollar ham inson mantiqi va tajribasini talab qiladi.  

So‘nib borayotgan ko‘nikmalar

Qo‘l chaqqonligi, jismoniy kuch va aniqlik – bu kabi  ko‘nikmalar avtomatlashtirish fonida o‘z ahamiyatini yo‘qotyapti. Chunki mashinalar takrorlanuvchi jismoniy ishlarni tobora ko‘proq o‘z zimmasiga olyapti. O‘qish, yozish va oddiy matematika hali ham asosiy bilimlar sirasiga kirsa-da, sun’iy intellekt oddiy bilimga asoslangan ishlarni bajarayotgani sababli ularning nisbiy ahamiyati kamayishi kutilmoqda. GenAI kabi vositalar allaqachon hisobotlarni xulosa qilish, maqolalar yozish va kod yaratish kabi ishlarni bajara olmoqda — bu esa inson tomonidan bunday vazifalarni qo‘lda bajarish zaruratini kamaytiradi.

Avvallari ishonchlilik bilan bog‘langan ko‘nikmalar — masalan, mas’uliyatlilik va detallarga e’tibor — ham hozir talab kamayganini ko‘rsatmoqda. Chunki endi takroriy va aniqlik talab qiladigan ishlarni mashinalar odamlarga qaraganda samaraliroq bajaradi deb hisoblanmoqda.

Bu orada sifat nazorati, sezgi asosida ishlash va global fuqarolik kabi ko‘nikmalar barqaror bo‘lib qolmoqda — ular ko‘tarilmayapti, lekin hozircha pasaygan ham emas. Biroq ular endi ish o‘sishi uchun ilgari bo‘lganidek markaziy ahamiyatga ega emas.

AI omili

Generativ AI imkoniyatlari yanada kengaymoqda: ijodiy, strategik, hatto hissiy ishlarga ham kirishmoqda. Biroq bu odamlarni chetga chiqaradi degani emas. Aksincha, GenAI’ni tushunadigan va u bilan ishlay oladigan insonlar uni tushunmaydiganlarni asta-sekin o‘rnini egallaydi.

GenAI tajribasiz xodimlarga mutaxassis darajasida ishlash imkonini berishi, malakali mutaxassislarga esa tezlik va chuqur tushuncha taqdim etishi mumkin. Lekin bu sehrli yechim emas — to‘g‘ri insoniy nazorat bo‘lmasa, u noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishi, nozik ma’nolarni tushunmasligi yoki noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi mumkin.

Shu sababli, inson va AI hamkorligi — almashtirish emas — eng ehtimoliy yo‘l bo‘lib qolmoqda. Muammolarni hal qilish, ijodkorlik va muloqotni AI orqali kuchaytira oladigan ishchilar muvaffaqiyatga erishadi. Eski ish ta’riflarining qaytishini kutayotganlar esa ortda qolib ketishlari mumkin.

Xulosa: Moslashuvchanlik — barcha ko‘nikmalarning asosi

Kelajak bitta diplom yoki kasb bilan emas, balki o‘rganishni davom ettiradigan, texnologiyani vosita sifatida qabul qiladigan, insoniy fazilatlarni rivojlantiradigan mutaxassislar bilan bog‘liq. Kompaniyalar texnik malakadan tashqari endi insoniy salohiyatni ham ustun deb bilmoqda.  

Eng oqilona yo‘l – AI bilan birga ishlashni o‘rganish va u ko‘chira olmaydigan ko‘nikmalarga sarmoya qilishdir.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Garajdan imperiyaga: oddiy boshlanishlarning buyuk natijalari

Next Post

Grammarly aksiyasiz $1 milliard investitsiya oldi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Sentabr 8, 2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

Iyul 15, 2026
Next Post
Grammarly aksiyasiz $1 milliard investitsiya oldi

Grammarly aksiyasiz $1 milliard investitsiya oldi

Tinder’da endi bo‘y bo‘yicha tanlash mumkin!

Tinder’da endi bo‘y bo‘yicha tanlash mumkin!

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?