Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

by Gulnoza Sobirova
Fevral 13, 2025
in Tadbirkorlar, Startaplar
Reading Time: 6 mins read
A A
TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yaqinda TAQADAM’ning yillik startap namoyishi yakunlandi. 10 ta eng yaxshi startap har biri $100,000 miqdorida qo‘shimcha moliyalashtirishga ega bo‘ldi. Taqdirlanganlar orasida Porte TECH asoschisi Aidana ham bor. Pivot.uz ushbu mahoratli startaper ayol bilan ekskulyuziv intervyu uyushtirdi. 

— Avvalo suhbatga kelganingiz uchun tashakkur. Keling, dastlab ayollar tadbirkorligi haqida gaplashsak. Startap olamida ayollarning ko‘payyaptimi?

— Albatta! Ayol tadbirkorlar soni hamon nisbatan kamroq bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda istiqbolli ayollar tomonidan boshqarilayotgan startaplar soni oshmoqda. O‘ylab ko‘rsam, hozirning o‘zida muvaffaqiyatli ishlayotgan kamida o‘nta ayol startaperni sanab bera olarkanman. Umuman olganda, ular soni ortib bormoqda va biz tobora ko‘proq ayollarni texnologiya va biznes sohalarida yetakchi sifatida ko‘rmoqdamiz.

— O‘zingizning haqida, faoliyatingizni qanday boshlaganingiz haqida so‘zlab bera olasizmi?

 Men faoliyatimni moliya sohasida, Big4 kompaniyalaridan birida besh yil ishlash bilan boshladim. Keyin tijorat ko‘chmas mulkiga o‘tdim va SmArt.Pointni boshqardim. Keyinchalik, u Markaziy Osiyodagi eng yirik IT markaziga aylandi. Oxir-oqibat, menga bir kompaniyaning bosh direktori bo‘lish taklifi tushdi.

Biroq hamma narsa rejalashtirilgandek ketmadi va men ketishga majbur bo‘ldim. Dastlab, bu katta yo‘qotishdek tuyuldi, ammo aslida bu yangi imkoniyat eshigi edi. Mening sobiq IT bo‘lim boshlig‘im bilan o‘z kompaniyamizni yaratishga qaror qildik, bu yerda barcha qarorlar o‘z qo‘limizda bo‘lardi.

Biz kirish tizimlaridagi texnologik bo‘shliqni aniqladik — mehmonxonalar, ofislar va savdo markazlarida juda ko‘p eshiklar bor edi, ammo ularning xavfsizlik tizimlari eskirgan edi. Shundan so‘ng, mehmonxonalar bizning asosiy yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldik.

Shunday qilib, biz mehmonxonalar uchun barcha jarayonlarni qamrab oluvchi raqamli platforma yaratdik. Tijorat obyektlari bilan ham ishlashimiz mumkin, lekin bizning asosiy e’tiborimiz mehmonxona tarmoqlariga qaratilgan.

— Mehmonxonalar xizmatingiz uchun eng mos bozor ekanligini qanday aniqladingiz?

Dastlab turli bozorlarga e’tibor qaratdik:
Ofis binolari mahsulotimizga qiziqish bildirdi, lekin shartnoma imzolash jarayoni juda uzoq davom etardi.
Savdo markazlari ham qiziqish bildirdi, ammo ularning byudjeti biz kutganimizdan ancha past edi.
Mehmonxonalar esa asosiy mijozimizga aylandi!

Biz mijozlarimizning aksariyati mehmonxonalar ekanligini angladik. Ular eskirgan magnit kalit kartalar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan edi. Men raqamli kalit yechimini taklif qilganimda, mehmonxona direktorlaridan biri darhol javob berdi: “Ertaga soat 10:00 da uchrashaylik”. U allaqachon shunday yechim izlayotgan ekan.

Shu paytda biz faqat raqamli kalit emas, balki mehmonxonalar uchun to‘liq texnologik ekotizim yaratayotganimizni tushundik. Unda xona xizmati, kir yuvish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari ham raqamlashtirilgan bo‘lishi mumkin edi.

— Xizmatingiz to‘liq ishlab chiqilmasdanoq sotuvga chiqqan. Qanday qilib?

— Ha, bu haqiqat! Biz mehmonxonalarga mahsulotimizni taqdim qilayotganimizda, hali MVP (Minimum viable product — Minimal ishlaydigan mahsulot) ham tayyor emas edi.

Bir hafta davomida Figma bilan ishlashni o‘rganib, oddiy ilova demo-versiyasini yaratdim. Garchi u hali barcha tizimlar bilan integratsiyalashmagan bo‘lsa ham, biz uni sotishga muvaffaq bo‘ldik.

Bu yondashuv vaqt va resurslarni tejashga yordam berdi. Dasturchilarimiz bozorga mos kelmaydigan mahsulot yaratish bilan vaqt yo‘qotmadi. Avval haqiqiy mijozlarni topdik, keyin esa ular ehtiyojiga mos mahsulot yaratdik.

— Soha va undagi odamlar bilan yaxshi tanish ekaningiz  muvaffaqiyatingizda katta rol o‘ynadimi?

— Ha! Mening obro‘-e’tiborim va sanoatdagi aloqalarim katta yordam berdi.

Men allaqachon ko‘plab mehmonxona egalarini tanir edim, shuning uchun ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qila oldim.

Agar biror narsani va’da qilsam, ular menga ishonardi. Bu ishonch shartnomalarni tezroq yopishimizga yordam berdi.

Yangi tadbirkorlarga har doim shuni maslahat beraman: avval munosabatlarni rivojlantiring. Bu vaqt, kuch va pulni tejaydi.

— Ayol tadbirkor sifatida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

— Markaziy Osiyoda erkak farzandlar bilan uyda qolib, ayoli biznes uchun safarlarga chiqishi juda kam uchraydigan holat. Lekin men omadli edim. 

Turmush o‘rtog‘im va oilasi, ayniqsa qaynonam menga juda katta yordam beradi. Safarga chiqqanimda farzandlarimga qaraydi.

Global akselerator dasturiga qabul qilingach Gruziyaga borishim kerak bo‘lgan. Shunda aksariyat odamlar mendan: “Bolalarni qanday tashlab ketyapsiz?” deb so‘radi. Faqat qaynonamgina “Sayohatga yetadigan puling bormi?” degan. Hatto menga qo‘shimcha mablag‘ ham jo‘natdi, men faqat biznesimga e’tibor qaratishim mumkin edi.

Bunday qo‘llab-quvvatlash juda kam uchraydi va bundan minnatdorman.

— Startapingizni qurishda eng qiyin jarayon nima bo‘ldi?

— Jamoa yig‘ish.

Iqtidorli insonlarda ish tanlovi ko‘p — ular yirik korporatsiyalarda yuqori maosh va barqarorlik bilan ishlay oladi. Ularga startapga qo‘shilish fikrini singdirish, ishontirish oson emas.

— Xalqaro kengayishni rejalashtiryapsizmi?

— Ha! Dastlabki asosiy bozorimiz MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) mintaqasi edi.

Biz Saudiya Arabistonida ish boshladik, hozir u yerda 12-15 ta filialga ega mehmonxona tarmoqlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz.

Keyingi bozorlarimiz:

  1. Qatar – u yerda allaqachon hamkorlik kelishuvlarimiz bor.
  2. BAA – Qatardan keyingi qadamimiz shu bo‘ladi.

— Siz Saudiya Arabistonidagi TAQADAM akseleratori ishtirokchisiz. Bu dastur haqida batafsilroq gapirib bera olasizmi?

— TAQADAM mintaqadagi eng yaxshi akselerator dasturlaridan biri hisoblanadi. Tanlovda raqobat juda kuchli:
• Bizning kohortimizga 40 000 startap ariza topshirdi.
• Ulardan faqat 34 tasi qabul qilindi.
• Birinchi bosqichdan so‘ng, faqat 25 startap keyingi bosqichga o‘tdi.
• Ushbu 25 startapning har biri $40 000 miqdorida grantsiz investitsiya oldi.
• To‘rt oy o‘tgach, faqat 10 ta startap qo‘shimcha $100 000 miqdorida grant yutib oladi.

Biroq bu dasturdagi eng katta ahamiyat nafaqat moliyaviy yordamda — asosiy boylik bu mentorlar va tarmoqdir. Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqdagi eng nufuzli investorlar va sanoat yetakchilari ushbu dastur doirasida ishtirok etadi.


— Tadbirkor sifatida eng faxrlangan onlaringiz?

— Men juda faxrlanadigan bir necha holatlar bor:

O‘g‘lim do‘stlariga men bilan faxrlanib gapirishi.
• U bir marta  shunday degan: “Mening onam dasturchilarni boshqaradi. Xuddi Minecraftni yaratgan odamlardek!” Bu men uchun unutilmas lahzalar.

Bir vaqtning o‘zida 500 Global va Antler akseleratorlariga qabul qilinish.
• Bu ikkisi dunyodagi eng qiyin va nufuzli akseleratorlar, va biz har ikkalasiga ham kira oldik!

Riyodda bo‘lib o‘tgan Entrepreneurship World Cup finalchisiga aylanish.
• Biz jahonning eng yaxshi 200 ta startapi qatoriga kirdik.
• Raqobatchilarimiz orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish uchun simsiz neontologiya texnologiyalarini ishlab chiqqan startaplar ham bor edi.

Dunyo miqyosidagi bunday yuksak startap ekotizimining bir qismi bo‘lish juda katta ilhom manbai.

— O‘zbekistonlik tadbirkor ayollarga qanday tavsiyalar berasiz?

— Erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, maslahatim oddiy: taslim bo‘lmang.

Investorlar sizni rad etsa, odamlarga g‘oyangiz yoqmasa ham — olg‘a yurishda davom eting.

Muhimi, o‘zingiz uchun to‘g‘ri hamjamiyatni toping, atrofingizni kerakli insonlar bilan o‘rash, qurishda davom eting. Muvaffaqiyat, albatta, keladi.

Previous Post

Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li

Next Post

Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Iyul 27, 2026
Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Next Post
Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

Silkroad Innovation Hub: Markaziy Yevrosiyo va  Kremniy vodiysi o‘rtasidagi innovatsion ko‘prik

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Avgust 10, 2026
NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

Avgust 10, 2026
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi
  • NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi
  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?